Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
Qisqacha xulosalar 
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng 
o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, 
ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va 
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda 
muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin 
egallaydi. Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu – 
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov 
o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va 
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta 
ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs 
eng ko’p qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli 
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan 
samarali foydalanishni nazarda tutadi.
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Biznes tadqiqotlari asosan qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi?
2. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilashda qanday omillarni inobatga 
olish zarur?
3. Firmalarning marketing strategiyasiga ko’ra qanday yo’nalishdagi 
tadqiqotlarni uyushtirish lozim.
4. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlari qanday belgilariga ko’ra turkumlanadi?
5. Biznes tadqiqotlarida qo’llaniladigan uslublar nimalardan iborat? 


39 
3-BOB. BIZNESNI TADQIQ ETISh USULLARINI TANLASh 
 
3.1. Biznes tadqiqot jarayonlarini modellashtirish usullari 
Katta sonlar qonuni va biznesning taqsimot ehtimollari. Haqiqatdan ham 
kichik biznes hammani qiziqtiradigan soha, iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, 
YaIMning asosiy qismini tashkil etuvchi bo’lganligi sababli bozor iqtisodiyoti 
sharoitida barcha rivoj-langan va rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishning 
«lokomotivi» bo’lib maydonga chiqadi. Kichik biznes sub’ektlari harakatining har 
tomonlama qulayligi, serqirraligi tufayli tez o’zgaruvchan, noaniq, nobarqaror 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ularda «suv yuzida qalqib turish imkoniyati» nisbatan 
yuqoriroqdir.
Mamlakatning hududiy, demografik va boshqa o’ziga xos xususiyat-larini 
e’tiborga olgan holda, kichik biznesni rivojlantirishga viloyat yoki xudud bo’yicha 
yondoshish maqsadga muvofiq. Kichik biznes rivojlanishini tashkil etish 
istiqbollarini bashorat qilish va shu asosda mintaqalarda kichik biznes 
rivojlanishini boshqarishda ko’p jihatdan xudud bo’yicha ilmiy asoslangan 
iqtisodiy-matematik va ekonometrik modellarning roli nihoyatda katta. 
Ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida ularning faoliyati, 
rivojlanishi bashorat qilinadi va shu asosda kichik biznes hududiy darajada 
boshqariladi, tartibga solinadi. Bashoratlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, 
ular quyidagicha turkumlanadi
1
(2.1.1-rasmga qarang). 
Bundan tashqari, professor S.A.Sarkisyan bashoratlashni to’rt pog’o-nali 
tasnifini keltirib o’tadi:
2
1-pog’onada: faktografik, aralash va ekspert; 2-pog’onada: 
statistik, analogik, oldinlovchi, to’g’ri, teskari bog’-lanishli; 3-pog’onada: 
ekstrapolyatsiya va interpolyatsiya, regressiya va korrel-yatsiya, omilli modellar, 
matematik analogiya, tarixiy analogiya, ITT ni tadqiq qilish, texnika darajasini 
tadqiq etish, so’rov, tahlil, g’oyalarni generatsiyalash, o’yin modellari; 4-
pog’onada esa 3-pog’onadagi har bir basho-ratlash usuliga mansub 30 tadan ortiq 
usullar tasnifi keltirib o’tiladi. 
1
Е.В. Шикин, А.Г. Чхартишвили «Математические методы и модели в управлении». М.: Дело. 2015 г. стр. 190-208. 
2
Теория прогнозирования и принятия решений.под.редак.проф.С.А.Саркисяна. М.:Высшая школа, 2014.стр.76-82. 


40 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin