Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


-Rasm. Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

1-Rasm. Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar. 
Tashkilot strategiyasi - kompaniyani turgan joyidan erishmokchi bo’lgan 
joyiga qanday kilib utkazish mumkin, degan masalani echish borasidagi 
yuriqnomadir. Odatda strategiya 4 xil darajada ishlab chidiladi: 
Ижтимоий, сиёсий 
шароитлар ва 
қонунчилик 
Тармоқнинг 
жозибадорлиги, 
рақобат шартлари 
Компания учун 
имкониятлар ва хавф 
хатарлар 
Компаниянинг 
стратегик 
вазияти 
Айрим омилларнинг 
муҳимлиги ва улар-
нинг стратегиясига 
таъсири ҳақидаги 
хулоса 
Стратегик 
ташаббусларни 
идентификациял
аш ва баҳолаш 
Вазиятга мос 
стратегияни 
аниқлаш 
Компаниянинг кучли ва 
заиф томонлари 
бозордаги рақобат 
мавқеи
Шахсий нафсоният 
бизнес фалсафаси 
ахлоқий тамойиллар 
Акцияларнинг қиймати 
ва компания маданияти 


112 
-korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha 
umumiy strategiya); 
-ishbop strategiya (kompaniyaning xar bir yo’nalishi uchun strategiya); 
-funktsional strategiya (kompaniyaning xar bir funktsional tuzilmasi uchun 
strategiya); 
-amaliy strategiya (asosiy to’zilmalar: zavodlar, savdo shoxobchalari va 
bulimlar uchun). 
Strategiyani ishlab chshchishning asosiy tashkiliy pogonalari 
Strategiya fakat oliy raxbariyat mikyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas.  
2-Jadval. 
Firma strategiyasini ishlab chiqishning asosiy pogonalari 
 
Pog’ona 
Ishlab chiqishga (qaror 
qabul qilishga) mas’ullar 
Ishlanmaning mazmuni 
Korporativ 
strategiya 
Ijrochi direktor, asosiy vitse-
direktorlar (qarorlar direktorlar 
kengashi 
tomonidan 
kabul 
qilinadi, 
kayta 
ko’rib 
chiqiladi). 
Xo’jalikning o’rta bo’g’ini portfelini tashkil qilish 
va boshqarish. 
xo’jalikning o’rta bo’g’ini sinergizmini raqobatli 
ustunlik 
sifatida 
ta’minlash. 
Investitsiya 
imtiyozlarini 
aniqlash 
va 
eng 
manfaatli 
tarmoqlarda resurslarni boshqarish. Xo’jalikning 
o’rta bo’g’ini rahbarlarining asosiy strategik 
yondashuvlarini qayta ko’rib chiqishni tekshirish 
umumiylashtirish. 
Xo’jalikning 
urta bugini 
strategiyasi 
Bosh 
menejer 
xo’jalikning 
o’rta 
bo’g’ini 
boshlik 
tomonidan 
(qarorlar 
firma 
rahbariyati tomonidan qabul 
qilinadi, 
qayta 
ko’rib 
chiqiladi). 
Muvaffaqiyatli raqobatchilikka hamda unda 
ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlar hamda 
yondashuvlarni belgilab olish. 
Tashqi 
shartlarning 
o’zgarishiga 
javob 
reaktsiyalarini shakllantirish. 
Asosiy 
funktsional 
xizmatlarning 
strategik 
tashabbuslarini 
umumlashtirish. 
O’ziga xos 
muammolarni xal qilish. 
Funktsional 
strategiya 
Funktsional menejerlar (qarab, 
stratetda xo’jalik-ning o’rta 
bo’g’in rahbariyati tomonidan 
qabul qilinadi, qayta ko’rib 
chiqiladi). 
Biznes strategiyasini qo’llab- quvvatlashning 
funktsional yondashuvlarini tashkil qilish va 
ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, moliya, 
xodimlar bilan ishlash soha- larida funktsional 
maqsad va strategiyalar ga erishish. Kuyi 
boskichdagi 
menejerlar- 
ning 
asosiy 
yondashuvlarini kayta ko’rib chiqish, tekshi- 
rishni unifikatsiyalash. 
Tezkor 
strategiya 
Dala 
bo’linmalarining rah-
barlari quyi daraja mene-
jerlari, shu jumladan, funk-
tsional menejerlar (qarorlar 
funktsional 
bo’limlarning 
boshliklari tomonidan qabul 
qilinadi, 
qayta 
ko’rib 
chiqiladi). 
Dala bulinmalari va funktsional bulimlarning 
maqsadlariga erishish uchun funktsional va 
xo’jalikning 
o’rta 
bo’g’ini 
strategiyalarini 
qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tor sohadagi va 
maxsus yon- dashuvlar hamda chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish 
 


113 
Uni ishlab chiqishning quyidagi to’rtta pog’onasini ajratib olish maqsadga 
muvofiqdir: 
-korporatsiya mikyosi; 
-bo’linmalar mikyosi; 
-funktsional mikyos; 
-kuyi pogona menejerlari (dala komandirlari). 
Firmada strategiyani ishlab chiqish ierarxiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Strategiyani boshqarishda korxona vazifalarini shakllantirish korxo-naning 
mazmun-moxiyatini, uning faoliyat maydonini, kelajakdagi istiq-boli va rivojlanish 
yo’nalishlarini va uning boshqa raqobatchilardan farqini aniqlab olishga yordam 
beradi. 
Xozirgi kunda milliy iktisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi sanokdi 
korxonalardagina aniq ifodalangan korxona vazifalari mavjudligini ko’rishimiz 
mumkin. Tajriba shuni ko’rsatmokdaki, zamonaviy bokarish uslublari rivojlangan 
AQShda ham kompaniya va firmalar 60-70% gina o’z vazifalariga ega. 
Vazifalarda barcha e’tibor ishlab chiqarilayotgan maxsulotga emas, balki 
iste’molchining talab va xoxish-irodasini kondirishga karatilishi lozim. 
Keyingi boskich korxonaning uzoq muddatli maqsadlarini aniqlab olishga 
karatilishi kerak. Odatda, bunday uzoq muddatli maqsadlar aniq kursatkich va 
rakamlarni uz ichiga olmaydi. Ammo korxona uz oldiga kuyadigan uzoq muddatli 
maqsadlarni aniq va lunda bo’lishi hamda unga erisha olish muhim ahamiyatga ega 
bo’ladi. Maqsadlar korxonani muvafakkiyatini ta’minlovchi ikki asosiy natijada uz 
ifodasini topishi kerak bo’ladi. Bu korxonaning moliyaviy va strategik faoliyatiga 
karatilgan aniq natijalardir. 
Korxonaning ko’p kirrali maqsadalari bir-biri bilan bog’liq holda bir 
maqsadga erishib, boshqa bir maqsadga etishishda uni o’zaro qo’llab-quvvatlashi 
zarur. 
Biznes olamida muvaffakiyatga erishgan mashhur kompaniyalarning 
tajribalaridan ma’lumki, odatda korxonalar juda katta mikyosdagi uzoq muddatga 


114 
mo’ljallangan maqsadlarni o’z oldilariga qo’yadilar va unga erishish uchun 10-20 
yil mobaynida ko’p kuch- mablag’larini sarf etadilar. 
Masalan, O’zbekistonda mebel sanoatida samarali faoliyat olib borayotgan 
«Fayz-Xolding» kompaniyasining biznesdagi asosiy maqsadi uz xaridorlariga 
oddiy tovar sotish emas, balki ular kilgan xaridlaridan konikish kosil qilish, 
xakikiy foyda olish hamda xonadonga xursandchilik bagishlashga yordam 
berishdir. 11 ta ishlab chiqarish majmuasidan 5 ta kushma korxona va 14 ta savdo 
uylariga 
ega 
bo’lgan «Fayz-Xolding» kompaniyasi zamonaviy nemis 
texnologiyalari va strategax boshkarish uslublarini joriy etish natijasida maxsulot 
turini kengaytirib, oshxona mebeli, yumshok mebel, ofis mebeli, maktab mebeli va 
tibbiyot mebellarini ishlab chiqarishni yulga kuygan. Bunda kompaniya asosiy 
e’tiborni mebellarning qulayligiga, xavfsizligiga, yukori sifatliligiga, sotuvdan 
keyingi kafolatlar mavjudligiga va arzon narxlarda sotilishiga qaratmoqda. 
Tashki muxitdagi strategiya omillarni tahlil etish korxonalarga bog’ lik 
bo’lmagan tashki omillarning istiqbolda rivojlanish yo’llarini va bu o’zgarishlar 
korxona strategiyasiga va uning faoliyatiga ta’sir eta olish darajasini aniqlash 
imkonini beradi. Umuman olganda, strategiya omillarni tahlil etishda maqsad 
tashki muxitdan kelib chikadigan xavf-xatar va qulay imkoniyatlarni odindan kura 
bilishdan va shu orqali korxonaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan 
iboratdir. 
Ichki muxit tahlili korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini urganishni, 
uning xozirgi xolati, kuchli va zaif tomonlari hamda mavjud strategiya 
muammolarini aniqlashni kuzda tutadi. Ichki muxit tahlili korxonaning iktisodiy 
saloxiyatini, uni raqobatchi korxonalar bilan takkoslashni va bozordagi egal- lab 
turgan mavqeini to’g’ri talkin etish imkonini beradi. 
Masalan, «Uzbekengilsanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Kosonsoy-
Tekmen» kushma korxonasi, «Anteks», «Buxoroteks», «Kashteks» hissadorlik 
jamiyatlari eksport strategiyasini shakllantirishda Evropa hamjamiyagi davlatlari, 
Rossiya, Turkiya va Slovakiya kabi davlatlarning bozorlarini o’rganib chikib, 
respublikamizning paxtasi tolasidan tayyorlangan yukori sifatli gazlama va matolar 


115 
hamda tayyor kiyim-kechak maxsulotlariga talab kattaligini aniqlashgan. Olib 
borilgan taxdillar natijasida bu bo- zorlarni uta yukori sifatli va xalkaro 
standartlarga javob bera- digan maxsulotlar bilan egallash mumkinligi xakida 
ijobiy xu- losaga kelingan. 
Bugungi kunda engil sanoat tarmogidagi korxonalar maxsulotlarini xalkaro 
sifat standarta «ISO-9000» talablariga javob beradigan darajaga etkazish, 
korxonaga eng zamonaviy texnologiya- larni jalb etish, yangi turdagi kiyim-kechak 
va xo’jalik uchun zarur bo’lgan boshka tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarish va 
ishlab chiqarish laboratoriyalarini xom ashyo sifatini tekshiruvchi zamonaviy 
dastgohlar bilan jixozlashga karatilgan keng kamrovli strategiyani amalga 
oshirilmokda. 
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaxt mobayni- da olib 
boriladigan jarayon bulib, korxonaning istiqboldagi maqsadlarini ruyobga 
chiqarishi, asosan mana shu boskichda xal etaladi. 
Belgilangan strategiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga karatilgan vazifa 
menejerlar tomonidan korxonaning barcha resurslari va muljal-langan maqsadlari 
o’rtasida o’zaro monandlik va uyg’unlikni ta’minlashni talab etadi. 
Strategiyani amalga oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha ogir vazifa. 
U menejerlardan sabr-toqat, kuchli iroda va jiddiy mas’uliyatni talab etadi. Bu 
boskichda xar qanday biznes reja va muljallangan maqsadlar amaliy jixatdan 
ruyobga chiqishi yuzasidan xakikiy kurikdan utkaziladi. Misol uchun, 
respublikamizda 2001 yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi tugatilgan 174 ta 
korxonalarning aksariyatida moddiy resurslar bilan belgilangan strategiya o’rtasida 
uygunlikni ta’minla-maslik, jalb etilishi kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni 
to’g’ri hisob-kitob qila olmaslik, hamkorlar tomonidan majburiyatlarni tulaligicha 
ba- jarmaslik hamda korxona imkoniyatlarini xaddan tashkari yukori baholab 
yuborish xolatlari tashkilotlarni o’z faoliyatlarini to’xtatishga olib kelgan. 
Belgilangan strategiyami amalga oshirishdagi muhim omil uni bajarilishini 
tulakonli ta’minlash uchun barcha zarur shart- sharoitlarni tashkil etishni kuzda 
tutadi. Chet el kapitali ishtirokidagi kommunikatsiya sohasida 1997 yilning 


116 
sentyabridan faoliyat olib borayotgan Daewoo Unitel kompaniyasi, xozirgi kunda 
50 mingdan ortik abonentlarga ega bulib, O’zbekistonda eng zamonaviy uyali 
aloka xizmatini kursatuvchi kompaniyaga aylandi. Uning O’zbekistonda eng 
muvaffakiyatli biznesni olib boruvchi 1-rakam- dagi kompaniyaga aylanishi, 
yukori sifatli kommunikatsiya xizmat- larini kursatishi va kompaniyaning barcha 
xodimlari tomonidan iste’molchilar haqida doimo qayg’urish maqsadlarini ko’zlab 
amalga oshirayotgan strategiyasi tufayli, kompaniya respublikada uyali aloqa 
xizmati bozorida 30% dan ortiq ulushga erishishga muvaffaq bo’ldi. 
Strategiyani muvaffakiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy nuqtai nazardan 
baholash zarur bosqich bo’lib, bunda olib borilayotgan siyosat ko’zlangan 
maqsadga muvofik kelmay kolsa, bu xolat chukur taxdil etilib, strategiyaga tegishli 
o’zgarishlar kiritib boriladi. 
Strategiyani maqsadli amalga oshirish to’xtovsiz jarayon bulib, uni amalga 
oshirilishini doimo baholab borish strategik boshkarishning zarur elementlariga 
kiradi. 
Tashki yoki ichki muxitda vujudga keladigan yangi shart-sha- roitlar 
kompaniya strategiyasi o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, 
«Sovplastital» kushma korxonasi uz faoliyatining ilk davrida fakat plastmassadan 
tayyorlanadigan 10 xil turdagi sun’iy gul maxsulotlarini ishlab chiqargan. Yillar 
davomida olib borilgan doimiy izlanish va bozorni chukur tahlil etish hamda 
zamonaviy texnologiyalarni urganish natijasida kushma korxona plastmassa, rangli 
shisha, chinnidan tayyorlanadigan maxsulotlar va xalk iste’moli mollarini ishlab 
chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biriga aylandi. Hozirga 
kunda korxona 30 dan ortiq mamlakatlarga o’z mahsulotlarini eksport qilmoqda. 
Bunga «Sovplastital» qo’shma korxonasi bozorda yuz berayotgan o’zgarishlarni 
vaqtida va tezlik bilan tahlil etib, bozorning yangi talablariga mos keladigan aniq 
strategik boshqarishni joriy etish orqali erishdi. 
Biznes muxitida shart-sharoitlar biznes faoliyatini o’zgartirishni, uzoq 
muddatli maqsadlarga qo’shimchalar kiritishni yoki kelajakda strategik yo’nalishga 
yangicha yondashuvni taqozo etishi mumkin. Ko’zlangan maqsadlar kompaniyada 


117 
mavjud imkoniyatlardan ancha yuqori bo’lishi yoki kelajakdagi istiqbollarga 
ma’lum darajada mos tushmay qolishi mumkin. 
Strategik boshqarish doimiy amalga oshiriladigan jarayon bulib, kompaniya 
strategiyasiga baho berish va unga tegishli o’zgartirishlarni kiritish bu jarayonning 
ham yangidan boshlanishi, ham yakuniy boskichi sifatida e’tirof etiladi. 
Tashkilot maqsadli muljallarsiz faoliyat yurita olmaydi. Tashkilot 
faoliyatining maqsadli yo’nalishi birinchi navbatda uning faoliyati odamlarning 
turli guruxlari manfaatlarining ta’siri ostida bo’lishi bilan bog’liq. Tashkilotning 
maqsadi ta’sischilar, xodimlar, xaridorlar, hamkorlar, mahalliy jamoa va butun 
jamiyat kabi insonlar manfaatlarini aks ettiradi. 
Tashkilot faoliyatidagi maqsadli negizning ikki asosiy tarkibiy qismlari 
ajratiladi: vazifa va maqsadlar. Vazifa keng ma’noda tashkilot mavjudligining 
falsafasi, mazmuni sifatida, tor ma’noda esa tashkilot nima uchun faoliyat 
yuritayotganligi haqida shakllangan, batafsil ma’no, tasdiq sifatida tushuniladi. 
Yaxshi shakllangan vazifa mo’ljallar, faoliyat sohalari, tashkilot falsafasi, 
faoliyatni amalga oshirish imkoniyat va usullari, tashkilot imijining izohini o’z 
ichiga oladi. 
Tashkilot maqsadlari ma’lum muddatdan keyin u erishishga harakat kiluvchi 
aloxida parametrlarning aniq xolatini tasvirlaydi. Maqsadlar uzoq va qisqa 
muddatli bo’ladi. Maqsadlar ba’zi zaruriy talablarga javob berishi lozim: ular 
erishish mumkin bo’lgan, egiluvchan, o’lchanadigan, aniq, moslashtiriluvchi va 
kabul kilinishi mumkin bo’ladigan bo’lishi kerak. 
Strategiyani tanlash va amalga oshirish strategik boshqaruvning asosiy 
qismlari hisoblanadi. Strategik boshqaruvdagi strategiya tashkilot rivojining uzoq 
muddatli sifatli aniqlangan yo’nalishi sifatida tushuniladi. Starategiyani tanlash 
tashkilotdagi vaziyatga bog’liq. Birok strategiyani tanlashda ma’lum yondashuvlar 
mavjud. 
Strategiyani tanlash firma faoliyatiga bog’liq bo’lgan uchta masalani xal 
qilishga bog’liq: 

ma’lum biznesni tugatish; 


118 

ma’lum biznesni davom ettirish; 

ma’lum biznesga o’tish. 
Tanlangan strategiyani baholash quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga 
oshiriladi: 
Strategiya firma maqsadlariga erishilishiga olib keladimi? 
Tanlangan strategiya muhim xolat va talablarga mos keladimi? 
Tanlangan strategiya firma potentsial va imkoniyatlariga mos keladimi? 
Strategiyadagi risk o’zini oqlaydimi? 
Xulosa shuki, strategik boshqaruv murakkab xarakterga ega va ko’p 
omillarning xisobga olinishini talab qiladi. Shu byalan birga, u firmaning ba’zi 
muammolarini va ularni echish usullari tuplamini anixlaydi. Strategiya bo’lish 
uchun bu tuplam tizimga aylanishi lozim. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin