Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


26 
2-BOB. BIZNESNI TADQIQ ETISHNI TASHKIL QILISH 
2.1. Biznes tadqiqotlari ilmiy va amaliy yondashuvlar 
Marketing – ayirboshlash yuli bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga 
yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro 
manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun 
birlashtirishdir. Marketing bu tovar harakatlarining barcha bosqichlarini o’z ichiga 
oluvchi, talab taklifni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish 
va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar ko’rsatish va 
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor 
muammolarini echishda yaxlit tizimli (kompleks – sistemali) yondashishdir. 
Marketing tadqiqotlarining yalpi marketing faoliyatini tashkil etishda, uni 
boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim ahamiyatga ega bulishi – 
zamonaviy marketing nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon 
bo’lmoqda. Marketing tadqiqotlarinig yuqori darajada tashkil etilishi, ularning 
kulami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig’indisi, 
bevosita korxona va tashkilotlarning marketing strategiyasini belgilashda, amalga 
oshirishda, dastlabki bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi. Iste’mol bozori tobora 
yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi 
imkoniyatlarni 
aniqlash 
va 
ulardan 
oqilona 
foydalanishda 
marketing 
tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormokda. Marketing tadqiqoti predmeti 
sifatida tadqiqotlar olib borish marketing faoliyatinin barcha jabxalarini uz ichiga 
oladi va ular bo’yicha qarorlar kabul qilish bilan bog’liqdir. Ular marketing 
kompelksi va uning tashki muxit unsurlariga xam tegishlidir. Marketing 
tadqiqotlarining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: 
1. Bozorni va sotishni tadqiq qilish:
a) bozor sig’imini baholash;
b) bozor va uning segmentlari xarakteristikasini aniqlash;
v) bozordagi o’zgarishlar tendentsiyasini tahlil qilish;
g) sotish xajmini istiqbollash;
d) mavjud va mumkin bo’lgan iste’molchilar to’g’risida axborot olish;


27 
e) iste’molchilar talabini o’rganish;
j) raqobatchilar to’g’risida axborot olish. 
2. Mahsulotni tadqiq qilish:
a) yangi mahsulot to’g’risidagi goyalarni tuplash;
b) mahsulot haqida test utkazish;
v) xar xil kadoklash turlarini sinab ko’rish va tadqiq qilish.
3.Bahoni tadqiq qilish:
a) mahsulot bahosi bilan unga bo’lgan talab o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tadqiq 
qilish;
b) mahsulot hayotiylik davrining turli bosqichlari uchun baho siyosatini 
istiqbollash.
4. Mahsulot harakatini tadqiq qilish:
a) reklama faoliyati samaradorligini tadqiq qilish;
b) turli ommaviy axborot vositalari samaradorligini tadqiq qilish;
v) reklamaning turli variantlarini sinab kurish;
g) mahsulot harakati turli usullari va vositalarini kompleks solishtirma tahlil qilish.
5. Mahsulotni xaridorlarga etkazish:
a) omborlar joylashishini tadqiq qilish;
b) chakana savdo nuqtalari joylashishini tadqiq qilish;
v) servis xizmati joylashishini tadqiq qilish.
Marketing tadqiqotlari utkazishda chet el firma va kompaniyalari katta 
mablaglar sarflaydi. Masalan, AKShda yillik sotish xajmi 25 mln. dollar bo’lgan 
kompaniyalar uz marketing byudjetlarining 3,5 foizga yakinini marketing 
tadqiqotlariga sarflaydi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab 
chiqarish vositalari etkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko’proq 
mablag’ sarflaydilar. Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir 
qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining 
asosi deb kabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar 
aniqlanadi: bozorga kiritilayotgan yoki unda 
mavjud bo’lgan mahsulotning 
mumkin bo’lgan sotish miqdori; tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa 


28 

xarakteristikalarining o’zgarishi tendentsiyasi; 

yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, uzini tutishi
daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash; assortimentni 
rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini 
aniqlash;

mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sigimidagi ulushi 
(xududlar va segmentlar bo’yicha ham);

firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni. 
Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli 
xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining 
mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha kimmatga tushadi, lekin 
firmalar bozorni iloji boricha tezrok uzlashtirish maqsadida xarajatlardan 
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bulishini 
oldini olish uchun karshi choralar kuradilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniksa, 
uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing kontseptsiyasini 
asoslash uchun kabul kilingandan sung tovarni sinovli sotishni tashkil qilish 
boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali urnini 
aniqlovchi o’ziga xos omillarni o’rganishdir. Bozorni marketing nuqtai nazaridan 
o’rganish uz oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish 
imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar 
va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda 
olishni maqsad qilib kuyadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chukur 
marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan 
tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chikadigan tovarlarning bozor 
va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning 
yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin