Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 272,48 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü272,48 Kb.
#201228
  1   2   3
M.Xo‘jamov - Moliyaviy hisob asoslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti 2-bosqich MMT-75k-2 guruh talabasi Mirjalol Xo‘jamov


Fan: Moliyaviy hisob asoslari
O‘qituvchi: K.Misirov


TOSHKENT – 2023
Mavzu: Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi.
Reja:



  1. Nomoddiy aktivlarni baholash.

  2. Nomoddiy aktivlarni qabul qilishni hujjatlashtirish.

  3. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobini tashkil qilish.

  4. Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblashning tartibi va usullari.

  5. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi.

Nomoddiy aktivlar - moddiy ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, lekin sub’ektning mulki hisoblanib ularni sotib olishga oldindan sarflar amalga oshirilgan va kelgusida sub’ektga daromad keltiradigan aktivlardir.


Nomoddiy aktivlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan uzoq muddatli aktivlarining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi, chunki sub’ekt o‘z vaqtida ushbu aktivlarni ishlatish hisobidan daromad olish uchun xarajat qilgan.


Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar asosiy vositalarga o‘xshab ta’rif (tasnif)ga ega, ya’ni ular sub’ekt tomonidan foydalanish uchun saqlanadi, uzoq muddatli asosda ishlatilish maqsadida olinadi va oddiy faoliyat jarayonida sotilish uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi.
Nomodiy aktivlar o‘zining bajaradigan vazifasi va boshqa asosiy xususiyatlari bilan asosiy vositalarga o‘xshaydi, shuning uchun ham uzoq muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy mazmunga va ko‘rinishga ega emas.
Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob beradigan aktivlar bo‘lishi kerak:

Nomoddiy aktivlarning qiymati muomalaviy, moliyaviy yoki foizli daromad keltiradigan imtiyozlar yoki ishbilarmonlik huquqlari majmuasi sifatida aks ettiriladi va unga gudvillar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo markasi kiradi.

Ushbu aktivlarning boshlang‘ich qiymati asosiy vositalarning qiymati singari davriy amortizasiya ko‘rinishida belgilangan tartibda xarajatlarning markaziga qo‘shilib boriladi.


Quyidagi nomoddiy aktivlar ko‘proq tarqalgan: patentlar, mualliflik huquqlari, franshizalar, savdo markalari, dasturlar, tashkiliy xarajatlar, qoldirilgan xarajatlar va gudvil.
Nomoddiy aktivlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:


  1. Yüklə 272,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin