121
ham uz raqiblaridan orqada kolmasligi kerak, aks xolda raqobatli mavqeini kuldan
boy berib kuyishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar
sabab bo’lishi mumkin:
xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya
va shu kabi omillarning
narxlaridagi farqlar;
asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning farqlari;
ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bo’lgan- ligi ishlab
chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq
sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki
tannarxlardagi farqlar;
inflyatsiya va valyuta kurslarining o’zgarishiga kuchli bog’liqdik;
-transport
xarajatlaridagi
farqlardaksimot
kanallariga
sarflanadigan
xarajatlardagi farqlar. Strategik qiymatli tahlilda asosiy e’tibor
firmaning uz
raqiblariga nisbatan qiymat mavqeiga karatiladi. Iste’molchilarning narxlarigacha
bo’lgan qiymat manzarasini aks ettiradi. Ushbu jadval xarakatlar - xarajatlar
zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq kiladigan uchta asosiy soha
borligini kursatadi: ta’minot sohasi, taqsimot kanallarining ilg’or
qismlari,
kompaniyaning o’z ichki faoliyati. Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi
qismlarida raqobatbardoshlikni ko’ldan boy bersa, u
raqobatbardoshlikni tiklash
maqsadida uz ichki xatti-xarakatlarini o’zgartirishi mumkin.
Qiymat bo’shliklari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti
xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin:
etkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar to’g’risida kelishib olishi;
etkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish
olib borishi;
moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon in tegratsiyalanishi;
taqsimotning narxlari makbul bo’lgan yangi manbalarini topishi;
zanjirning boshka qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga
urinishi mumkin.
122
Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki
sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofivdir:
byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
-ishchilarning va kimmatbaho asbob-uskunalarning
mehnat unumdorligini
ko’tarishga urinish;
ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning o’zida emas, balki chetda bajarish
foydalirok bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish;
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
-qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va asbob-
uskunalarni yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish;
maxsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo.
Firmaning raqobat mavqei kuchini badolash.
Qiymat, raqobat mavqeini baholashga qo’shimcha
ravishda kompaniyaning
raqobat mavqei va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish talab qilinadi. U
quyidagi savollarga javob berishi kerak:
Firmaning bugungi raqobat mavqei kanchalik kuchli?
-Bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat mavqeining qanday
o’zgarishini kutish mumkin?
Firmaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Firmaning raqobat mavkelarini baholash uchun muvaffakiyatning asosiy
omillari buyicha balli baholar shkalasidan foydalani ladi.
Bunda firma va uning
raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi.
Dostları ilə paylaş: