Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Internetdagi gadoychilik 
Internetda qandaydir gumanitar jamoat tashkiloti, bolalar uyi yoki yetimxona 
nomidan muxtoj yoxud kasal bolalarga moddiy yordam ko’rsatishni so’rash 
bo’yicha iltimoslar paydo bo’lishi ham mumkin. Firibgarlar darhol bunday 
saytlarga aynan o’xshash saytlar yaratib, ularning pul o’tkazish uchun zarur 
bo’lgan rekvizitlarini boshqacharoq qilib qo’yadilar. Shuning uchun, agar Internet 
orqali yordam puli o’tkazmoqchi bo’lsangiz, eng avvalo erinmay ko’rsatilgan 
tashkilotlarga boring yoki ularga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, ularning aniq 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so’nggina 
pul o’tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan 
moliyaviy mablag’laringiz firibgarlarning qo’liga tushib qolishi mumkin. 
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar 
Real xayotda o’z turmush o’rtog’ini topa olmaganlar bu ishni virtual 
dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo’lg’usi qalliqlarning 
rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi. 
Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning rasmlarini saytlarga 
joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu «
qizlar
» 
nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa 
tushib, go’zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan 
so’ng, «
qizlar
» turli iltimoslarini boshlaydilar: kasal ota-onamga yordam bering
kredit to’lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga uchib borish uchun 
biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So’ralgan pul 
olinganidan so’ng, «
qalliqlar
» aloqaga chiqmay qo’yadilar. Aldanganliklarini bilib 
qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so’rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni 
ham aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «
qalliqlar
» bilan 
ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o’zlari kelishlarini so’rashlari 
mumkin bo’ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchalik yoqimli emas, albatta. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin