Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
 
 
 
 
 
 
1 – rasm. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni. 
Strategiyani tahlil qilish va tanlash boskichida bajariluvchi chora-tadbirlarni 
umumlashtirgan holda sxematik tarzda ko’rsatish va korxona strategiyasini 
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim bo’lgan 
natijalarni ajratish mumkin. 
Chizmadan ko’rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash boskichi 
strategik xarkatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bugin xisoblanadi. Bu erda 
korxona rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlariga mablag’larni kuyishi bo’yicha 
Ҳаракат
Натижа
Таҳлил 
Ташқи имкониятлар ва хавф-хатарларни ҳисобга олган 
ҳолда корхонанинг стратегик мўлжалини аниқлаш. 
Корхонанинг ички кучли ва хавф томонларини ҳисобга 
олган ҳолда аниқ мақсадларини шакллантириш 
Корпоратив стратегияни 
танлаш 
Корхонанинг 
ривожланиш 
йўналишларини 
аниқлаш. Мувозанатлашган бизнес портфелини 
шакллантириш 
Ишбилармон 
стратегияларни қабул
қилиш 
Танланган асосий йўналишларга мувофиқ 
бизнес соҳаларининг рақобат позицияларига 
эришиш усулларини излаш 
Функционал стратегияни 
танлаш 
Бутун корхона ва аниқ бизнес бирликнинг 
ривожланиш стратегиясини алоҳида бўлимлар 
ва хизматлар даражасини деталлаштириш. 
Вазифаларни қўйиш 
Корхонани ривожлантиришнинг корпоратив, 
ишбилармон ва функционал стратегияларини 
миқдорий жиҳатдан ифодалаш 
Стратегияни амалга 
ошириш ва назорат 
Стратегик мақсад ва вазифаларга эришишнинг 
асосий усулларини бошқариш 


107 
muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va investitsiyalar kamaytiriluvchi biznes-
sohalar ajratiladi. 
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik 
boshqaruvda bajariluvchi mantikiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon 
tashkilot maqsadlari o’rtasidagi barqaror teskari aloqani ta’minlaydi. Nazoratning 
asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi: 
• nimani va qanday kursatkichlar bo’yicha tekshirishni aniqlash; 
• kabul kilingan standartlar, me’yorlar yoki boshka kursatkichlarga muvofiq 
nazorat kilinuvchi ob’ekt xolatini baholashni amalga oshirish; 
• o’tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash; 
• agar zarur va mumkin bo’lsa tuzatishni amalga oshirish. 
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish firmaning maqsadlariga 
erishuviga qay darajada olib kelishini aniqlashga yo’naltirilgan. Bu strategik 
nazoratni boshqaruv yoki tezkor nazoratdan ajratib turadi, chunki strategik rejani 
bajarishni strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va 
operatsiyalarni bajarishning to’g’riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida 
qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga 
oshirilish quyilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik 
nazorat natijalari bo’yicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli 
bo’lishi mumkin. 
Firma strategiyasini yaratish o’zaro bog’liq 4 qismdan iborat bulib, ular 
quyidagilar: 
-tijorat faoliyatining turini aniqlash va firma rivojlanishi yo’nalishini 
belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab, uzoq muddatli istiqbolni belgilash; 
-umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish; 
-ko’zlangan kursatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga 
oshirish; 
-bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning uzoq 
muddatli asosiy yo’nalishlari, maqsadlari va strategiyaga yoki uni amalga oshirish 
usullariga tuzatishlar, yangi goyalar kiritish. 


108 
Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: 
«Kompaniyamizni qanday tasavvur kilamiz, nima kilmokchimiz va nimaga 
erishmokchimiz?» 
«Biz kimmiz, nima kilyapmiz va kayokka ketyapmiz?», - degan savolning 
javobi firma yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini 
beradi. Kompaniya nima kilayotgani va nima ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Kompaniya nima kilayotganini va nima kilmokchi ekanligini anglatadi. Menejer 
o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning 
strategik ko’rinishini shakllantiradi. 
Menejerlarning asosiy funktsiyasi quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin