130
siyosati; - yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan
keyingixizmat,
kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy
iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin). Marketing korxonalarning bozorda
ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab
istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib
berish,
taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari,
tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga
talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing tamoyillari
marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni
mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab
ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat.
Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning
asosiy tamoyillari:
- bozorni bilish; - unga moslashish; - bozorga ta’sir o’tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha
asosiy tamoyillar kelib chiqadi: - iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni
iste’molchi shohdir; - istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati
istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur; - pirovard ko’rsatkichga erishishga
yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar. Marketing
kontseptsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi.
Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- marketing tadqiqotlari; -
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; - sotish va taqsimot
vazifasi; - tovarni siljitish; - narxni tashkil etish vazifasi; - marketing-menejment
vazifasi. Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish,
kadrlar, moddiy texnika ta’minoti,
moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari
bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning vazifalari xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida
ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan.
Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj
hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Xulosa qilib
131
aytganimizda bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes
sub’ektlarida marketing tizimlarini yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarda
amaliyotda keng
foydalanishga tadbiq etish, mamlakatimiz sharoitiga mos
marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shubhasiz kichik
biznes sub’ektlarining ishbilarmonlik faoliyatini va iqtisodiyot tuzilmalarining
rivojlanishini to’la ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: