Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Xodimlar bilan rnehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo'yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tek- sbirish yuzasidan testlar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə36/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Xodimlar bilan rnehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar
bo'yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tek-
sbirish yuzasidan testlar


T. r.

Savol mazmuni yoki o'rganilayotgan obyekt

Javob mazmuni (tekshiruv nati- jasi)

Bel
-gi*

Auditoming xu- losasi va qarorlari

1

2

3

4

5




L. Ichki nazorat

1.

Xodimlar jadvali tas- diqlanganmi va unga rioya etiladimi?

Xodimlar jadva- li har yili bir marotaba qay- tadan ko‘rib chiqiladi

n2

Ichki nazorat su- saytirilgan, xato- lar boTishi mum kin

2.

Har bir xodimga shaxsiy varaqalar yu- ritilganmi?

Ha, yuritilgan

n4

Nazorat yetarli darajada

3.

Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to'g'risidagi buyruq- lar o‘z vaqtida qabul qilinadimi?

Buyruqlar o‘z vaqtida va to‘g‘- ri qabul qilinadi

n4

Nazorat yetarli darajada

4.

Xodimlar bo'limi to- monidan tasdiqlan- gan ishbay haqlar va ta’rif sfavkalar
qo'lianiladimi?

Xodimlar bo‘li mi tomonidan hir yilda kamida bir marotaba tanlab olib na- zorat amalga oshiriladi

n2

Ichki nazorat su- saytirilgan, xato- lar bo'lishi mum- kin

5.

Ish haqidan ushlab qolishlar tekshiri- ladimi?

Bir yilda kami- da bir marotaba tanlab olib na- zorat amalga oshiriladi

n2

Ichki nazorat
susaytirilgan, xa- tolar boTishi
mumkin

6.

Soliqlar bo‘yicha hi- soblar ijtimoiy su- g‘urta, soliq idoralari tomonidan tekshiril- ganmi?

Hisobot yilida tekshiruv o‘tkazilmagan

n2

Icliki nazorat
susaytirilgan, xa- tolar bo'lishi
mumkin

7.

Hisob-kitob-to‘lov qaydnomaiari to'g'ri raqamlanganmi?

Kelma-ket raqamlash qo‘llaniladi

n4

Nazorat yctarli darajada




1

2

3

4

5

8.

Mukofotlar, mchnal ta’tili, kasallik vara- qalari va boshqalami hisoblash tartibiga rioya qilinadimi?

Rioya qilinadi, lekin korxonada to'lovlar tartibi to‘g‘risida ichki Nizom ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan

n2

Ichki nazorai su- saytirilgan, xato- lar bo'lishi mum- kin

9.

Ish haqi va boshqa to'lovlar o‘z vaqtida to'lanmagan holat- iari ho'lganmi?

Ha, bo‘lgan

n2

Sabablarini aniqlash lozim

10.

Ish haqini tayyor mahsulotlar bilan to‘lash holatlari bo‘l- gamni?

Ha, bo‘igan

n2

Soliqqa tortish
to'g'ri hisoblan- ganligini tek-
shirish lozim

11.

Ish haqi ho'yicha hi- sobvaraqlarning o'zaro bog'lanish chizmasi ishlab chi- qilganmi?

Yo‘q. ishlab
chiqilmagan

n2

Schyotlar korre- spondentlanishida xatolar bo‘Iishi mumkin

12.

Ish haqini hisoblash bo‘yicha dastiabki hujjatlar, tahliliy va sintetik hisoh ma’lu- motlari solish-
tiriladimi?

Chorak oxirida tanlab olib tek- shiriladi

Nz

Tanlah olih tek- shiruv o'tkazish lozim

*Izoh. Nj-past daraja; Nj-o 'rtachadan past; Nz -o 'rtacha; Nj-yuqon

Test savolnomalariga javob olingandan keyin, auditor tek- shiruv dasturini ishlah chiqadi va unga muvofiq xodimlar bilan hisob-kitoblaming har bir turi bo'yicha auditorlik tekshiruvini o'tkazadi (7.2.-jadval).
7.2.-jadval Xodimlar bilan hisob-kitoblar aiiditorlik tekshiruvi muolajalari



Muolajalar ro'yxati

Ma'lumollar manbasi

1

2

3

1

Ishbay ishlovchi xodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini tekshirish

Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar, ish mahsuli me'yorlari, ishbay haqlar

1

2

3

2.

Vaqlbay va boshqa haq to'lash lurlari bo'yicha hisoblami tek- shirish

Tasdiqlangan ta'rif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar

3.

Ish haqidan ushlab qolishlar bo‘yicha hisoblami tekshirish

Hisob-kitob-to'lov qaydnoma- lari, jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar

4.

Xodimlar bo‘yicha tahliiiy hisob yuritilishini tekshirish

Shaxsiy schyotlar, qaydnomalar, mashinogrammalar

5.

Mehnatga haq to‘lash bo'yicha hisobvaraqlar to‘g‘ri korrespon- dentlanganligi va yig'ma hisobni tekshirish

Qaydnomalar, jumal-orderlar, mashinogrammalar

6

Ijtimoiy ehtiyojlar bo‘yicha to'lovlar to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish

To'lov qaydnomalari, yoritib yozishlar, mashinogrammalar

7

Ish haqi bo'yicha deponentlan- gan summalami tekshirish

Deponent varaqlari, deponent- langan ish haqini hisobga olish daftari


Auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan xato va kamchilik- lar, talablariga rioya qilinmagan me’yoriy hujjatlar ko'rsatilgan va hisobotning ko'rsatkichlariga miqdoriy ta'siri aniqlangan holda, auditoming ishchi huijatlarida qayd etiladi.

    1. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar
      auditini tashkil etish


Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne'matlar yaratar ekan, ulami ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o‘z mehnatini sarflaydi. Mehnat jaray- onida yangi mahsulot yaratilib, inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iste'molchilaming asosiy daromad manbalari ish haqi bo‘lganligi sababli, tovarlarga bo‘lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog‘liq bo'ladi. Korxonaning ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jonli mehnatni iste'mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o'lchanadi Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste'molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari
uchun sarflangan mehnatiga haq to'lash miqdorini asosiash hamda aniqlashni talab qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va орега- tiv ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin so- halaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarishi, ish vaqtin- ing sartlanishi, mehnatga haq to'lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifasi bo'yicha hamda mehnatga haq to'lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘iovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat rcsurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sartlanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to'lashni hisobga olish, na- zorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, hu esa:

  • ishbay ishiovchilar va boshqa xodimlaming ish sifatini to'g'ri va o‘z vaqtida huuatlar bilan rasmiylashtirishni, shuning- dek, ish haqini hisoblash va uni bclgilangan muddatlarda to'lashni;

  • hisohlangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalami ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajat- laming yo'nalishlari bo'yicha aniq taqsimlashni;

  • ish haqidan budjetga majburiy to‘lovlami, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jis- moniy shaxslar foydasiga to'g'ri hamda o'z vaqtida ushlab qolish va o'tkazishni;

  • xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qil- ishni ta'minlashi кегак.

Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlanadi. Korxonada xodimlar. eng awalo, ikki guruhga ajratiladi:

  1. asosiy faoliyatda band ho'lgan xodimlar;

  2. asosiy bo'lmagan faoliyatda band bo'igan xodimlar.

Asosiy faoliyatda band bo'lgan xodimlar (arkibiga asosiy va yordamchi sexlaming, yordamchi ishlab chiqarishlarning, to- zalash inshootlarining, aloqa uzellarining. axborot hisoblash markazlarimng. barcha turdagi qo'riqlashning. korxona bosh- qarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo'lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish. savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • ishchilar;

  • xizmatchilar.

Ishchilar tarkibiga moddiy ne'matlarni yaratish, tuzatish, yuklami ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkihiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o'rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iktisodiy hamda muxandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar loifasiga hujjatlami tayyorlash, rasmiy- lashtirish ishlarini olib boruvchi, xojalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yuritu- vchilar va hokazolar) kiradi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini lo‘g‘ri tash- ki! qilish uchun, eng avvalo. shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yurit- ish lozim. Xodimlami ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o'tkazish. ularga ta'til berilgani. tunda, ish vaqti- dan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida is- honchli ma'lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
«Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan. kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to‘liq ro‘yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya’ni ma'lum me'yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi Har bir xodimning ishlagan vaqti tabclda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex boshlig'i tomonidan imzola- nadi va huxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Shunday qilib, mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar aks et- tirilishining to‘g‘riJigini tekshirish natijalari auditoming ish hu- jjatlari bilan rasmiylashtiriladi va auditorlik hisobotida alcs ettiri- ladi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin