Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o‘z vaqtida, ya'ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e'lon qilingan kirim ulushi to'liq kirililganligi va shakllanish manbaiari (ta'sischilaming yoki ishtirokchilaming xususiy mablag'lari hisobiga, uchinchi shaxslar ulushlari hiso- biga) aniqlanadi. Ustav kapitali - bu xojalik yurituvchi subyeklning Nizomida ro'yxatga olingan kapitalning eng kam miqdoridir. Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg'armasi) bu korxona tashkil etilishida, uning ta'sis hujjatlari bilan belgilan- gan miqdorda faoliyatini amalga oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari) tomonidan mol-mulkka kiritilgan ulushlarining yig'indisi hisoblanadi. 21-son RHMS25 ga binoan, Korxona ustav kapitalining ho- lati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyi- dagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8310 - «Oddiy aksiyalar»; 8320 - «Imtiyozli aksiyalar»; 8330 - «Pay va ulushlar». Bozor sharoitida Nizom kapitali, hir tomondan, korxona mol-mulki qiymatini, ikkinchi tomondan esa - ta’sischilar, in- vestorlar oldida korxona majburiyatlari bo'yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali bo'yicha moliyaviy-xojalik operatsi- yalami aks etish tartibi ho‘yicha o'zgarishlar respublikada hosil bo'lgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan. Nizom kapitalining shakllanishi amaldagi qonunchilik va ta'sis huiiatlari bilan tartibga solinadi. Nizom kapitalining shakllanishi xojalik subyektining mulkka egalik qilish shaklidan kelib chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida - aksiyadorlar aksiyalarga yozilganiigi hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda - har hir ishtirokchining bergan ulushi hisohiga, davlat korxonalarida- mazkur iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi. Nizom kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya halansi va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. «Nizom kapitali hisobi bo'yicha schyotlar»ga oid qoldiq korxonaning ta'sis hujjatlarida aks ettirilgan Nizom kapitali miqdoriga muvofiq bo'lishi lozim. Auditor xojalik suhyekti davlat ro'yxatiga olingandan keyin ushbu korxonaning buxgalteriyasida Nizom kapitali ta'sischilaming Nizom kapitaliga ulushlarini kiritish bo'yicha qarzlarini hisobga olish schyotlarining debetlash va Nizom kapi- talini hisobga olish bo'yicha schyotlanning kreditlashini hisobga olishlari kerakligini nazarda tutishi lozim. Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo'yicha balansdagi qoldiqlar teng bo‘1sa, hu ta'sischilar tomonidan Nizom kapi- taliga o‘z ulushlarini kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar ta'sis etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim. Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, in- shootlar, jihozlar va hoshqa moddiy qiymatliklar. nomoddiy ak- tivlar, qo‘shma korxona ishtirokchilari davlatlarining pul mab- laglari ko'rinishidagi valutalar va erkin konvertatsiya qilinadigan valuta sifatida kiritilishi mumkin. Auditor ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlami dastlabki hujjatlar asosida va asosiy vositalar va pul mablag'lari, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va boshqalarni hisobga olish schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan Nizom kapitali ulushlar bo'yicha ta'sischilaming qarzi schyotning kreditidagi yozuvlari asosida tekshiradi. Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qil- ingan bankning hisob-kitob va valuta schyotlaridan ko‘chirmalar asosida ta'sischilar ulushi hisob-kitob va valuta schyotlariga to'liq va o‘z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi. Ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitaliga ulush si- fatida kirim qilingan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuvi ho'yicha aniqlanadi va baholanadi Valuta- lar va valuta qiymatliklari jamiyat ro'yxatdan o‘tkazilgan kuniga amalda bo‘lgan O‘zhekiston Respuhlikasi Markaziy Bankining kursi bo'yicha baholanadi. Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan qimmatli qog'ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta'sischilarning kelishuviga asosan bahotanadi. Nizom kapitaliga yoki aksiyalami to‘lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat ak- tiviga o‘tkazish davrida amalda bo'lgan bozor narxlari bilan ba- holanadi. Bozor narxlariga ega bo'lmagan nomoddiy aktivlar ta'sis hujjatlarida qayd etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan bel- giiangan narxlar bilan baholanadi. Ushbu obyektlarni baholash, odatda, yuqori malakali mutaxassislarga topshiriladi. Nizom kapitaliga ulush sifatida amalda kiritilgan valuta va valuta qiymatliklari, jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo'lgan rasmiy kurs bo'yicha baholanadi. Qimmatli qog'ozlar oxirgi birja kursi bo'yicha baholanadi. Moliyaviy aktivlar va biijada kotirovkaga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi qonunchilik talab qil- ganda, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlaming to'g'ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi. Ulush sifatida Nizom kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valuta qiymatliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlaming ba- holanishi utarni ta'sis hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi ba~ holanishidan farq qilishi mumkin. Asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomalari. ma'lumotlar, nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hu- jjatlar va asosiy vositalar va nomoddiy aktivlami hisobga olish schyotlarining debet ayJanmalariga asosida o'tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, ma'naviy mol-mulkka egalik hu- quqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar-transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zaxiralarini hisohga olish bo‘yicha schyotlari ma'lumotlariga ko‘ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati aniqianadi. Har hir qo‘yilma, Nizom kapitalini shakllantirish tartibiga izoh qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanishi iozim. Bundan tash- qari, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilayotgan mab- lag'larning alohida turlari ta'sischilar - jismoniy shaxslarning shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi lozim. Bularga, masalan, xususiylashlirilgan xonadon, ma'naviy molk- mulk, transport vositalari va boshqalar kiradi. Shunday qilib, auditor ta'sischilar kiritgan ulushlarga oid ularning har biri bo'yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks ettiriJ- gan ulushlar bo'yicha qarzlar, to'lash muddatiari, kiritilgan ak- tivJar summasi va qaryjarni qoplanishi bo'yicha tahliliy hisobni tekshiradi. Ishtirokchilaming Nizom kapitaliga kirim qilingan ulushlari hisobda va balansda ular amalda kelib tushishi bo'yicha aks et- tiriladi. Korxonaning Nizom kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
pul mablag‘lari uchun - pullar hisob-kitob (valuta) schyotiga kirim qilingan sanasi:
moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - moddiy va nomod- diy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu obyektlar kelib tushganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmi- ylashtirilgan sanasi.
Korxona Nizom kapitaliga ta’sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarning to'liqligi uning ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitali hisobining schyotlaridagi aks etilgan miqdorini Nizom kapitali ulushlar bo'yicha ta'sischilar qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nizom kapitalini tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jumal-orderda Nizom kapitali hisobi bo‘yicha schyotda qonuniy va to‘g‘ri aks etil- ganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq ekanligi aniqlan- ishi lozim.