Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 272,48 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü272,48 Kb.
#201228
1   2   3
M.Xo‘jamov - Moliyaviy hisob asoslari

Olish usuli. Nomoddiy aktivlar boshqa sub’ektdan sotib olinishi mumkin. Masalan, ishlab chiqilgan va boshqa firma tomonidan registrasiya qilingan (ro‘yxatga olingan) franshizalar yoki patentlar.

  • O‘xshashlik (aynan tenglashtirishlik). Ayrim nomoddiy aktivlar firmaning boshqa aktivlaridan alohida ajratilishi mumkin. Masalan: patentlar, savdo markalari va franshizalar. Lekin boshqa nomoddiy aktivlarning alohida ajratilishi mumkin emas, aksincha, ularning bahosi firmaning boshqa aktivlari bilan o‘zaro uyushgan holda chiqariladi. Masalan: mijozlarning ishonchi yoki xodimlarning malakasi darajasida asoslangan gudvil.

  • Almashish. Sotiladigan yoki sotib olish mumkin bo‘lgan alohida tenglashtirilgan nomoddiy aktivlar almashtirishga loyiq, masalan: patentlar, franshizalar yoki savdo markalari. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida tenglashtirilgan bo‘lib, faqat firmaning sotilishi jarayonida almashtirilishi mumkin. Masalan: tashkiliy xarajatlari, gudvil alohida tenglashtirilmagan, almashtirishga loyiq bo‘lmagan va bir vaqtda boshqa aktivlarni olmay turib qabul qilinmaydigan nomoddiy aktivalarga misol bo‘lib xizmat qiladi.

  • Nomoddiy aktivlarni ishlatishda olinadigan daromadlarning davri. Ayrim NMA bo‘yicha daromadlar olish davrini aniqlab bo‘lmaydi. NMAlarni ishlatishdan kutilgan daromadlarni olish davri iqtisodiy yoki yuridik va kelishilgan cheklanishlar orqali aniqlanadi. Masalan: lisenziyani ishlatishdan olinadigan daromad tuzilgan va qayd qilingan shartnomada aniqlanadi.

    Nomoddiy aktivlar quyidagi aktivlar sifatida aniqlanadi:

    • sub’ekt faoliyatida faol ishlatiladi, investisiyalar sifatida yoki sotish maqsadida saqlanmaydi;

    • hozirgi hisobot davri tugaganidan keyin foyda keltirishi kerak;

    • har doim ham moddiy mohiyatga ega emas.

    Nomoddiy aktivlarning bahosi faqat imtiyozlar va tadbirkorlik huquqlari bilan taqdim etiladi. U foizli, moliyaviy yoki muomalaviy daromad keltiradi. Ularga gudvil, patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari va hokazolar kiradi.
    Nomoddiy aktivlarning bahosi asosiy vositalarga o‘xshab vaqti-vaqti bilan amortizasiya qilinadi, ya’ni aktivning ishlatilishi paytida, foydali vaqt ichida xarajatlarning tarkibiga qo‘shiladi.
    Hozirgi kunda sub’ektlarning iqtisodiy holati ularni takomillashtirishni talab qiladi, davlat ichida va tashqi ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat assortimentini yangilash doirasida va mahsulotlarning sifatini, bajarilayotgan ishni va xizmatlarni oshirishda sub’ektga yangi majburiyatlar qo‘yadi.
    Qo‘yilgan masalalarni yechishni ta’minlab turuvchi instrumentlardan biri nomoddiy aktivlar hisoblanadi, chunki ular moddiy xususiyatga ega bo‘lmay mahsulotni yaratish va daromadlarni olishda faol qatnashadi. Ularga patentlar, lisenziyalar, "nou-xau", yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, brokerlik joylari, savdo markalari, programmali dasturlar va boshqalar kiradi.
    Yuqorida keltirilgan 4ta xususiyat nomoddiy aktivlarning har xil kategoriyalari uchun buxgalteriya hisobining usullariga ta’sir qiladi.
    Nomoddiy aktivlarning hisobi moddiy aktivlarga, masalan, yer, bino va uskunalarga qo‘llaniladigan xuddi shunday tamoyillar va tartiblarni o‘z ichiga mujassamlashtiradi. Bu tamoyillar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

    1. Ushbu aktivlarni olish vaqtida tannarx tamoyilini qo‘llash;

    2. Moslik tamoyilini, bu sarflangan xarajatlar va olingan daromadlar ushbu hisobot davrida aks ettirilishini talab qiluvchi, ishlatish davri paytini qo‘llash.

    3. Chiqish paytida daromadlarni tan olish tamoyilini qo‘llash, ya’ni chiqimdan olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar olingan pul mablag‘lari va chiqib ketgan aktivning balans qiymati orasidagi farqining tan olinishi.

    Nomoddiy aktivlarning hisobida 2ta asosiy masala mavjud:

    • hozirgi hisobot davrida ushbu aktivlar qiymatining qaysi qismining xarajatlar hisobiga qo‘shilishini aniqlash;

    • balansda ko‘rsatilgan qoplash qiymatini hisoblashning zarurligi. Ushbu masalalarni yechish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:

    • nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash;

    • nomoddiy aktivlar qiymatining tegishli qismini ulardan foydalanish jarayonida xarajatlarning tarkibiga to‘g‘ri qo‘shish;

    • nomoddiy aktivlarning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning hisobini to‘g‘ri yuritish;

    • nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobda aks ettirish.

    Baho tamoyiliga ko‘ra, nomoddiy aktivlar ularni olish paytida sotib olish qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Xarid qilish qiymati aktivlarni xarid qilish paytida sarflangan hamma xarajatlarni, shuningdek, xarid qilish bahosini, tashish bo‘yicha xarajatlarni va yuridik xarajatlarni, hamda xarid qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Xarid qilish qiymati bu hamma to‘lovlar yoki olingan aktivlar (qaysi biri to‘g‘riroq aniqlanganligiga qarab)ning hozirgi bozor qiymatidir. Agar nomoddiy aktiv tekinga, badal hisobiga, barter asosida to‘liq yoki qisman olingan bo‘lsa ekspert tomonidan belgilangan qiymat, pul mablag‘lari bilan to‘langan summa va badalning hozirgi bozor qiymati uning qiymati hisoblanadi. Agarda ushbu qiymatni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, unda olingan nomoddiy aktivlarning bozor qiymati ishlatiladi. Masalan: agarda patent korporasiya tomonidan badal sifatida aksiyalarning emissiyasi hisobiga olinsa, unda ushbu patentning qiymati chiqarilgan aksiyalar kapitalining hozirgi bozor qiymatida aniqlanishi lozim. Agar chiqarilgan aksiyalar patent olish uchun chiqarilgan aksiyalarning mos soniga belgilangan bozor qiymatiga ega bo‘lmasa, patent bozor qiymatining isboti, muomala qiymatining ko‘rsatkichi sifatida ishlatilishi kerak.
    Joriy hisobda nomoddiy aktiv boshlang‘ich bahosi bo‘yicha aks ettirilgan. Olish bahosi, maslahat berish bo‘yicha, marketing tadqiqotlari bo‘yicha xarajatlar va boshqa xarajatlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Bu xarajatlarning manbasi ustav kapitalga qo‘yilgan ta’sis etuvchilarning a’zolik badallari va faoliyati paytidagi sarflangan xarajatlardir.
    Olish manbasiga ko‘ra ular har xil baholanadi va quyidagi tartibda kirim qilinadi:

    • ta’sis etuvchilar va aksiyadorlar jamiyatining a’zolari tomonidan ustav kapitaliga qo‘yilgan qism (ulush) sifatida;

    • boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olish paytida olish bahosi bo‘yicha, hamda yetkazib berish, o‘rnatish va ishlatish uchun tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni qo‘shgan holda;

    • tekinga olgan holatlarda ekspert komissiyasining baholashi bo‘yicha.

    Nomoddiy aktivlarni kirim qilish quyidagi dastlabki hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

    • foydalanish haqidagi guvohnoma;

    • patent guvohnomasi;

    • dastur bilan ta’minlangan ishni qabul qilish dalolatnomasi;

    • aktivlarni qo‘yish haqidagi bayonnoma;

    • narxni aniqlash haqidagi bayonnoma va boshqalar.

    Ushbu hujjatlarda qisqacha ta’rif, boshlang‘ich narxi, ushbu ob’ektni ishlatishning usullari va muddatlari ko‘rsatiladi.
    Joriy hisobda har bir aktiv uchun alohida hisob – registr kartochkalari ochiladi, unda yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qayd qilinadi.
    Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich bahosi ularning eskirishlarini hisoblash va ushbu summani ishlab chiqarish xarajatlariga yoki muomala xarajatlarining tarkibiga kiritish uchun aniqlanadi. Har oygi eskirish summalarining miqdori xizmatning muddatidan, daromad olish muddatidan va aktivning boshlang‘ich bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.
    Nomoddiy aktivlarning xizmat muddati quyidagicha aniqlanadi deb nazarda tutilgan: nomoddiy aktiv uchun to‘langan summasi foydalanish muddati ichida daromadlarga muqobil yoki doimiy bir xil usullar bilan qo‘shilishi kerak.
    Nomoddiy aktivning qiymati doimiy bir xil ulush tarzida aktivning ishlatilish muddati ichida yoki moslik tamoyiliga ko‘ra aktivning taxminiy ishlatilishi muddati ichida foydalanish muddatini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:

    1. Maksimum ishlash muddatlarini chegaralay oladigan yuridik, tartibga soluvchi va kelishilgan holatlar;

    2. Taxminiy ishlash davrini o‘zgartira oladigan yangilik va foydalanish muddatini uzaytirish uchun sharoitlar;

    3. Xizmat davrini qisqartirishga olib keladigan, eskirish, talab va boshqa omillar;

    4. Kutilgan ishning muddati yoki ishchilar guruhiga mos keladigan xizmat muddati;

    5. Nomoddiy aktivning muhim raqobatbardoshligini chegaralay oladigan kutilgan raqobatchi va boshqa sub’ektlarning harakati;

    6. Har xil xizmat muddatlari bilan ko‘plab ajratilgan aktivlarning tuzilishi mumkin bo‘lgan nomoddiy aktivlar.

    Xususiyatlariga ko‘ra nomoddiy aktivlarlar kamdan-kam qiymatiga ega. Aniq xizmat muddatiga yoki harakat muddatiga ega bo‘lmagan nomoddiy aktivning qiymati, albatta, isbotlab mo‘ljallangan muddat asosida amortizasiya qilinishi kerak. Bu qoida qo‘shimcha bo‘lishiga qaramay, u daromadlarni aks ettirish paytida manipulyasiya uchun moslik tamoyilidan mumkin bo‘lgan darajada suiste’mol qilishning oldini oladi.
    Nomoddiy aktiv xizmatining iqtisodiy muddatini aniqlashda ancha qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ish muddatlarini ko‘rib chiqish uchun, davr talabiga loyiq bo‘lishini aniqlash uchun davriy baholashlarni o‘tkazib turish lozim. Xizmat muddati o‘zgartirilgan paytda amortizasiya qilinmagan qiymat ko‘rib chiqilib qolgan xizmat muddati ichida amortizasiya qilinishi kerak. Lekin, har qanday vaziyat paytida amortizasiyaning to‘liq davri aktivni foydalanishga topshirish paytidan boshlab 40 yildan oshmasligi kerak.
    Amortizasiya summasini hisoblash usullari aktivning ishlatilishini aks ettirishi kerak. Amortizasiya hisoblashda to‘g‘ri chiziqli usuldan foydalanish afzalroq. Ishlab chiqarish usuli, tezlashtirilgan amortizasiya usuli va boshqa xil usullar esa aniq sharoitlardan kelib chiqqan holatlarda ishlatilishi mumkin.
    Nomoddiy aktivning amortizasiyasi asosan yilning oxiriga korrektirovka (tuzatish) yozuvi bilan bog‘liq. Amortizasiyaga loyiq deb topilgan summa amortizasiya bo‘yicha xarajatlarning debetiga (ushbu aktiv qaerda ishlatilgan bo‘lsa) va nomoddiy aktivlarning eskirishi schyotining bevosita kreditiga yoziladi.
    Aktivlarning xizmat muddatlari bir yildan byosh yilgacha o‘rnatiladi (agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa). Asosiy shartlardan biri o‘rnatilgan maksimal muddati, ishlatilishi sharti bilan berilgan sub’ektning faoliyat muddati hisoblanadi. Masalan: agar sub’ekt uch yil faoliyat ko‘rsatsa, bunda nomoddiy aktivning ishlatilish muddati ham 3 yil, agarda 5 yil bo‘lsa, 5 yil, agarda 5 yildan ko‘proq bo‘lsa, unda bu aktivning ishlatish muddati 5 yil ("Xarajatlarning tarkibi haqidagi Nizom", 1.4.2.m). Ishlatilish muddati texnologik jarayonlar va faoliyatning ko‘rinishlari asosida o‘rnatiladi.
    Almashtirishga loyiq nomoddiy aktivlar – bu firmalarning bu kabi aktivlaridan alohida identifikasiya qilinadigan va alohida sotilishi mumkin bo‘lgan nomoddiy aktivlardir. Masalan: patentlar, mualliflik huquqlari, franshizalar va savdo markalari (lekin tashkiliy xarajatlar emas). Ular egallanishi yoki firma ichida ishlab chiqarilishi mumkin.

    Subyektning faoliyatida ko‘proq uchrab turadigan almashtirishga loyiq bo‘lgan ayrim nomoddiy aktivlar quyida keltirilgan.



    Yüklə 272,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin