Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo'yicha hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə53/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

9.7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar
bo'yicha hisob-kitoblar auditi

Kreditlami berish va qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bank qoidalari va qarz oluvchi korxona hamda bank bilan shartnomaviy asosida tuziladigan kredit shartnomalari bi- tan tartibga solinadi. Unda kreditlash obyekti, kreditni berish va qoplash muddatlari, foiz stavkalari, kreditdan foydalanganligi uchun foizlami hisoblash va to'lash tartibi, majburiyatlarni ta’minlash shakllari, kreditni berish va qoplash yuzasidan to- monlar huquqlari va majburiyatlari, hujjatlar ro'yxati va ulami bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli shartlar ko'zda tutiladi.
Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni auditor- lik tekshiruvidan o‘tkazish uchun ma’lumot manbalar quyidagi- lardan iborat: kredit shartnomalari, kredit va qarzlaridan foy- dalanganligi uchun foizlar to'lash bo‘yicha hisob-kitoblar, to'lov hujjatlari ilova qilingan bank ko'chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va tahliliy hisoblaming boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va hokazolar.
Bank kredidari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag'larini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining is- honchliligi to‘g‘risida yetarli dalil-isbotlarga ega bo‘lishdan ibo- rat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak:

  • kredit va qarzlaming haqqoniyligi hamda hujjatlashtiril- ganligi;

  • kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag‘larining olingan manbalari);

  • qarz mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ularni to‘liq hamda o‘z vaqtida qaytarish (qarz mablag'lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan. kreditlar va qarzlar bo'yicha qarzdorlik qan- day qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi);

  • qaytarilmagan kredit va qarzlaming qoldiqlari hamda ular bo'yicha foizlar to'lanishini baholash;

  • kredit va qarzlar bo‘yicha sintetik hamda analitik hi- sobning yuritilishini tekshirish (kredit va qarzlami hisobga oladi- gan schyotlaming qo‘llanilishi, qarz mablag‘larini olish va qay- tarish muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalami shakllan- tirish tamoyillariga rioya qilinishi).

Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo'lish uchun turli usullar (hujjatlami tekshirish, muomalalarni ko'pib chiqish, o‘z mab- lag'lari bilan qarz mablag'laming nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallami bajarish) va axborot manbalaridan foydala- niladi.
Bank kreditlari va qarzlami auditorlik tekshiruvidan o'tka- zishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi:

  • bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hi- sobini va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me'yoriy hujjatlar;

  • bank kreditlari va qarzlar bo'yicha muomalalami rasmiy- lashtirish va Jiisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dast- labki hujjatlar (kredit va qarz shartnomalari, kreditlar bo'yiclia foiz stavkalarining o'zgarisJii to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar, lcreditni qaytarish muddatlari, lcredit shartnomalarining boshqa shartlari);

  • Jcredit shartnomasiga muvofiq qaytariJadigan kredit va foiz summalarining akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o'chirilishini tas- diqlaydigan memorial-orderlar.

Yuqorida ko'rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirisliga doir sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hi- sobotlari puxta teksliiruvdan o'tkaziladi Mazkur sohani tek- shirish uchun zarur axhorotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakUarida aks ettiriladi (9.1-jadval).
Bulami tekshirish uchun auditorga korxonada qo'llanila- yotgan buxgalteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinadi:

  • agar jurnal-order shakli qo'llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar;

  • agar hisob ishlari komputerlashtirilgan bo'lsa, 6810, 6840, 7810, 7820, 7830 va 7840 - schyotlar bo‘yicha komputer shakllari, analitik vedomostlar va bosh daftar.

Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va qarz shartnomalari o'rtasidagi asosiy farqlami bilishi lozim.
9.1-jadval

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin