Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Biznes faoliyatida marketing axborotlarining asosiy elementlari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
5.4. Biznes faoliyatida marketing axborotlarining asosiy elementlari. 
Marketing tadqiqotlari 
Marketing bo’yicha adabiyotlarda bozorni o’rganish, marketing tadqiqotlari
sotuvjarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko’p uchraydi. Bular bir-biriga 
o’xshash sinonim tushunchalarga o’xshab, gohida ularni chalkashtirib yuborishadi. 
Bular ichida marketing tadqiqotlari juda keng tushuncha bo’lib, u firma marketing 
qarori qabul qilishi uchun axborot yig’ish, uni tizimga solish, tahlil etish 
umumlashtirish asosida marketingqarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini 
asoslashdan iboratdir. Bozorni o’rganish esatizimli vauslubiy jihatdan, joriy 
holatda bozorniizlash, uni o’rganish va unda qandayharakat qilish kerakligini hal 
qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday qaror qabul qilish jarayoni turli 
omillarga, tashqi va ichki ta’sir kuchlariga bog’liq. Marketing faoliyatiqarorlari 
ham juda ko’p axborot manbalarini tahlil qilish asosida qabulqilinadi. Shuning 
uchun marketolog samarali marketing qarorlari qabul qilishi uchun marketingga 
oid terminlarni tub mohiyatini bilishi va har birining maqsadidan kelib chiqqan 
holdatahlillarga asoslanishikerak. 
Har bir marketing tadqiqoti, u iste’molchini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin 
yoki bozorni o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin uning o’ziga xos usullari, izlanish 
sxemasi, axborotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Masalan, iste’molchilar haqidagi 
ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, moliyaviyta’minlanganligi va 
h.k. 
F. Kotler marketing tadqiqotlari o’tkazish usullarining shakllanishini, vaqt 
o’tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar bilan 
amalgaoshirilishini evolyutsiyasini ko’rsatibo’tgan. (1974 yilda) 
Tadqiqot maqsadi – aniqlangandan so’ng tegishli axborotlarni masalan, 
bozorulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar 
haqidama’lumotlar yig’iladi. Har qanday marketingtadqiqotigaijodiy yondoshish 


87 
kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har birko’rsatkich bir-biriga bog’liq bo’lib, 
o’zgaruvchi va o’zgarmas kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi 
omil kuchlarini to’g’ri aniqlash muhimdir. Tadqiqot tarkibini to’g’ri 
belgilash,ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
Marketing faoliyatinig asosiy elementi, bu marketing tadqiqoti bo’lganligi 
uchun, optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, informatsion 
axborotlar 
tizimi, 
internetdan 
foydalanish 
tadqiqot 
samarasini 
kafolatlovchimuhimomildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavxumligini, tijorat riskini kamaytirish 
va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli 
jabhalari bo’yicha ma’lumotlarni muntazam yig’ib borish, aks ettirish va tahlil 
qilishdir.
Marketing tadqiqotlari bu – bozorshunoslarni (marketologlarni) marketing 
tashqi muhiti barcha unsurlari – bozor, iste’molchilar, raqobatchilar bilan axborot 
orqali bog’lovchi marketing funksiyalaridan biridir. Marketing tadqiqotlarining 
maqsadi aniqlangan muammolardan kelib chiqadi. Bu maqsadlarga erishish ushbu 
muammolarni halqilish zarur bo’lgan axborotlarni olish imkonini beradi. Ular 
menejerlarga marketing muammolarini hal qilish imkonini berish maqsadida 
yo’qotilishi lozim bo’lgan axborot bo’shlig’ini ta’riflaydilar. Maqsadlar aniq va 
ravshan shakllangan, yetarli darajada batafsil shakllantirilgan, ularni o’lchash 
imkoniyati va ularga yetishish darajasini baholash imkoniyati mavjud bo’lishi 
lozim. Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish uchun 
qanday axborot zarur?” degan savolningjavoblari tadqiqot aniqlab beradi. 
Tadqiqot madsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi 
turlarga ajratiladi: o’rganish (razvedka), ta’riflash, sabablarni aniqlash. 
O’rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va 
taxminlarning yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo’lgan birlamchi axborotni yig’ish 
maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga sabab yomon reklama, 
deb taxmin qilingan, ammo o’rganish tadqiqoti yetarli darajada bo’lmagan 
sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni 


88 
marketing tadqiqotlarining keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o’rganish 
lozimligini ko’rsatdi.
Tariflovchi tadqiqot– marketing muammolarini ta’riflashga yo’naltirilgan, 
masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga iste’molchilarning munosabati 
kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib borishda odatda kim, nima, qaerda, qachon, 
va qanday degan so’zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan, 
firma mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini qaerda 
xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib 
olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi? 
Sabablarni aniqlashga yo’naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat aloqalariga 
tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur tadqiqot asosida biror-
bir hodisani “agar X, unda U” ko’rinishdagi mantiqiy bog’lanish asosida 
tushunishgaintilish yotadi. Sabab-oqibat bog’lanishi maxsus tajribalar o’tkazish 
yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Tajribalar o’tkazishda mustaqil o’zgaruvchilar 
(narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o’zgarishlarga bog’liq 
o’zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko’rsatkichi va h.k.) qanday javob 
qaytarishi aniqlanadi.
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
– bozorni o’rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish yo’nalishi);
– istemolchilar xatti-xarakatini o’rganish;
– raqobatchilar faoliyatini o’rganish;
– talablarni qondirish bo’yicha firma ichki imkoniyatlarini o’rganish;
– marketing majmuasi unsurlarini o’rganish (tovar, baho, sotuv, reklama);
– marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o’rganish. 
Ko’rinib turibdiki, “bozorni o’rganish” tushunchasi umuman marketing 
faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham, “marketing tadqiqotlari” 
tushunchasi “bozorni o’rganish” tushunchasidan ancha kengroq. Marketing 
faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan emas, bozor 
istemolchilar talablaridan kelib chiqib marketing taqiqotlarini olish borish 
zaruratinimantiqani aniqlab beradi. Ko’pchilik yirik chet elfirmalari (80 foiz 


89 
atrofida) o’z xususiy marketing tadqiqoti bo’limlariga ega. Bunday bo’limlar 
tarkibida sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va sh.k. xizmat 
qiladilar.
Marketing tadqiqotlari jarayoni quyidagi bosqich va harakatlarni o’z ichiga 
oladi: 
1. Muammo va tadqiqot maqsadlarini aniqlash. 
1.1. Marketing tadqiqotlari o’tkazish zaruratini aniqlash.
1.2. Muammo va tadqiqot maqsadlarini shakllantirish. 
2. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish. 
2.1. Tadqiqot turini aniqlash. 
2.2. Talab qilinayotgan axborot turini, uni olish manbalarini va zarur 
axborotlarni yig’ish usullarini aniqlash. 
2.3. Ma’lumotlarni yig’ish shakllarini loyihalash.
2.4. Tanlanma rejani ishlab chiqish va tanlov hajmini aniqlash.
3. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish. 
3.1. Ma’lumotlarni yig’ish.
3.2. Ma’lumotlarni tahlil qilish. 
4. Olingan natijalarni talqin qilish va ularni rahbariyatga yetkazish – yakuniy 
hisobotni tayyorlash va taqdim qilish. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin