6-BOB. FIRMANING BIZNES FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH 6.1. Firmaning biznes faoliyatini strategik rejalashtirish va uning xususiyatlari. Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u
muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani quyilgan maqsadlarga erishishi uchun
imkoniyat yaratadi. Ko’p xolatlarda firmalar o’zi tanlagan strategiyani amalga
oshira olmaydilar. Bu noto’g’ri tahlil utkazilishi va xulosalar kilinishi, tashki
muxitda kuzda tutilgan o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida vujudga keladi. Biroq
strategiya bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni firma potentsialini
strategiyani realizatsiya qilishga etarli darajada jalb qila olmasligidadir.
Rejalashtirish boshqarishning barcha boshka funktsiyalarini tashkil etish,
yulboshchilik (qiziqtirish) va nazoratni sezilarli darajada aniqlab beruvchi
menejmentning muhim funktsiyasi hisoblanadi. Har qanday tashkilot o’z
faoliyatini amalga oshirayotganda, u nimaga intilayotganini va u uchun
xarakatntng qanday yo’llari eng muvofaqiyatli bo’lishi mumkinligini bilishi lozim.
Shuning uchun maqsadlar va rejalar tushunchasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas
bog’liqdir. Sog’likni saqlashni isloh qilish sharoitida mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar davolash-profilaktika muassasalarida ishlovchi tibbiyot xodimlari bozor
munosabatlarining tamoyillariga itoat etgan holda ish faoliyatini yurgizishni
o’rganadilar. Bunda marketing va menejment bo’yicha olingan bilimlar yangi
sharoitga tezrok moslashishga yordam beradi.
Reja tashkilotning kelajakdagi holatining murakkab ijtimoiy – iqtisodiy
modelini tasvirlaydi. Vaziyatga mos keladigan yagona rejalash usuli mavjud emas.
Rejalash tipi va yo’nalishi firmaning tashkiliy ierarxiyada tutgan o’rniga bog’liq,
ya’ni rejalashtirish tashkilotning darajasiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Strategik rejalash – bu tashkilotning takibi asosida uzoq istiqbolga nazar
solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o’zgarishlar bo’layotganini
hamda raqobatchilar hulqini baholashdir. Bu darajada rejalashning bosh maqsadi –
tashkilot bozor sharoitida o’zini qanday tutadi.