Mobil texnologiyalari asosida elektron ta’lim resurslari yaratish



Yüklə 14,75 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü14,75 Kb.
#165114
1   2   3
867-Текст статьи-2058-1-10-20210324

Mobil ta'lim - bu ixcham, ko‘chma, mobil qurilmalar va texnologiyalar orqali muntazam ravishda olib boriladigan faoliyat bo‘lib, ta’lim oluvchilarga axborot olish yoki yaratish, muloqot qilish orqali ta’lim jarayonini yanada samarali bo‘lishiga imkon beradi.
Mobil ta'lim - bu har qanday formatdagi ma'lumotlarni shaxsiy mobil qurilmalarga qabul qilib olish yoki taqdim etish imkoniyatidir.
Mobil ta’lim – bu vaqt va makondan qat’iy nazar mobil texnologiyalar orqali ta’lim olish imkoniyatidir.
Mobil ta’lim olish amaliyotining kundan – kunga ommalashuvi va rivojlanib borishi uning qator quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligida desak, xato qilmaymiz:

  • mobil ta’limda makon va vaqt tushunchalarining ahamiyati yo‘q. Ya’ni mobil ta’lim bu – mobil qurilmalari orqali istalgan joyda va istalgan vaqtda ta’lim olish imkoniyatidir;

  • mobil texnologiyalaridan ta’limiy maqsadlarda foydalanish talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshiruvchi noyob vosita hisoblanadi;

  • mobil ta’lim – bu o‘quv materiallarini kichik ekranlar ichiga shunchaki joylashtirish emas, balki innovatsion ta’lim shakllari va usullarini joriy etish yo‘lidir;

  • mobil ta’lim o‘zida geymifikatsiya elementlarini mujassamlashtiradi;

  • mobil ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarning almashinuvi jadal tarzda kechadi;

  • mobil qurilmalarning moslashuvchanligi ta’lim oluvchilarning har biriga individual yondashuvni saqlab qolgan holda, bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli ta’lim oluvchilarning bilim darajasi va materiallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish imkoniyatini taqdim etadi;

  • mobil ta’lim multimediyali xilma – xillikdagi o‘quv materiallarini jamlaydi va vizual tarzda taqdim etadi;

  • mobil ta’lim professional va AKT sohasida ko‘nikmalarni rivojlantirish va malaka oshirishning noyob vositasi hisoblanadi.

O‘qituvchi ta’limning an’anaviy kunduzgi shaklidagi dars mashg‘ulotlarini loyihalashtirishda mobil texnologiyalardan foydalanish jarayoniga turlicha yondashishi mumkin. O‘quv jarayonida mobil qurilmalardan foydalanish usullarini quyidagicha guruhlashtirishgan: multimediyali o‘quv – web resurslar (audio fayllar, videofilmlar, grafika, xarita va tasvirlar)ni namoyish etish uchun; o‘quv saytlari, resurslar, ma'lumotnomalar, lug‘atlarga tezkor kirishni ta'minlash; ta’lim jarayonidagi muloqotni ta’minlash uchun (SMS xabarlar, twitter, telegram, web seminarlar va boshqalar).
Yu.Shishkovskaya mobil qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning bir necha yo‘li haqida gapirganda quyidagilarni sanab o‘tgan:
Birinchidan, mustaqil ta’lim olish. Mobil ta’lim texnologiyalari asosida quyidagi umumpedagogik tamoyillar: materiallardan foydalanishning qulayligi va soddaligi, interaktivlik hamda o‘z o‘zini boshqarish va o‘zini o‘zi baholash imkonini beruvchi maxsus ilovalar yotganligi uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
Ikkinchidan, m-learning g‘oyalari maktablarda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida an'anaviy o‘quv jarayonida ham birdek qo‘llanilishi mumkin.
Uchinchidan, mobil ta’lim masofaviy yoki korporativ o‘quv kurslariga samarali to‘ldiruvchi vazifasini o‘tashi mumkin.
Ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy etish quyidagi qator afzalliklarga ega: ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda o‘qish, o‘rganish mumkin (Mobillik); o‘quv materiallarni turli ko‘rinishda, audio, video, rasm, grafika kabi multimedik imkoniyatlarga to‘la vizual tarzda taqdim etish imkoniyati (Multimediyali); mobil ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida amalga oshiriladi (Geymifikatsion xarakterga egaligi); ishtirok etishni nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi (Ishtirokni monitoring qilish); ta’lim jarayonining ruhlantiruvchi(motivatsion) xarakterga egaligi; ta’lim oluvchilarning bilim darajasini bir xil nazorat qilish; o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish; ta’lim oluvchilarning shaxsiy psixologik va
fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, individual yondashishda mobil qurilmalarning moslashuvchanligi (Individual yondashuv).
Bundan tashqari:

  • og‘ir kitoblarni o‘zingiz bilan olib yurishga hojat qolmaydi. Barcha zarur darsliklar, kitoblar va qo‘llanmalar istalgan vaqtda qo‘lingizda bo‘ladi;

  • mobil kitoblar yo‘qolib qolmaydi, yirtilmaydi va eskirmaydi;

  • mobil darsliklar foydalanish uchun juda qulay bo‘lib, ulardan foydalanganda sozlamalarni o‘zingizga mos holda o‘rnatishingiz mumkin, ya’ni matnni kattaroq shriftda ko‘rish, rasmlarni kattalashtirish, kerakli joylarda xatcho‘plar o‘rnatish, mutolaani kelgan joydan davom ettirish va hokazolar;

  • mobil darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavzuni mustaqil o‘rganish va bilimlarni mustahkamlashda ko‘maklashish kabi imkoniyatlari bor.

Bu turdagi mobil kitoblarni yaratib beruvchi texnologiyalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • Android Book App Maker;

  • Flip PDF Professional;

  • Book Creator;

  • «Go Dev» guruhi tomonidan taqdim etiluvchi onlayn servis http://www.goforandroid.com/ebook/ va h.k.

Mobil ta’lim uchun quyidagi mobil aloqa muhiti va qurilmalaridan foydalanish mumkin:

  • Smartfonlar, ayfonlar, planshetlar;

  • mp4 playerlar, Netkitoblar, GPS-navigatorlar va h.k;

  • Portativ komyuterlar (noutbuklar, netbuklar).

Xulosa qilib aytganda, an’anaviy ta’lim amaliyotchilari tomonidan ta’lim jarayonida smartfon, planshet va shu kabi mobil qurilmalardan foydalanish ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, ularning diqqat e’tiborini darsdan butunlay chalg‘itishi haqida ko‘p bora ta’kidlangan. Lekin XXI asrga kelib, aksincha, texnologiyaning o‘sib borishi va rivojlanishi o‘qituvchilarga qachonlardir chalg‘ituvchi deya talqin qilingan qurilmalarning afzalliklaridan foydalanib, yangi va innovatsion uslubda ilmiy yutuqlarga erishishdek noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Shu o‘rinda aytish joizki, endilikda, o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarning e'tiborini jalb qilish uchun doimo kurashishlariga to‘g‘ri kelmaydi, ta’lim jarayonida mobil texnologiyalardan foydalanish orqali, ularning ishtirokini avtomatik ravishda rag‘batlantiradigan, ta’lim olishga va har doim o‘z ustida ishlashga undovchi yangi ta'lim muhiti yaratiladi. Ko‘pchilik amaliyotchilar va soha mutaxassislari kelgusida mobil ta’limning ta’lim-tarbiya sohasida yangi standartga aylanishiga, trend darajasiga ko‘tarilishiga ishonishmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkunki, mobil texnologiyalarga asoslangan o‘quv resurlaridan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil qilish , mobil texnologiyalardan unumli foydalanish va eng asosiysi o‘quvchining fanga bo‘lgan qiziqishini orttirib, fanni yanada chuqurroq o‘zlashtirib, o‘zini-o‘zi va hattoki ota-onalar farzandining fanni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish imkonini beradi.



Yüklə 14,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin