Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
1.3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos 
vazifalari 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari barqaror iqtisodiy 
o’sishni ta’minlash orqali aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. 
Aholining ish bilan bandligini va turmush farovonligini oshirishda kichik biznes 
hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bunga 
sabab kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida quyidagi 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal qilinadi: -birinchidan, ichki bozorni zarur 
tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o’zgartirishning, 
yangi ish o’rinlarini yaratishning, aholining bandligini va daromadlarini 
oshirishning muhim omili va manbai bo’lib xizmat qilish; -ikkinchidan, o’zining 


13 
harakatchanligi, bozor konyunkturasi o’zgarishlariga moslashuvchanligi va kam 
sarmoya talab qilish hisobiga ishlab chiqarishni tez modernizatsiya qilish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarini yangilash; - 
uchinchidan, mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirish asosida mamlakatda ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga erishish. Shu boisdan 
mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini 
yaratish, ular huquqini himoya qilish borasida qonunchilikni mustahkamlash, 
bozor infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. 
Biznesni ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek, 
faoliyatning alohida turlari bilan shug’ullanish huquqini beradigan litsenziya va 
ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirilib, tartibga solindi. Belgilangan 
soliq stavkasi miqdori sezilarli darajada kamaytirildi, ayrim jarima turlari butunlay 
bekor qilindi. Biznes sohasiga davlatning aralashuvini cheklashga qaratilgan ishlar 
davom etmoqda, biznes sub’ektlariga nisbatan har qanday sanktsiya faqat sud 
qarori bo’yicha qo’llanishi ustidan monitoring olib borilmoqda. Moliya, soliq va 
statistika hisobotlarining barcha shakl hamda muddatlari keskin qisqartirildi. 
Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilinib, kamaytirildi. Tadbirkorlarga avvalo, 
kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo’lgan moddiy 
resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi 
shakllandi. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun 
etarli darajada qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsada, lekin 
iqtisodiyotda hali ham uning ulushi dunyoning rivojlangan mamlakatlari darajasi 
miqdoridan past bo’lib, bu sohada echimini kutayotgan tashkiliy, iqtisodiy, 
huquqiy va ijtimoiy muammolar talaygina. 
Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-
quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani jiddiy 
muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani 
tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi 
iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda. 


14 
Shu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilanish dasturini 
shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi 
avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga 
ega. Buning uchun O’zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni 
modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy g’oya, milliy dastur kerak. 2018 yil 
faol tadbirkorlikni rivojlantirish e’tibor markazida bo’ladi. Bu sohani qo’llab-
quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo’lidagi to’siq va 
g’ovlarni bartaraf etish bo’yicha zarur choralar ko’riladi. 
Ayrim korxonalarga imtiyozlar berilgani erkin raqobat muhiti bo’g’ilishiga 
olib keldi. Endi bunday amaliyotdan voz kechiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
teng va halol raqobat muhitini yaratish maqsadida “Mamlakat oziq-ovqat 
xavfsizligini yanada samarali ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmon 
loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi. 
Bojxona tartib-taomillarining murakkabligi tadbirkorlikka to’sqinlik 
qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobotiga ko’ra, 
eksport-import hujjatlarini rasmiylash-tirish bo’yicha O’zbekiston 190 davlat 
orasida 175-o’rinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 
soat kifoya qilsa, O’zbekistonda 1 oy muddat sarflanadi. Shu munosabat bilan 
kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko’rigida xavf-
xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni 
“yashil” va “qizil” yo’laklar orqali o’tkazish joriy etiladi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan 
ahamiyatga ega. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari 
o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash 
masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 
O’zbekistonda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayoni 
boshlandi. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga 
to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim. 


15 
2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz 
kechiladi. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi 
uchun byudjet barqaror bo’lishi kerak. 
O’zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida 
bo’lgan investorlar uchun mamlakatimizni jozibali qilish maqsadida soliq tizimi 
takomillashtiriladi. Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va 
qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani 
kengaytirish zarur. Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz 
kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo’llash amaliyotiga 
o’tiladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin