MOBIL TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI YARATISH
Karimova Charos Abduxalim qizi Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti E-mail:
bcharos2020@gmail.com
Tangirov Xurram Ergashevich Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi E-mail:
xurramtangirov@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada mobil texnologiyalari asosida elektron ta’lim resurslarini yaratish haqida keng ma’lumot keltirilgan bo‘lib, mobil ta’lim, mobil ta’limning imkoniyatlari, qulayliklari yoritilgan. Jahon tendensiyalari tahlili ta’lim jarayonida turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun mobil texnologiyalardan foydalanishning ulkan hayotiy ahamiyatga ega ekanligini namoyish etmoqda. Shuningdek, maqolada mobil texnologiyalariga asoslangan elektron ta’lim resurslarini
yaratish texnologiyasi, mobil kitoblarni yaratuvchi dasturlar, mobil qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning bir necha yo‘llari ham keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Mobil ta’lim, mobil qurilmalar,
mobil texnologiyalar, Axborot komunikatsiya texnologiyalri, dars jarayoni, bilim, ko‘nikma, ta’limiy
maqsadlar, sayt, resurs, multimedia vositalari,smatfon, planshet.
Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidadir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tadbiq etishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, shuningdek, global Internet tarmog‘ida mavjud ko‘p hajmli axborot oqimidan zaruriy ma’lumotlarni ajrata olish, ilmiy yangiliklarni tezda o‘zlashtira olish qobiliyati, boy tajriba va mahoratiga ega bo‘lgan kadrlargina ega bo‘ladilar.
Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojatida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligini taʼkidlagan edi. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga
ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.