Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblami tek- shirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblami tekshirishga o'xshash. 21-sonli BHMS ga muvofiq, «Jo'natilgan mahsulot. bajaril- gan ish va ko'rsatilgan xizmatlar uchun haridor va buyurt- machilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar. 4010 - «Xaridor- lar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 «Olingan veksellar», 6310 - «Xaridorlar na buyurtmachilardan olingan bo'naklar», 9010 - «Mahsuloflar sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Ba- jarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovar- lar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010 - «Xaridorlar va buy- urtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksel- lar» va 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotlari bo'yicha hisob yuritish va nazoratning ho- lati hamda qoldiqlaming haqqoniyligini baholash natijasida ha- ridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo'yicha muomala- larning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo'yicha oborotlarru tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy koTsatkich — tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko'rsatkichi bo'yicha axborotlami shakllan- tirishi bilan izohlanadi. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblarning auditiga o'xshash ravishda amalga oshiriladi. Xari- dorlar bilan hisob-kitoblaming auditi jarayonida mol yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilganligi, xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotlar uchun korxonaga tegishli bo'lgan summalar (sotish muddatlari, mahsulot sifati va boshqa omillami hisobga olgan holda) to‘g‘ri hisoblanganligi, 15 % miqdorida oldindan to'lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi, 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa kechiktirilgan daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buy- urtmachilardan olingan bo'naklar» schyotlarda ko'rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi aniqianadi. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo'yicha qarzlaming haqiqiyligi, qonuniyligi va is- honchliligi dastlabki hisob-kitob-to‘lov hujjatlari, hisob- kitoblami inventarlash dalolatnomalari va hisob registrlaridagi ko'rsatkichlar asosida tekshiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalami tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo'yicha hisob registrlari ma'lumotlarining Bosh daftar hamda o'zaro aloqador hisob rcgistrlari ma'lumotlari bilan tengligi aniqlanadi Bunda asosan 4010 schyot debeti bo'yicha yozuvlar 9010 9020, 9030, 9210. 9220 schyotlaming krediti bo'yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shart- nomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda umumiy qoida bo'yicha mulkiy hu- quq mol yetkazib beruvchidan xaridorga tovami jo'natish vaqtida o‘tadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiri- ladi: Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlami sotishdan olingan daromadlar». Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi to'lov bo'yicha yoki jo'natish bo‘yicha qabul qilinganidan qafiy nazar amalga oshiriladi. Muomalalaming hujjat bilan asoslanganhgini tekshirish mo- baynida tovar (ish, xizmat) lar bahosi shakllanishining shart- noma shartlariga muvofiqligi hamda QQS summasi va Xaridor- larga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to‘g‘riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlami to‘lashning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog'lanadigan ma'lumotlami taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlami ko'rib chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblami tek- shirisJmi boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko‘rsatilgan qoldiqlaming Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan vek- sellar», 6310 - «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak- lar» schyotlari bo'yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shunindek, reestrlaming o‘z vaqtida to'ldirilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xojalikning kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to'lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mayjudligi tekshiri- ladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo‘yicha to‘lov ta- labnomalarining o‘z vaqtida to'ldirilishi va inkassaga qo‘yilishi tekshiriladi. Qarzlaming vujudga kelish sanalari va to'lov mud- dati o‘tib ketgan summalarini saido (qoldiq) reestrlari bo'yicha aniqlash zarur. Ushbu lo'lov hujjatlari bo'yicha qarzlar ni- hoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurt- machilardan olinadigan schyotlar» va 4020 - «Olingan veksellar» schyotiarining debetida, to‘lovlaming kelib tushishi esa 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo'naklar» schyotin- ing kreditida aks ettiriladi, shuningdek, mahsulot va materiallar bir xojalik yoki tashkilotga jo‘natilib. schyot esa adashib bosh- qasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy bo'lmagan debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblami tek- shirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o‘tib ketgan debitor qarzlami undirish choralari ko'rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblami o‘zaro taqqoslash va aniqlangan ta- fovutlami taqqoslash dalolatnomasi tuzib to'g'rilash, qarzlami o'zaro surishishga doir ishlaming amalga oshirilayotganligi tek- shiriladi. Shuningdek. audit jarayonida Xaridorlaming muddat- lari o'tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va taiab qilin- maganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlami hisobdan o'chirish faktlari bo‘yicha auditor ushbu faktlaming asoslan- ganligi va to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlaydi.