100
tadbirkorlikni rag’batlantirish uchun imtiyozli kreditlash va moliyalashtirish kabi
bir qator masalalar xamon ustuvorligicha qolmoqda. To’lov jarayonlarini,
jumladan avtotransportda elektron to’lov tizimlarini joriy etishda Near Field
Communication (NFC)1 texnologiyasini qo’llash aynan O’zbekistonda xalqaro
to’lovlar tizimiga o’tishni tashkillashtirishdagi mikroprotsessorli va kontaktsiz
kartalar hamda ularga xizmat ko’rsatuvchi qurilmalarni ishlab chiqish bilan
hamnafas va chambarchas bog’liqdir. Bugungi kunda lokal axborot almashinuvini
ta’minlashning simsiz texnologiyalari mavjud. Masalan: Irda, Bluetooth, Wi-Fi,
NFC va b. Ular funktsional tamoyiliga ko’ra farqlanib, ta’sir ko’rsatishning turli
radiusiga ega va mobil qurilmalar o’zaro ta’sirining turli vazifalarini bajarishga
mo’ljallangan. Ushbu texnologiyalar ichida eng ilg’or texnologiya bo’lib NFC
texnologiyasi tan olingan. NFC texnologiyasi ultra qisqa masofadagi simsiz aloqa
texnologiyasi bo’lib, u o’zaro magnit induktsiya effektiga asoslanadi. Texnologiya
13,56 MGts noregulyar diapazonda ishlaydi, u NFC interfeysidan iborat
qurilmalarning ikki tomonlama o’zaro harakatini ta’minlaydi va ma’lumotlarni
uzatish tezligi 106, 212, 424 kbit/s.ni tashkil qiladi
33
. NFC texnologiyasi
foydalanishda qulayligi bilan ajralib turadi –NFC qurilmasi ko’rsatilgan masofaga
yaqinlashtirilganda avtomatik tarzda aloqa seansi amalga oshadi, bunga atigi 0,1 s.
vaqt ketadi. Irda va Bluetooth bilan qiyoslanganda NFC texnologiyasi bir qancha
ustunliklarga egadir, energiya sarfi ham kam va uni mobil qurilmaga o’rnatish
tannarxi nisbatan arzon. 1-jadvalda Irda, Bluetooth, NFC texnologiyalari
xarakteristikalarining texnologik va iste’mol jihatlariga ko’ra qiyosiy tahlili
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: