Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
 
 
 
1.1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari
36
 
36
QosimovaM.S., YusupovM.A., ErgashxodjayevaSH.D. Marketing.Darslik. – T.: TDIU, 2010. 265 b 
Бизнесда маркетингнинг асосий 
категориялари 
Бозор 
Эҳтиёж 
Товар 
Айирбошлаш 
қондиралганлик 


127 
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar – ehtiyoj 
yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish
ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. 
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing tizimlaridan qaysi birini 
qo’llash, respublikamizning qaysi sharoitlarini, xususiyatlarini qanday tartibda 
e’tiborga olish lozim, degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Bu savollarga to’liq javob 
topish murakkab va u birqancha omillarga bog’liq, ya’ni korxonalarning iqtisodiy-
moliyaviy holati, shakllanayotgan bozorkonyukturasi, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o’zgarishiga mos 
ravishda mahsulotni takomillashtirish va boshqalar. Kichik biznes faoliyatida 
ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyati bu 
turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatida marketing tizimini qo’llashning eng 
muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan- to’g’ri muloqotda 
bulish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, 
sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos 
xususiyatga ega bo’ladi. Kichik biznes faoliyati ishlab chiqarish xarakteriga ega 
bo’lgan korxona bo’lganligi uchun marketing faoliyatning barcha elementlarini 
o’zlashtiradi va ular orasida quydagilar asosiy o’rinda turadi; 
- bozor vaziyatlarini va tendentsiyalarini o’rganish, prognozlash va eng 
samarali bozor segmentlarini aniqlash; - ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik 
kashfiyotlari va mahsulot turini doimiy mukammallashtirish, iste’molchilar 
buyurtmasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish; - xaridorlar bilan to’g’ridan-
to’g’ri doimiy aloqa o’rnatish va ularning to’lov qobilyatini nazorat kilish; -
mahsulotni sotish usullarini va tarqatish kanallarini takomillashtirish; - reklama va 


128 
sotuvni rag’batlantirish, etkazib berilayotgan mahsulotlar uchun sotuvdan keyin 
xizmat ko’rsatishni tashkil qilish va hokozo. 
Kichik biznes faoliyatida marketingni tatbiq etish darajasidan kelib chiqqan 
holda marketing kontseptsiyasining uchta turini ko’rsatish mumkin; - birinchidan, 
kichik biznes faoliyatida nafaqat marketing xizmatini tashkil etish, balki 
boshqarish uslubini o’zgartirish va faoliyatni to’laligicha bozorni boshqarish 
kontseptsiyasi hisoblangan marketinga yo’naltirish; - ikkinchidan, biznes va 
xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatining ayrim o’zaro bog’liq uslub va 
manbalar komplekisni ishlatish, ya’ni mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni 
bozor kon’yukturasi va talabni o’rganish asosida amalga oshirish, sotuvdan keyingi 
xizmatni tashkil etish va hokozo; - uchinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda 
marketingni ayrim elementlarini amalga oshirish, masalan, reklama, sotuvni 
rag’batlantirish talabidan kelib chiqqan holda narxni belgilash. Hozirgi bozor 
munosabatlari sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalarining ikkinchi turidan samarali 
foydalanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik miqyosining kichikligi tufayli kam xarajatli samarali marketing 
tadbirlarini o’tkazish zarur deb hisoblaymiz. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
sharoitida 
marketing 
bilan 
mustaqil 
shug’ullanuvchi, ya’ni bozor izlanishlarini olib boruvchi va xaridorlar bilan faol 
aloqada bo’luvchi iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar ozchilikni tashkil 
etadi. Aksincha, ommaviy talab mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik 
korxonalar asosiy o’rin egallaydi va ular tashqaridan ko’rsatiladigan marketing 
xizmatlariga muhtojdirlar. Shuning uchun, bunday korxonalarni o’z vaqtida 
mahsulotlar, bozor, iste’molchilar talabi va narx - navo to’g’risidagi aniq 
ma’lumotlar bilan ta’minlash zarurdir. Shu sababli marketing samaradorligi tahlil 
qilinganda turli kanallar, mahsulotlar, hududlar va boshqa marketing ob’ektlarining 
keltirayotgan nisbiy daromadi ko’rinadi. Korxonadagi yoki uning bo’linmasidagi 
marketing samaradorligi uning yo’nalishining 5 ta asosiy tashkiliy qismlariga 


129 
bog’liq, xaridorlarga e’tiborini qaratish, marketing integratsiyasi, ma’lumotlarining 
ishonchliligi, strategik yo’naltirganlik va tezkor samaradorlik (1.1.1- rasm). 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin