Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Turli debitor va kreditorlar hilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə51/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Turli debitor va kreditorlar hilan hisob-kitoblar auditi

Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro hisob-kitob mu- nosabatlarida korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi.
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblami tekshirishda, auditor awalo debitor va kreditor qarzlaming paydo bo‘lishi sa-
bablarini aniqlashi zarur. Hisob-kiioblaming belgilangan qoi- dalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi. katta miq- dordagi debitor va kreditor qarziaming mavjudligidan dalolat beradi.
«Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo'natilgan, ish- lar bajarilgan. xizmatlar ko'rsatilgan kundan boshlab 90 kun o'tgach muddati o'tgan hisoblanadi»23.
Debitorlik va kreditorlik qarziari ho'yicha muomalalami tekshirishga kirishishdan oldin qarzlaming tegishli qoldiqlari balans moddalari bo'yicha to'g'ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob- kitoblaming har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarin- ing ma'lumotlari bo'yicha hisob-kitoblami hisobga olish uchun mo'tjallangan schyotlar bo'yicha qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So'ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo'yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo‘lishi sabablarini. u kimning aybi bilan va qachon paydo bo‘lganligi. uni undirib olish mumkin yoki mum- kin emasligini, ya'ni debitorlar o‘z qarzlarint tan olgan xatlar yoki hisob-kitohlami taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini. da'vo qilish muddatlari o‘tkazib yuborilmaganligini. qarzlami yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko'rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitor va kredilorlar bilan hisob-kitoblami tek- shirishda quyidagilarni aniqlash lozim:

  • kreditga solilgan tovarlar bo'yicha hisob-kitoblar to‘g‘riligi;

  • shartnomalar mavjudligi;

  • xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlanning taqdim etish muddatlari;

  • kreditni qoplash tartibi va boshqalar.

Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha hisob-kitoblar holati 4700 - «Xodimning boshqa operatsiyalar bo'yicha qarzi hisobi schyoti» schyotlar guruhi bo‘yicha. shuningdek. 4710 - «Kreditga sotilgan tovarlar ho'yicha xodimning qarzi» schyot ko'rsatkichlari asosida o‘rganiladi. Eng muhimi, xaridorlaming muddati o'tgan qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar o‘rganib chiqi- ladi va muddati o'tgan qarzlar paydo bo‘lishi sabablari aniqla- nadi. Elaming asosiylari quyidagilardan iborat:

  • kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik;

  • ijro varaqalari bo‘yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar foydasiga summalar to'g'ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek. ushlab qolingan summalar oluvchilarga o‘z vaqtida o'tkazilmaganligi;

  • korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko'rsatilganligi uchun hisoh-kitoblar to‘g‘ri hisoblanma- ganligi.

Turli dehitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo‘yicha 4800 - «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlaming hisob registrlari va hisobotlard- agi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli dcbitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblami tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o‘xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalaming xilma-xilligini e'tiborga olgan holda, auditor hisoh-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo‘llanishining qonuniyligini aniqlaydi (ya’ni, 4800, 6900 schyotlarida aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to'lanmagan, deponentlanmagan summa- lar bo‘yicha haqiqatda to‘langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo'lgan daromad solig'ining qayta hisoblan- ganligini aniqlash zamr.
Ijro varaqasi bo‘yicha boshqa korxonalar foydasiga ushla- nadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zarami un- dirish va h.k.) to‘g‘riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hi- sohlashuv-to‘lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi va to'liqligi shaxslar bo‘yicha qarzlaming ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o'tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shart- nomalar mavjuddigi. ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tas- diqlanishi. ulaming xususiyatlari. ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliya- lashtirish manbalarini aniqlashning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o'qitish, malaka oshirish bilan bog‘liq va ish- lab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo'lsa, O‘quv uchun to'lovlar xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tan- narxga qo'shihshi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblami debitor qarz summasi katta bo'lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko'rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar, birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida o'tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni undtrish bo'yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi ma'lumotlami umumlashtiradi va 4800, 6900 schyotlar bo'yicha hisob hamda hisobot ma'lumotlarining is- honchliligi. hisobni yuritish to‘g‘riligini baholaydi.


    1. Yüklə 2,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin