Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
haqqoniyroq ishtirokini ta’minlaydigan uskunalarningyangi avlodlarida virtual
dunyoni aks ettirishning realligini yanada oshirishni ta’minlash kerak
bo‘ladi.Shubhasizki, raqamli iqtisodiyot robototexnika
bilan ham chambarchas
bog‘liq. Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta
muhokama qilingan, lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik
bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy
funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning
bajarish tezligini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat
kompaniyalari yig‘uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu
inson omilining ahamiyatini pasaytirish va ishga minimal
sondagi odamlarni jalb
qilishga imkon beradi.Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni
qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratadi vaodamlarga
amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz mahsulot
ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi, xolos.Germaniyada
hattoki
4.0.Industriya
atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, uavtomatlar ishlab chiqarish
jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Interneti,
sun’iy intellekt va
3D
-bosmaning uyg‘unlashuvihozirgi paytda krossovkadan
tortibavtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq
mexanizatsiyalashgan
fabrikalar
qurishga
imkon
bermoqda.
3D
-bosma
qurilishsiba’zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib
yuborishi
mumkin bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan ham
mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan
3D
-printerlarning juda ko‘p miqdorda
yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi,
chunkiko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va
Dostları ilə paylaş: