Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


-BOB. RAQOBAT BOZORINING JOZIBADORLIGINI TAHLIL QILISH



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

7-BOB. RAQOBAT BOZORINING JOZIBADORLIGINI TAHLIL QILISH 
VA TALABNI O’RGANISH 
7.1. Kichik biznes korxonalarida marketingni tashkil qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari 
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Inson 
jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’liq 
bo’lgan. “Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki 
boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik 
faoliyatidir. Biznesmen (tadbirkor) so’zi birinchi marotaba Angliya iktisodiyotida 
XVIII asrda paydo bo’lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, 
Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun 
qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka 
boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, 
ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi 
xo’jayinlik qiladi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iktisodiy 
faoliyat va munosabatlar, xayotni o’zi so’ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes - 
bu xorijiy so’zdir. U butun dunyo bo’yicha tarqalgandir, undan barcha 
mamlakatlarda foydalanidilar. O’zbek tilida esa biznes so’zi tadbirkorlik, 
biznesmen esa tadbirkor demakdir. O’zbekcha so’z xorijiy so’zga to’g’ri keladi, 
lekin unga qo’shimcha ma’no hxam beradi. Bu so’zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan 
shug’ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes - bu 
korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, ishlab chiqarish korxonasi, 
savdo do’koni, xizmat ko’rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, 
bank va hokozo). Demak, biznes bu yo’q narsadan pul qilish emas, balki murakkab 
ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - 
bu doimo o’z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o’qish kerak, 
nafakat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o’qishi, izlanishda bo’lishi 
kerak. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha 
aytganda, u muayyan ijtimoiy-iktisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo’yicha 


126 
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 
“O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunida tadbirkorlikka 
quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish 
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar 
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir”. Kichik biznes 
taraqqiyotning muhim garovlaridan biri- faoliyatda marketingdan keng 
foydalanish, uning ilg’or innovatsion yo’nalishi va vositalaridan amalda etarlicha 
samara ko’rsatib, ishlashdan iboratdir. Marketing tushunchasi bozor sohasini har 
qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib 
chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini 
anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, 
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot 
faoliyati hamdir. Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri alohida shaxslar yoki 
guruhning xohish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu 
jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga 
asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish 
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi. 
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. 
Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir. Ehtiyoj individ 
shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab xarid 
quvvatiga ega ehtiyoj. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin