Сегментлаш тамойиллари
Демографик
Ҳолат
Хулқ - атвор
135
sonini aniqlash zarurdir. Bozor sig’imini o’rganish asosida ishlab chiqarish
quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo’yicha taqsimlash tarmog’i
tuzilishi uchun asos hisoblanuvchi uning o’sish dinamikasi baholanadi. Shuni
hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo’llash, bozorda ishlash
bog’liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganish,
mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan
va mavjud tovarlarga bo’lgan segment ehtiyoji barqarorligi, mavjud xaridor
ehtiyojlarini qondiruvchi mutlako yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va
imkoniyatini o’z ichiga oladi. O’zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish
uchun zarur tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim
ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy
maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda
ishlash uchun potentsial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo’qligini o’rnatish
uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq.
Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting
kompaniyalarini taklif qilish mumkin. Maqsadli segmentlarni tanlashda quyidagi
strategiyalardan foydalanish mumkin: - differentsiallanmagan marketing
strategiyasi;
- differentsiallangan marketing strategiyasi; - kontsentrlangan marketing
strategiyasi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va
shakllanishi
davrida
tadbirkorlik
tuzilishida
ko’plab
korxonalar
differentsiallanmagan marketing strategiyasini saqlab turdi. Bu strategiya
firmaning
xaridorlarni
xarid
jarayoni
va
tovarga
munosabat
hamda
motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida qiziqish
umumiyligini ko’zlaydi. Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish
orqali firma o’z maqsadiga xaridorlarni o’rtacha massasini qondirib erishishi
mumkin. Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili
standartlashtirish
va
tovar
ishlab
chiqarish
umumiyligi
hisoblanadi.
Differentsiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda
136
kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya
zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi». Marketingning
zamonaviy kontseptsiyasida ikkita strategiya ko’riladi: differentsiallangan va
kontsentrlangan
marketing
strategiyasi.
Differentsiallangan
marketing
strategiyasida kichik biznes korxonasidan uning faoliyatini bir necha segmentda
ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari bo’lishini
talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos
keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo’ljallangan marketingning asosiy
tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorning bozordagi holatini to’liq
ifodalaydi, shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va kontsentrlangan
marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differentsiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va
boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun
zarurdir.
Mahsulot differentsiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir.
Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikatsiya strategiyasini olib borishga
asoslanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foyda
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bu
bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli
marketing dasturi bilan yondashadi. O’z mazmuniga ko’ra bu strategiya bozor
chuqurchasi kontseptsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq
mos keluvchi hisoblanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi ko’proq kichik
va o’rta korxonalarga mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash
uchun etarli moliyaviy vositalar bo’lishi talab etilmaydi.
|