Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’rilmagan
darajada
kengaytiradi.Bu
texnologiyalar
tovarlar
bilan
ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun
ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (
va boshqa tana a’zolariga
)
yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir
supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan,
ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan
ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar.
Hech kim har bir molning biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan
bifshteks pishiramiz, lekin uning «
ishonchli
» ekanligini tekshirish uchun esa
qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga ko‘z yumish ham mumkin –
axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin
ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik
uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning
raqamini, balki istiqbolda jonivorning
DNK
ga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht
parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari
foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish
imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni
DNK
asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (
lekin qo‘llash oson
bo‘lgan
) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar
bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu
axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda
sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi.
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir.
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha
o‘zgartirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: