Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 272,48 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü272,48 Kb.
#201228
1   2   3
M.Xo‘jamov - Moliyaviy hisob asoslari

Patent bu qabul qilingan va ro‘yxatga olingan alohida yuridik huquqdir.
Patentlik huquqi egasiga (sohibiga) boshqa shaxslarning qo‘shilmagan holda patent tarqaladigan buyumlarni, jarayon yoki faoliyatni ishlatish, ishlab chiqarish va nazorat qilish huquqini beradi.
Haqiqatda esa patentning patentlik organlarida ro‘yxatga olinishi uning himoyasiga kafolat beradi. Patent sudda muvaffaqiyatli himoyalanmaguncha u raqobatbardosh emas. SHuning uchun sudda muvaffaqiyatli himoyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar patent qiymatining ajralmas qismi sifatida kapitalga aylanishi kerakligi haqidagi umumiy kelishuv mavjud. Agarda suddagi ish yutqazilgan bo‘lsa, u bilan bog‘liq xarajatlar, patentning amortizasiya qilinmagan qiymati sifatida teng holda zararga qabul qilinadi. Patentning balans qiymati zarardan keyingi qiymatigacha qisqartiriladi. Bu qiymat nul ham bo‘lishi mumkin. Zarardan ko‘rilgan ziyonni hisobga olgan holda, patent qiymatining har xil kichiklashtirish summasida, tan olinishi kerak.
Sanoatga oid dizaynni ro‘yxatga olish – patentning ishlab chiqarilgan mahsulotning shakliga, na’munasiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘ziga xos bezagi va boshqa ajratadigan belgilaridir. Patent ishlab chiqarishni himoya qiladi, sanoatga oid dizaynni ro‘yxatga olish esa mahsulot yoki tovarning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan: kompyuter terminalining yangi dizaynini ro‘yxatga olish natijasida himoya qilinadi, yangi "PENTIUM-4" kompyuteri esa tegishli patent yordamida himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi – bu adabiyot va musiqa asarlarining, darsliklarning, ixtiro qilingan san’at asarlarining va boshqalarning mualliflariga qonun tomonidan beriladigan himoyaning bir shaklidir.
Mualliflik huquqlariga ega bo‘lganlarga ma’lum bir eksklyuziv huquqlar, shuningdek nashr qilish, o‘z ishini qayta chop qilish va ko‘paytirish, sotish va nusxalarni tarqatish, o‘z asarlarini ijro etish va yozish huquqlari beriladi.
Mualliflik huquqlarining qiymati qiymat tamoyili asosida o‘lchanadi deb tasnif qilingan. Mualliflik huquqlari butun faoliyat muddati ichida o‘zining iqtisodiy qiymatiga ega emas. Mualliflik xuquqining qiymati mualliflik huquqi tarqatilgan ish yoki mahsulot daromad keltirgan davr ichida amortizasiya qilinishi kerak. Lekin mualliflik huquqlari o‘zining faoliyati muddatidan (muallifning hayot davrida va qo‘shimcha 50 yil) ko‘p vaqt ichida amortizasiya qilinishi mumkin emas.
Savdo markalari (masalan: «Obi-non») va savdo nomlari (Koka-kola) – bu kompaniyalarga, mahsulot va xizmatlarga beriladigan nomlar, belgilar va boshqa identifikasiyalarni aniqlovchilardir. Mulk egasining dalili bo‘lish uchun ular ro‘yxatga olinishi lozim. Ro‘yxatga olingan savdo markalari va savdo nomlari yangilanishi mumkin, shunday qilib ularning harakat muddatlarini ma’lum bo‘lmagan davrga uzaytiradi. Bu holatda mahsulotning nomlari, belgilari va boshqa identifikasiyani aniqlovchi xususiyatlari yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Savdo markalarini sotib olishda to‘langan pul mablag‘larining yig‘indisi kapitalga aylantiriladi. Savdo markalariga ishlov berish, himoya qilish, kengaytirish, ro‘yxatga olish va sudda himoya qilish natijasida paydo bo‘lgan sarflar, ya’ni summalar kapitalga aylantirilishi kerak. Bunday kapitalga aylangan summalar savdo markalarining foydali xizmat muddati ichida yoki 40 yil ichida, ushbu muddatlarning qaysi biri qisqaroq bo‘lishiga qarab amortizasiya qilinishi kerak.
Franshizalar asosan davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal xizmat ko‘rsatish (elektr toki) va xo‘jalik sub’ektlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun, aniq vazifani va aniq xizmatlarni bajarish (masalan, Ardus kompaniyasi) huquqiga ega bo‘lish uchun davlat tomonidan beriladi. Franshizalar haqidagi har bir kontrakt, franshiza mavjud bo‘lgan davrni, shuningdek franchayzerning (ishlatish huquqiga imtiyozlarni taqdim etuvchi sub’ektning) va franchayzning (bu imtiyozni oluvchi sub’ektning) huquq va majburiyatlarini konkretlashtiradi (aniqlashtiradi).
Ko‘p hollarda franshizaning sotib olish qiymati yuqori va odatda franshizani sotib oluvchi sub’ekt unga imtiyoz beruvchi sub’ektga birlamchi qiymatni to‘lashi talab qilinadi. Franshizalarning birlamchi qiymati kapitalga aylantirilishi, keyin esa xarajatlarga qo‘shilishi kerak. Agarda franshiza aniq bir davr bilan chegaralangan bo‘lsa, qiymat muqobil va tizimli ko‘rinishda belgilangan amortizasiya summasi uning davriy baholari bilan aniq qo‘yilgan xizmat muddati asosida asoslanishi kerak. Bu baholar bo‘lajak bahoni qaytadan ko‘rib chiqish zaruriyatini aniqlash maqsadida olib boriladi, lekin to‘liq amortizasiya qilish davri 40 yildan oshmasligini talab qiladi.
Subyektning sub’ektga imtiyozlarni tegishli xizmati uchun, masalan, rag‘batlantiradigan kompaniyalarda, buxgalteriya hisobi va tashkillashtirish masalalarini yechishda yordamlashishi uchun, beruvchi, ulardan foydalanuvchi har yilgi va hozirgi to‘lovlari aniq joyga ega bo‘lgan ob’ektlarning xarajatlariga qo‘shilishi kerak, chunki ular o‘lchanadigan kelajakdagi daromadlarni keltirmaydi. Agar franshiza o‘z qiymatini yo‘qotsa yoki qonun tomonidan bekor qilinsa, amortizasiya qilinmagan summa tezda sub’ektning zararlarga ko‘chirilishi shart.
Ijara – bu aktivni ishlatish bo‘yicha bir tomondan ikkinchi tomonga beriladigan huquq. Ko‘p hollarda sub’ekt boshqa tomonning mulkini ijaraga olishni xo‘jalik kelishuvi asosida amalga oshiradi va oldindan to‘lovni amalga oshiradi. Ijaraga olish haqidagi xo‘jalik kelishuvi (kontrakt) ijarachiga mulkka egalik qilish huquqlarini va egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik va mukofotning ko‘p qismini bermaydi. Bunday mukofot va tavakkalchilikni beruvchi shartnoma kapital ijara deb nomlanadi. Oldindan to‘langan ijara haqi, masalan, majburiyatlarni kamaytiruvchi to‘lovlar, butun ijara davrini o‘z ichiga oladi. Bunday oldindan ijara haqini to‘lash boshidanoq «Bo‘nak sifatida to‘langan ijara haqi" schyotiga olib borilishi kerak. Bunday aktivning qiymati "Ijara bo‘yicha xarajatlar" schyotining debetiga ko‘chirilishi lozim.
Almashtirib bo‘lmaydigan tenglashtiriladigan nomoddiy aktivlar.
Buxgalteriya balansidagi moddalarning quyidagi tasnifi o‘z o‘rniga ega. Nomoddiy aktivlar, kechiktirilgan xarajatlar va boshqa aktivlardir. Ko‘pchilik hollarda bu keng qamrovli tasnif. Bu nomodiy aktivlardan ayrimlari ikkita maxsus xarakteristikaga ega: ular uzoq muddatli bo‘nak to‘lovlari ko‘rinishida hisoblaniladi va xo‘jayiniga boshqa tomonga sotish bo‘yicha hech qanday huquqlarini bermaydi. Bu nomoddiy aktivlar alohida tenglashtirilishi mumkin, lekin almashtirilishi mumkin emas.
Kechiktirilgan xarajatlar – bu xizmat ko‘rsatish uchun hozirgi davrda sarflangan va kelajakdagi daromadlarning paydo bo‘lishiga olib keladigan sarflardir, ular uzoq muddatli oldindan to‘langan xarajatlar sifatida balansda aks etiladi. Kechiktirilgan xarajatlar uzoq muddatli aktivlar sifatida tasniflanadi, chunki ular hozirgi aktivlarning funksional foydalanish muddatidan keyin daromadlarga ta’sir qiladi. Kechiktirilgan xarajatlar jismoniy ta’minotga ega emas. Ayrim kechiktirilgan xarajatlar hozirgi aktivlar sifatida (u qaerda qo‘llaniladigan bo‘lsa) aks ettiriladi. Masalan, kechiktirilgan soliqning hozirgi qismi va kechiktirilgan xarajatlarga sug‘urta bo‘yicha uzoq muddatli oldindan to‘langan bo‘nak to‘lovlari misol bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar va ishlovlarga sarflar, shuningdek, tashkiliy xarajatlar amaliyotda kamdan-kam kapitallashtiriladi. Lekin ular kapitalga aylantirilganda odatda kechiktirilgan xarajatlar sifatida tasniflanadi.
Kechiktirilgan xarajatlar kelgusi faoliyat davrlariga amortizasiya qilinadi, chunki ular ushbu kelgusi davrlarda daromad olishga imkon yaratadi. Nomoddiy aktivlar amortizasiyasining 40 yillik maksimal xizmat muddati kechiktirilgan xarajatlarga xam qo‘llaniladi. Lekin, amaliyotda kechiktirilgan xarajatlar kamdan-kam hollarda 40 yillik xizmat muddatiga ega bo‘ladi.
Tashkiliy xarajatlar – bu tashkilotning faoliyatini tashkil qilish paytida sarflangan xarajatlardir. Tashkiliy faoliyatga tegishli bo‘lgan xarajatlar, masalan, yuridik, buxgalterlik, kanselyariyaga oid va imidjning ko‘tarilishlari bilan bog‘liq xarajatlar, tashkiliy xarajatlar sifatida kapitalga aylantirilishi mumkin. Tashkiliy xarajatlarning kapitalga aylantirilishining asosi bo‘lib, bu xarajatlar kelajakdagi davr ichida daromad keltirilishi hisoblanadi. Faoliyatning birinchi yiliga sarflangan xamma summaning xarajatlarga qo‘shilishi xarajat va daromadning nomutanosibligiga olib keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatining muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda ushbu sarflardan olinadigan daromadlarning davrini ham odatda aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Tashkillashtirish xarajatlarining aktivlar sifatida tan olinishi biznesning aniq shakliga bog‘liq. Tashkillashtirish xarajatlari odatda ixtiyoriy tanlangan qisqa davr ichida amortizasiya qilinadi.

Umuman olganda, tashkillashtirish xarajatlari ularning aniqlanmagan xarakteristikasiga muvofiq va tegishli standartda belgilangan maksimal 40 yillik xizmat muddati ichida amortizasiya qilinmaydi.


Nomoddiy aktivlarni yoki kechiktirilgan xarajatlarni ishlatish davrida bu aktiv bilan bog‘liq bo‘lgan, foydaning tartibli qiymati, uning hozirgi balans qiymati sub’ekt uchun uning iqtisodiy foydaliligidan, ya’ni ishlatish qiymatidan olayotgan daromadining oshayotganligini ko‘rsatish mumkin. Bunday holatlarda amortizasiya bo‘lmagan qiymatni hisobdan chiqarish va zararni tan olish kerak, bu esa aktiv qiymatining kamaytirilishini aks ettiradi. Ko‘rib chiqilgan qiymat bashorat qilingan, qolgan xizmat muddati ichida (lekin olish muddatidan boshlab 40 yildan oshmasligi kerak) amortizasiya qilinishi lozim. Nomoddiy aktivlar qiymatining kamaytirilishini moliyaviy hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida yoritish shart.
Boshlang‘ich hujjatlar asosida nomoddiy aktivlar holatining va harakatining hisobi uchun 0400 nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisoblar qo‘llaniladi. Ushbu hisob tizimida (0400) nomoddiy aktivlarning aniq turlarining holati va harakatini hisobga olish va nazorat qilish maqsadida quyidagi schyotlar ochilgan:



0410- "Patentlar, lisenziya (ruxsatnoma) va "nou-xau""

0420- Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari"

0430- "Dasturiy ta’minot"

0440- "Gudvill"

0450- "Tashkiliy xarajatlar"

0460- "Franshizalar"

0470- "Mualliflik xuquqlari"

0480- "Yer va tabiiy resurslardan foydalanish xuquqlari"

0490- "Boshqa nomoddiy aktivlar"

Obyektlarning nomoddiy aktivlar qatoriga kiritish tartibi va ularning tarkibi tegishli qonunchilik hujjatlari va 7-BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan tartibga solinadi. Bu schyotlarning saldosi (qoldiq) mazkur ob’ektning boshlang‘ich bahosini aks ettiradi, debeti bo‘yicha oboroti- bu aktivlarning egallash paytida (kelishi), ta’sischilar tomonidan ajratish paytida boshlang‘ich narxi bo‘yicha yoki kelishilgan narx bo‘yicha qabul qilish paytidagi kirimidir. Bu summalar 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar", 6110-"Mustaqil balansga ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar", 4710-"Ta’sischilarning badallari bo‘yicha qarzlari", 5110- "Hisoblashish" schyoti, 5210 va 5220-"Valyuta schyoti"lari va hokazo schyotlarning krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti bo‘yicha bu aktivlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda ushbu summalar bir vaqtning o‘zida 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" schyotining debeti bo‘yicha yozib qo‘yiladi.


Nomoddiy aktivlarning qabul qilinishi paytida analitik hisobning kartochkalari (6-A-V shakli) to‘ldiriladi va bu ma’lumotlar mos bo‘lgan jamg‘arma qaydnomalarga ko‘chiriladi.
Nomoddiy aktivlarning kirimi paytida:

  • ustav kapitaliga kiritilgan ta’sischilarning ulushi sifatida: 0400-«Nomoddiy aktivlar» schyotlarining debeti, 4710-"Ta’sisichilarning badallari bo‘yicha qarzlari" schyotining krediti;

  • boshqa shaxslardan aktivlarni sotib olishda yukxati va qabul qilish dalolatnomalari asosida: 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 0830-"Nomoddiy aktivlar sotib olish" schyotining krediti;

  • agar aktivlar boshqa shaxslardan tekinga yoki davlat tomonidan yordam sifatida olinsa: 0400- "Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 8510-"Ustav kapitali (fondi)" (davlat korxonalari uchun) va 9910-"YAkuniy moliyaviy natija" schyotining krediti (boshqa sub’ektlar uchun) va bir vaqtda ularning eskirishlarining qiymati tasdiqlangan me’yor asosida aks ettiriladi. "Sarflar (xarajatlar)" schyotlarining debeti- 2000, 2300, 2500, 3100, 9410, 9420, 9430, 9450 va shunga o‘xshashlar va 0500-"Nomoddiy aktivlarning eskirishi" schyotlarining kreditida qayd qilinadi.

Nomoddiy aktivlar quyidagi xo‘jalik muomalalarining ta’siri natijasida sub’ektning mulkidan chiqariladi:

  • boshqa sub’ektlarga kelishilgan narx asosida realizasiya qilish oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti;

  • boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qoldiq narx bo‘yicha tekinga o‘tkazish oqibatida 9220- "Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti;

  • butunlay eskirishi yoki daromad olish xususiyatining yo‘qolishi oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti;

  • hisoblangan eskirishlar hisobiga: 0500-"Nomoddiy aktivlarning eskirishi" schyotlarining debeti, 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining krediti;

  • boshqa firma, filiallar va qo‘shma korxonalarning ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida o‘tkazish oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarni realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400- "Nomoddiy aktivlar" schyotlarining kreditiga ko‘chiriladi.

Nomoddiy aktivlarning sub’ekt mulkidan chiqib ketishi aksiyadorlarning yoki ta’sischilarning yig‘ilishidagi ko‘chirish, ushbu aktivlarni hisobdan chiqarish haqidagi bayonnomalari, qabul qilish yoki o‘tkazish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarning bahosiga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning summasi kiradi, shuning uchun bu aktivlarga ega bo‘lish paytida soliqning summasi 6410-"Budjetga to‘lovlar yuzasidan qarzlar" schyotida alohida hisobga olinadi va 6 oy ichida budjetga o‘tkazishga loyiq bo‘lgan hisoblangan soliqning umumiy hisobidan (summasidan) chegirib qolinadi.
Yüklə 272,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin