“STRATEGIYA” so’zi “strategos” grek so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
“generalning san’ati” ma’nosini anglatadi. U hozir ham o’z ma’nosida harbiy
boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san’atini bildiradi.
Firma qo’yilgan maqsadlarga kaysi usul bilan samarali erishish mumkin va
buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkoni mavjud. Bitta
maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bo’lganligi uchun strategiyani tanlash
bosqichini ko’zlangan manzilga etib borishning yo’nalishi va harakat vositasini
tanlashdek belgilash mumkin. Buning uchun iktisodiy nazariyada strategiyalar
tizimi va strategik xarakatning mexanizmi (modellari) ro’yxati mavjud.
Strategiyalar tizimi strategik karorlarni kabul qilishning uch boskichini uz
ichiga oladi:
1) Umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy
rivojlanishining yo’nalishini ko’rsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iktisodiy
faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bunda
kushilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xakidagi savollar,
masalalar xal qilinadi.
2) Ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda
ifodalanadi) tanlangan (korporativ boskichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga
erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni
raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yunaltiriladi. Bu erda yangi maxsulotlarni ishlab
chiqarish bo’yicha istiqbollar va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish
masalalari ko’rib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab
chiqarish, baho, reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bulim va xizmatlar xarakatlarini
korxonaning ishlab chiqarish bulinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab
chiqarish, marketing, moliya va personal korporativ va ishbilarmon strategiyalarga
erishishning usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi
funktsional strategiya yaroksiz maxsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo
yukotishlarini kamaytirish va boshkalardan iborat bo’lishi mumkin.