Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

InnoCentive
o‘rniga nafaqat foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potentsial 
yo’llovchilar haqida ularga mos keladigan va tog‘ri bo’lgan qo‘shimcha 
axborotlardan 
iborat bo‘lgan mobil rezyumeni ham shakllantiradigan 
blokcheynnitasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir 
paytda barchaniki sanalgan ko‘nikmalar taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur 
qiling.Endilikda blokcheyn texnologiyasi va ochiq boshlang‘ich kodlar 
kutubxonasi birgalikda har qanday kompaniya uchun yangi biznes qiymatlari 
yaratish, innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish uchun makon taqdim 
etishi mumkin.Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari blokcheynlar asosida 
bunday faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga 
kiritilgan
Ethereum 
blokcheynikabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash 
tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.Turli tarmoqlar ishlab chiqarishga katta 
e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlash, ularning loyihasini ishlab 
chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning rivojlanishini 
rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarishning yangi 
bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu yerda asosiy masala 
va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan iboratdir. Zamonaviy 
samolyotlar «
saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar jamlanmasi
» deb atalishi 
kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish 
tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadidahuddi blokcheyn kabi, 
3D
-bosma 
texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez 
orada axborot egalari va huquq egalari inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy 
kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi metama’lumotlarni blokcheynda 
saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab chiqarish chegaralarini misli 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ko’rilmagan 
darajada 
kengaytiradi.Bu 
texnologiyalar 
tovarlar 
bilan 
ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun 
ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (
va boshqa tana a’zolariga

yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir 
supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan, 
ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan 
ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. 
Hech kim har bir molning biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan 
bifshteks pishiramiz, lekin uning «
ishonchli
» ekanligini tekshirish uchun esa 
qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga ko‘z yumish ham mumkin – 
axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin 
ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik 
uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning 
raqamini, balki istiqbolda jonivorning 
DNK
ga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht 
parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari 
foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish 
imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni 
DNK
asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (
lekin qo‘llash oson 
bo‘lgan
) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar 
bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu 
axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda 
sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi 
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. 
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va 
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot 
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon 
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik 
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha 
o‘zgartirib yuboradi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin