Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Strategik tahlil kichik biznes sub’ektining imkoniyatlari va tavak-
kalchiliklari, kuchli va zaif tamonlarini aniqlashga yo’naltiriladi. 
Tezkor tahlil esa kichik biznes sub’ekti faoliyati natijalarini ba-holash uchun 
yo’naltiriladi. U resurslarni boshqarishda samarali vosita bo’lib xizmat qiladi, 
harajatlarni optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

kichik biznes sub’ekti faoliyati natijalari tahlili;

ishlab chiqarish harajatlari tahlili; 

mahsulot tahlili 
KB faoliyatini to’liq aks ettiradigan yagona ko’rsatkichni topish mumkin 
emas va hatto foyda ham buni to’la ifodalamaydi.
Shu sababli ko’rsatkichlar tizimidan foydalanamiz: foyda, etkazib berilgan 
tovar va xizmatlar hajmi, tannarx, moddiy harajatlar, mehnatga haq to’lash 
jamg’armasi, xodimlar soni va hokazo.
12
Ю.М. Осипов. Основы предпринимательского дела. Москва, 2015. стр. 111 


47 
KB sub’ektlari faoliyatini baholashning eng oddiy usuli haqiqiy 
rejalashtirilgan (biznes rejadagi) ko’rsatkichlarni taqqoslashdir. Ko’rsatkichlarni 
bunday taqqoslash KB sub’ekti faoliyatining samaradorligi (nosamaradorligi) 
to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi. 
KB faoliyatini samaradorligini baholashning nisbatan murakkab usuli 
harajatlar va yakuniy natijalar o’rtasidagi bog’lanish darajasini baholashdan iborat 
bo’lib, u maxsus ishlab chiqilgan matematik vosita-ko’p omilli ishlab chiqarish 
funktsiyasini qurishni talab qiladi. 
KB sub’ektining samaradorligini harajatlar va yakuniy natijalar nuqtai 
nazaridan qaraganda avvalo harajatlarni va natijalarni baholash (ishlab chiqarish 
harajatlari), keyin esa tashqi muhitda (texnika taraqqiyoti, tovarning hayotiy tsikli, 
bozordagi sub’ektlar harakati va h.k) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur. 
Demak, KB sub’ekti faoliyatining yakuniy natijalariga ichki tashkiliy-
iqtisodiy va tashqi, bozor omillari ta’sir etadi. Ma’lumki, har kanday sub’ekt kabi 
KB sub’ekti samaradorligi quyidagicha topiladi, ya’ni sotilgan mahsulot (xizmat) 
qiymatining mahsulot (xizmat) ishlab chiqarishga ketgan harajatlarga nisbatidir.
Sotilgan mahsulot (xizmat) qiymati 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin