Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
 
 
24
Е.В.Шикин, А.Г.Чхартишвили. Математические методы и модели в управлении. М. Дело. 2012.стр. 191. 
25
Н.Ш.Кремер. Теория вероятностей и математическая статистика. Москва. Юнити. 2013.стр. 476-506. 
26
Е.В.Шикин, А.Г.Чщартишвили. Математические методы и модели в управлении. М. Дело. 2010. стр.190 
27
Allen L.W. Applied statistics for business and economics. USA:IRWIN, 2012. 


61 
4-BOB. BIZNESDA RAQOBAT USTUNLIGINI TA’MINLASH 
KONTSEPTSIYASI 
4.1. Biznesda raqobatbardoshligini baholash uslublari 
Biznes bilan shug’ullanayotgan korxonalar faoliyati samaradorligi, bozor 
muhitiga qay darajada moslashishi, unda faoliyat yuritishi bevosita uning 
raqobatbardoshligiga 
bog’liq. Korxonalarning rivojlanishida raqobatning 
ahamiyatini kengroq tushunish uchun raqobat ustunligi omillarini aniqlash va 
ularni tizimli tartibga solish lozim. Biznesda raqobat omillarning tabiati, ta’sir 
darajasi, xarakteri boshqa tarmoqlarga nisbatan turlicha bo’ganligi, uning bozor 
faoliyati samaradorlik ko’rsatkichlarga kompleks ta’sir ko’rsatishini nazarda 
tutilganda tarmoqda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshlik omillarini 
tadqiq etish, ularni tizimli tartiblashning ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirish 
dolzarbdir. 
Korxona raqobatbardoshligini baholashning aniq bir tuzilmaviy shaklini 
ishlab chiqish borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud bo’lib, biroq bu borada 
hali bir to’xtamga kelinmagan. Ilmiy adabiyotlarda korxonalarning ishlab 
chiqarayotgan mahsuloti, faoliyat turi, iqtisodiy faoliyati samaradorligiga yoki 
marketing faoliyatini qay darajada yo’lga quyganligiga ko’ra raqobatbardoshligini 
baholash uslublari keng tarqalgan. Raqobatbardoshlikni baholashning umume’tirof 
etilgan usullarida “mahsulot sifatini oshirish” asosiy omil sifatida ko’riladi
28
, biroq 
uni tahlil qilishda shakllangan ilmiy maktablar tajribalari turlicha hisoblanadi. 
Yaponlar modelida asosiy e’tibor “sifat tizimini yangilash” asosiy omil sifatida 
baholansa, frantsuzlar “marketing faoliyatini” qay darajada tashkil etganligini, 
amerikacha uslublarda esa ko’proq “bozorda etakchilik”ni ta’minlash yoki “bozor 
ulushini 
baholash” 
usullaridan 
foydalanadi. 
Yapon 
modelining 
asosiy
xususiyatlari iste’mol talabiga mahsulotni qay darajada muvofiqligini o’rganishga 
asoslansa, fransuzlar modelida “marketing bo’yicha raqobat” ya’ni korxonaning 
marketing faoliyatiga ishlab chiqarish qay darajada muvofiqligi tekshiriladi. 
Raqobatbardoshlikni baholashning amerikacha modelining asosiy xususiyati esa 
28
John Maurice Clark. 1918, Lawrence Abbott, Columbia University Press: 1955, Michael Spence, 1976. Maurice Stucke, 2013 


62 
korxonaning bozorda egallab turgan mavqei va uning bozor imkoniyatlari 
baholanadi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida esa raqobatbardoshlikning eng 
ishonchli ko’rsatkichi sifatida korxonalarning uzoq vaqt davomidagi mahsuldorligi 
va samaradorligining saqlanib turish qobiliyatiga ko’ra baholash ko’proq 
uchraydi
29
. Raqobatbardoshlikni baholash nazariyalaridan chetlashmagan holda 
mahsulot raqobatbardoshligi bozor sub’ektining raqobatbardoshligining asosini 
tashkil etadi degan fikr mukammal raqobat sharoitida u qadar to’g’ri emasligi ilmiy 
adabiyotlarda keng talqin qilinmoqda
30
. Shuningdek, raqobat nazariyalarida tovar 
raqobatbardoshligi, 
korxona 
raqobatbardoshligi, 
tarmoq 
va 
mintaqa 
raqobatbardoshligi o’zaro bog’liq va bir birini to’ldiruvchi bo’lganligi sababli, 
ularni baholashni o’zaro bog’liq uslublarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda
31

Korxona raqobatbardoshligi kengroq tushuncha sanaladi va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlardan tashqari faoliyatning ko’plab jihatlari: marketing, menejment, 
moliya siyosati, brending imkoniyatlari, kommunikatsiya, transport, logistika 
siyosati va boshqalarni o’z ichiga oladi. Korxonalar raqobatbatbardoshligini tahlil 
qilish davomida xalqaro raqobatbardoshlik umumiy tamoyil va kontseptsiyalarini 
qo’llash etarlicha asoslangan hisoblanishi fikrimizcha, bir mamlakat doirasida 
faoliyat yurituvchi monopol korxonalar uchun muvofiqligini nazarda tutish lozim 
deb hisoblaymiz. Korxona raqobatdoshligiga to’laqonli baho berishga asoslangan 
samarali raqobat nazariyasi usulida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy 
boshqaruv tizimini yaxshi tashkil qilingan korxonaning raqobatdoshlik darajasi 
yuqori hisoblanadi. Metodikada ekspertlarning bosqichma-bosqich taqqoslash usuli 
yordamida aniqlangan raqobatdoshlikning to’rt guruh ko’rsatkichlari yoki 
mezonlariga: korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini belgilovchi samaradorlik, 
korxonaning moliyaviy ahvolini belgilovchi samaradorlik, tovarni sotish va 
bozorda ilgari surishni tashkil qilish samaradorligi va tovarning raqobatdoshligiga
asoslanadi. Korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy funktsiyasi mavjud: 
marketing va innovatsiya ekanligini inobatga olinganda innovatsion faoliyat asosiy 
29
Birhan Getaneh. 2011 . p 11. 
30
Nordas, H. K. World and I, 7(1) 2014. 
31
Lee, Juyoung 2013. Graduate Thses and Dissertations. Paper 13517. 


63 
raqobatbardoshlik omili sifatida ko’rilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz
32

Korxona raqobatbardoshligini uning operatsion samarador-ligi va strategik 
joylashtirish kabi muhim tarkibiy qismlardan iboratligi va uni baholashning asosiy 
omili sifatida tashqi muhim omillariga korxonaning moslashish indekslarini va 
ikkinchi bosqichda strategik joylashtirish omillarini indekslarini hisoblash orqali 
raqobatbardoshlikni baholash usullari kiritilgan. Fikrimizcha, engil sanoat 
korxonalari raqobatbardoshligini baholashni 3 darajada: opertsion faoliyati, 
innovatsion faoliyati va ularni korxonaning bozorga moslashishidagi ta’sirini 
belgilash orqali amalga oshirilsa maqsadga muvofiq. Raqobatbardoshlikni 
baholash bo’yicha keltirilgan usullarning aksariyatida korxona operatsion 
faoliyatlari samaradorligiga asosiy urg’u berilib uning moliyaviy natijalariga 
(asosiy vositalar, aylanma mablag’lar va nomoddiy aktivlar) asoslanilgan. Biroq, 
korxonalar faoliyatining mazmunan bozorda faoliyat yuritilishini nazarda 
tutilganda uning marketing va innovatsion faoliyatlari korxonaga foyda keltiruvchi 
o’ta muhim omillar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan taklif etilayotgan uslubiyot 
korxona raqobatbardoshligi baholashning samarali ekanligini ko’rsatib beradi. 
Korxonaning bosh maqsadi ishlab chiqarish emas, balki bozorda yuqori foyda va 
nufuzga intilish hisoblanadi. Bu maqsadlar esa korxonaning marketing faoliyatini 
ifodalaydi va shunga muvofiq holda ishlab chiqarishni tashkil etadi va uni bozorga 
moslab olib boradi. Korxonaning barcha maqsadlari faqat tovarlar taklifiga 
yo’naltirilganligini hisobga olinganda marketing faoliyati ana shu jarayonlarni 
muvoviqlashturuvchisi ham deyish mumkin. Sababi, ishlab chiqarish, savdo, 
ta’minot, moliya – bularning barchasini ish faoliyati maqsadli bozorga 
yo’naltiriladi va marketing orqaligina o’z natijasini oladi. Demak, korxona 
raqobatbardoshligining yakuniy maqsadi sifatida uning bozorga moslashish 
holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichni qabul qilish maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. 
32
Drucker P.F. 2007, Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction Publishers, New Brunswick, N.J.; London. 


64 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin