Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
4.3. Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublari 
Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublarini ishlab chiqishda 
quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: Birinchidan, baholash natijalari 
korxonaning barcha faoliyatlari natijadorligini qamrab olishi va uni namoyon etishi 


70 
lozim; Ikkinchidan, raqobatbardosh-likni baholashda baholanayotgan ob’ektining 
barcha 
xususiyatlarini 
o’zida mujassam etilishi lozim; Uchinchidan, 
raqobatbardoshlikni baholash bo’yicha aniq uslubiyotlarni shakllantirishda 
ma’lumotlar bazasi imkoniyatlarini hisobga olish lozim; To’rtinchidan, 
raqobatbardoshlikni baholash natijalarini tahlil etishda kompyuter dasturiy 
mahsulotlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hozirgi axborotlashtirilgan 
iqtisodiyot uchun o’ta muhim hisoblanadi va shunga muvofiq uning dasturiy 
tizimini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Korxona raqobatbardoshligini 
baholashning operatsion samaradorligi, innovatsion faoliyati va bozor ulushiga 
ko’ra aniqlash metodikasini korxona faoliyati samaradorlik darajasi, innovatsion 
faoliyati va bozor muhitiga moslash darajasini integral ko’rsatkichlarini baholash 
orqali amalga oshiriladi. Korxonaning umumiy raqobatbardoshlik holatini 
tavsiflovchi indeks ko’rsatkichni K deb belgilab, uning operatsion faoliyati -Ko, 
innovatsion faoliyati - Ki, bozor muhitiga moslashish koeffitsientini -Kmlarni
alohida hisoblash orqali topiladi va quyidagi formula taklif etiladi.
= √ o ∗ i ∗ m
K- Korxona raqobatbardoshlik darajasining kritik bahosi;
o- Korxonaning 
operatsion samaradorlik koeffitsienti;
i- Korxonaning innovatsion faoliyati 
koeffitsienti; 
m- Korxonaning bozor muhitiga moslashish koeffitsienti
Korxonaning operatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali topiladi:
= Z
R- Korxonani operatsion faoliyati samaradorligi; V- Korxonaning mahsulot 
sotishdan tushgan tushumi; Z- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari; 
Korxonaning tanlangan faoliyati bo’yicha operatsion faoliyati samaradorligi 
quyidagi formula orqali topiladi:
∑ = ∑ Z∑
∑ - korxonani tanlangan guruh bo’yicha operatsiyalar samaradorligi; ∑ - 
korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi daromadalari (mahsulot 
sotishdan tushgan tushum); Z∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati 
samaradorligi xarajatlari; Tanlangan guruh deganda, korxona bilan taqqoslash 


71 
uchun zarur va etarli hisoblangan omillar majmui tushuniladi. Bu holatda ko’rib 
chiqilayotgan korxonaning tanlab olingan raqobatchi bilan taqqoslanganda 
alohidalashgan raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlashni nazarda tutadi. 
Tarmoqdagi barcha raqobatlashuvchi korxonalardan iborat bo’lganda esa, korxona 
raqobatbardoshligining tarmoq ko’rsatkichlari bilan belgilash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Yuqoridagi formulalar asosida quyidagilarni topamiz:
KE = R R∑
Bunda KE- Korxonaning operatsion samaradorlik koeffitsienti;
∑ - 
korxonani tanlangan operatsiyalar samaradorligi; R- korxonani operatsion 
samaradorlik ko’rsatkichi; Korxonaning innovatsion faoliyati darajasini (
i) 
quyidagi bosqichlarda aniqlaymiz.
I = Zi Z :Z i 0 Z0 
Bunda, I- korxonaning innovatsion faoliyati darajasi; Zi,Zi0- faoliyatini 
tekshirilayotgan davrlarning boshi va oxiridagi innovatsion faoliyatga qilingan 
xarajatlar yig’indisi; Z,Z0 - korxonaning tekshirilayotgan davrlarga mos keluvchi 
ishlab chiqarish xarajatlari. Korxonaning innovatsion faoliyatining barcha 
ko’rsatkichlarini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi
I∑ = Zi ∑ Z∑ : Zi0 ∑ Z0 ∑
Bunda, I∑- korxonani tanlangan innovatsion faoliyati darajasi; Zi ∑,Zi0 ∑ - 
korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi innovatsion xarajatlari yig’indisi; 
Z∑,Z0 ∑- korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi ishlab chiqarish 
xarajatlari yig’indisi. Yuqoridagi formulalar asosida korxonani innovatsion 
faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali ifoydalaymiz KI = I I∑
Korxonani bozor muhitiga moslashish holatini biz uning bozor ulushiga ko’ra 
aniqlashdan boshlaymiz. Korxonani o’zi faoliyat yuritayotgan bozordagi ulushini 
quyidagi formula orqali ifodalaymiz D = V O Bunda, D – korxonaning 
bozordagi ulushi; V – korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; O- bozor 
xajmi; Korxonaning tanlangan bozor ulushini quyidagi formula orqali topamiz: D∑ 
= V∑ O


72 
D∑- tanlangan korxonaning bozor ulushi; V∑- tanlangan korxonaning 
mahsulot sotishdan tushgan tushumi; Tanlangan korxonani bozor hajmini 
o’zgarishi (∆D∑) –quyidagicha aniqlanadi ∆D = V∑ O :V0 ∑ O0 Bunda, V0 ∑- 
tanlangan korxonani oldingi davrdagi daromadlari Raqobatlashuvchi korxonalar 
va tahlil etilayotgan korxonaning bozor ulushini o’zgarishi munosabatlarini 
quyidagicha ifodalash mumkin: ∆D ∆D∑ = V V0 :V∑ V0 ∑ Daromad 
ko’rsatkichi indeksi o’tgan davrdagi daromadlar va tahlil etilayotgan davrdagi 
daromadlarga nisbati bilan ifodalanadi. Shuning uchun, bozor ulushi jixatidan 
o’zgarish darajasiga ko’ra daromadlar bir xil nisbiy ko’rsatkichlarda o’zgarishi 
lozim. Ushbu ko’rsatkichlar bozor xajmini o’zgarishiga mos holda korxonaning 
daromadlari o’zgarishini nisbiy ko’rsatkichlarini ifodalaydi va uning dinamikasi 
bozorga moslashish holatini o’zida ifoda etadi. Shunday qilib korxonani bozorga 
moslashish indeksi (KA) quyidagi formula orqali ifodalanadi:
KA = ∆V ∆V ∑
Bunda, ∆V= V V0 – tahlil etilayotgan davrga nisbatan korxona daromadlari 
hajmini o’zgarishi indeksi; 
△V ∑= V∑ V0 ∑- tahlil etilayotgan korxonaning 
xuddi shunday ko’rsatkichi; Raqobatbardoshlikni taklif etilgan uslubi uning 
raqobatbardoshlik darajasini baholash va bozor holatiga moslashish strategiyalarini 
shakllantirishga yordam beradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek korxonaning asosiy 
raqobatbardoshlik ko’rsatkichi bozor muhitiga moslash darajasiga boshqa barcha 
omillarning ta’siri o’rganiladi va tegishli strategik maqsadlar belgiladi. Keltirilgan 
modelning hisob ishlarini osonlashtirish maqsadida Excel dasturi yordamida 
barcha formulalarni tegishli jadvalda ifodalab olamiz va Biznes faoliyati 
yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini integral ko’rsatkichlarini 
hisoblash uchun asosiy boshlang’ich ma’lumotlarni shakllantiramiz. Faoliyat 
yuritayotgan korxonalarning asosiysi MChJ shaklidagi kichik korxonalar 
hisoblanganligi va ularning asosiy statistik hisobotlari “1-KB yillik” shakli va 
asosiy hisobot shakllaridan chetga chiqmaslikni nazarda tutgan holda ushbu 
hisobot shaklidan belgilab olingan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Sababi? Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ushbu ma’lumotlar 


73 
orqali viloyatlar, shahar va tumanlar miqyosida korxonalarning umumiy holatiga 
baho berish va asosiy muammolarni aniqlash imkoniyatlari yaratiladi. 
Korxonaning raqobatbardoshligini baholashning bunday usuli umumiy iqtisodiy 
faoliyat samaradorligini qay darajada tashkil etganligini va uning natijalari qay 
holatda o’zgarayotganligiga to’laligicha baho, korxonaning barcha faoliyatlari 
natijasida uning bozordagi faoliyat natijadorligini aniqlab olish imkoniyatlari 
mavjudligi taklif etilayotgan uslubning samarali ekanligidan dalolat beradi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin