3-rasm. Bashoratlashning miqdoriy uslublarini turkumlanishi Sifatiy uslublar shu soha mutaxassis va ekspertlarning fikrini bilish orkali
kelajakni, masalan kichik biznes sub’ektlarining ochilish soni, rivojlanish
tendentsiyalariga tashhis qo’ysa, mikdoriy uslublar kichik biznes rivojlanish
tendentsiyalarini to’g’ridan- to’g’ri matematik uslublar orqali ko’rib chiqadi (2.1.3-
rasm).
KB faoliyatini tahlil qilishda ekonometrik uslubning taqsimot qonunlari va
katta sonlar qonunlari alohida ahamiyatga ega. Taqsimot qo-nunlari KB ni
mikdoriy (son) jihatdan o’rganishda va bashoratlash ishla-rini olib borishda katta
rol o’ynaydi. Bizga ma’lumki, taqsimotning Binominal, Puasson, darajali,
geometrik, gipergeometrik
5
, tekis, normal taqsimot, Styudent, Fisher-Sinekord, χ-
kvadrat
6
, gamma, Veybull
7
taqsimot qonunlari mavjud.
Taqsimot qonunlari yordamida KB ni bashoratlash, uning rivojlani-shiga ta’sir
etuvchi omillar va mezonlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda mamlakatda yoki
uning mintaqalarida KB ni rivojlanishini bashoratlash istiqbollarini ishlab chiqish
dolzarb masalalardan biridir. Bunday mezon-lar qatoriga dastlab asosiy vositalar
bilan ta’minlanganlik tahlili, pul mablag’lari va foyda bo’yicha taqsimotlarni
kiritish mumkin. Bunday diskret yoki uzluksiz tasodifiy miqdor taqsimoti orqali
nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish iqtisodiyotda katta rol o’ynaydi.
5
В.Е.Гмурман. Эхтимоллар назарияси ва математик статистика.Тошкент.Укитувчи.2013.
6
Н.Ш.Кремер «Теория вероятностей и математическая статистика». Москва. «Юнити» 2016 г 100-140 бетлар. Е.В.
Шикин, А.Г. Чхартишвили «Математические методы и модели в управлении». Москва. «Дело». 2013г. Стр. 304-307.
7
Douglas C. Montgomery “Introduction to Statistical quality control”. “John Willey and Sons”. USA 2016. p.40.