Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Qo‘shilgan kapital auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə61/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Qo‘shilgan kapital auditi

Qo‘shilgan kapitalning tekshiruvi qo'shilgan kapital hisobi schyotlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu schyotlar Aksiya- lami nominal qiymatidan yuqori bo'lgan narxlar bo'yicha bir- inchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Nizom kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish uchun mo‘ljal1angan.
Auditor ushbu kapital to‘g‘ri shakllanishi va to'ldirilishini tekshirishi lozim.
21-son BHMS26 ga muvofiq. oddiy va imtiyozli aksiyadan olingan, nominal qiymat summasidan yuqori bo'lgan qo‘shilgan

kapital mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlami umum- lashtirish, ya'ni aksiyalami birlamchi joylashtirishda nominal qi- ymatdan yuqori bahoda sotishdan olingan emissiya daromadi, hamda ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladi- gan kurs farqlari quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8410 - «Emissiya daromadi»;
8420 0 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi».
Odatda, aksiyalar birinchi bor nominal qiymatidan yuqori bo'lgan narxlarda, ya’ni mukofot bilan sotiladi. Nominal qiy- mati Nizom kapitaliga o'tkaziladi, emissiya daromadi esa (bozor qiymatini nominal qiymatidan oshib ketishi) qo‘shilgan kapi- talga o‘tkaziladi.
Shuningdek, korxonada «Nizom kapitali (fondi) hisobi schyotlari» bo‘yicha, ya’ni, e’lon qilingan, obuna bo‘lgan, to'langan kapital bo'yicha tahliliy hisob olib borilishi lozim.
Dastlabki obuna sifatida rasmiylashtirilmasdan sotilgan aksi- yalar pul mablag‘lari bo'yicha schyotlaming debetida va «Nizom kapitali hisobi bo‘yicha schyotlar» yoki «qo'shilgan kapital hi- sobi bo‘yicha schyotlar» ning kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalami sotib olish uchun obuna bo'lishga oid shart- nomalar bilan belgilangan summaga aksionerlik jamiyatining buxgalteriyasida, uning aktiviga pul yoki boshqa mol-mulk kelib tushishidan qat'iy nazar, Nizom va qo'shilgan kapital tashkil et- tiriladi. Hisobda obuna summasiga debitorlik qarz aks ettiriladi.
Tekshiruvda auditor korxona tomonidan chiqarilgan va to'langan aksiyalar turlari, ulaming egalariga oid schyotlari, yoki ta'sischilar va qo‘yuvchilaming xususiy schyotlari bo‘yicha ma lumot taqdim etish imkoniyati borligiga katta ahamiyat beradi.
Aksiyalarga obuna bo'lish to‘g‘risidagi shartnomalarda aksi- yalaming sotilish narxi. qarzlami qoplash muddatlari, to'lovlar valutasi yoki obuna bo‘yicha olinadigan aksiyalami to‘lash uchun mol-mulk turlari va qiymati ko'zda tutiladi. Aksiyalarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni obunachi, odatda, shartnomaga muvofiq, obuna bo‘lgan aksiyalar bo'yicha to‘liq to'lovlami amalga oshirgandan keyin oladi.
Aksiyadorlik jamiyatlanga mol-mulk, pul mablag‘lari aksiya- larga obuna bo'lish to'g'risidagi shamomaga asosan beriladi.
Qo'shilgan kapital tekshiruvi vaqtida jamiyatning o‘zi to- monidan sotib olingan aksiyaJar hisobi tashkil etilganligi tek- shiriladi.
Xususiy aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyi- dagi maqsadlar uchun sotib olinadi:

  • aksiyaiar kursini belgilangan darajada ushlab turish;

  • aksiya egalarida qolgan har bir aksiyaga dividendlarm ko'paytirish;

  • aksiyalarni o‘z xodimlari orasida tarqatish yoki qolgan ak- siyalar nominal qiymatini oshirish;

  • nazorat o‘rnatish maqsadida hoshqa firmalar tomonidan aksiyalami sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Buxgalteriya hisobida sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan xususiy aksiyalar bo‘yicha schyotlarda sotib olingan nandar bo‘yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalami jamiyat o‘z balansida ush- lab turishi yoki ulami jamg'arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan Nizom kapitali sotib olin- gan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi. aksiyalaming o‘zi esa bekor qilinishi mumkin Lekin, « Aksiyadoriik jamiyat- lari va aksiyadoriar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq bunday aksiyalar hisohda hir yildan ortiq bo'lgan muddatda ushlab turilishi mumkin emas. Auditor huni tekshirih ko‘rishi kerak. chunki sotib olingan va balansda bir yildan ortiq muddatda hisobda bo‘lgan aksiyalar bekor qilingan deb hisoblanadi. Korxona ushbu muddat o'tgandan keyin ulami sotishi yoki Nizom kapitalini shu summaga kamaytirgan holda, bekor qilishi lozim.
Emitent o‘zining xususiy aksiyalarini sotib olgan barcha ho- latlarda, hir vaqtning o‘zida. aksiyadorlik kapitali kamaygani bi- lan birga. uning mol-mulki ham kamayadi. Keyinchalik, sotib olish va xususiy aksiyalarni ikkinchi marotaba sotish operatsiya- lari sodir etilganda, agar aksiya sotib olingan qiymatdan ortiq narxlarda sotilsa, ortiqcha olingan summa 9590-«Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa daromadlar» schyotining kreditiga yozib qo'yiladi.
Aksiyalar sotib olingandan past narxlarda sotilsa. oradagi farq 9690- «Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar» schyotining dehelida aks ettiriladi. Sotib olingan aksiyalaming bekor qilinishi bir vaqtning o‘zida Nizom kapitalini kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Debet «Nizom kapitali hisobi schyotlari».
Kredit «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari».
Bularni tekshirayotganda auditor qimmatbaho qog'ozlar bi- lan operatsiyalar qonuniy ravishda amalga oshirilayotganligini bilishi кегак.


Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin