X mavzu. KORXONA USTAV, QO‘SHILGAN VA REZERV
KAPITALLARI AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI 10.1. Auditning maqsadi va ma'lumot manbalari Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvini o'tkazishdan maqsad, ustav kapitalining shakllanishi, holati aks ettirilgan moliyaviy hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligi hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy huijatlarga mosligi to‘g‘risida fikr bildirishdan iborat. Ustav, qo'shilgan va zaxira kapitallarini shakllanishi, hara- kati, shuningdek, zaxiralami tashkil etish va foydalanish auditini o‘tkazishda auditor quyidagi asosiy huijatlarga amal qilishi lozim: 10.1-jadval Ustav, qo‘shilgan va zaxira kapitallari auditini tartibga
soluvcbi me'yoriy-huquqiy hujjatlar
№
Me'yoriy-huquqiy hiijjatlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30-avgust holatiga o'zgarishlar bilan. 1996-yil 29-avguslda 257-1-sonli O'zbekiston Respuhlikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997-yil 1- martdan kuchga kiritilgan
2.
O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008y.
3.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o‘zgarishlar va qo'shimchalar bilan). 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan