Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan  foydalanadi. Avvalroq  Hollywood Stock Exchange, Intrade



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Augur
bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan 
foydalanadi. Avvalroq 
Hollywood Stock Exchange, Intrade
va 
HedgeStreet
(
endi 
Nadex
) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham 
bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish 
bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, 
majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. 
Augur
platformasida hakamlar «
referi
» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning 
nufuzi bilan belgilanadi. «
To‘g‘ri xulq-atvor uchun
» - ya’ni ro‘y bergan voqea
saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda 
axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: 
foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar 
tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. 
Augur
ta’kidlashicha, 
«bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar 
bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, 
ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. 
Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». 
Augur
huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, 
noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy 
hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: 
«
IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi
?» Hozir korporativ 
foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining 
o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «
Omma donishmandligi
»dan foydalanib, biz 
kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. 
Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun 
hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni 
ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat 
qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat 
o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar 
bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin 
va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari 
kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma 
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga 
qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin 
baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn 
texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan 
tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va 
funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning 
jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq 
ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik 
ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq
piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga 
kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning 
buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning 
o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib 
turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli 
kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. 
Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, 
yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf 
qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam 
o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan 
infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini 
o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning 
pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb 
qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish 
muammosi ustida ishlamoqda. 
Google
dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va 
tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga 
kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. 
Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir 
vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, 
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum 
qilmagan holda yoki taxallus ostida (
o‘ylab topilgan nom ostida - anonim
) yoki 
soxta-anonim (
qisman anonim
) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab 
kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil 
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq 
savollar (
ha/yo‘q
) berishni o‘rganishi lozim: 
«Siz odammisiz?», «Amaliy 
matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ 
dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» 
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma 
harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini 
tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga 
solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. 
Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas
majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz 
bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, 
guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi 
odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan 
ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid 
solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. 
Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida 
munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga 
aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan 
yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. 
Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z 
sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. 
Consensys (
kelishuv
), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham 
turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar 
boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni 
belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi 
blokcheynda bajariladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin