Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

№ 
Xarakteristika 
Bluetooth 
Irda 
NFC 
1. 
Piring rejimida aloqa seansi 
Mavjud emas 
Mavjud 
Mavjud 
2. 
Aloqa 
seansining 
avtomatik
initsializatsiyasi
Mavjud emas 
Mavjud 
Mavjud 
3. 
Aloqa 
uzatish 
qurilmasining 
quvvati 
100 mVt 
20-80 mVt 
100 mVt 
4. 
Aloqa seansining konfiden-
tsialligi 
Mavjud emas
Mavjud emas
Mavjud 
33
Аллаберганов Р. Мобильный банкинг: перспективы развития в Узбекистане. //Рынок, деньги и кредит. -2012, №2.- c. 
65-68; Расулев Д.М., Қобилов А.О. «Электрон тижорат» Ўқув қўлланма. Тошкент -2010, 11-б. 


101 
5. 
Tez tranzaktsiya imkoniyati 
≥0,6 soniya 
≥0.1 soniya 
≥0.1 soniya 
6. 
Ma’lumotlarni 
uzatishning 
yuqori tezligi 
3 Mbit/s 
4 Mbit/s 
424 Kbit/sek 
7. 
Apparat 
darajasida 
himoya 
vositalari mavjudligi
Mavjud emas 
Mavjud emas 
Mavjud 
8. 
Dasturiy 
darajada 
himoya 
vositalarining mavjudligi 
Mavjud emas 
Mavjud emas 
Mavjud 
9. 
Simsiz 
smart-kartalar 
emulyatsiyasi mavjudligi
Mavjud emas 
Mavjud emas 
Mavjud 
10. 
Telefonga 
o’rnatishning 
arzonligi 
5$
1$
1$ 
11. 
Standart 
interfeyslarning 
mavjudligi 
Mavjud
Mavjud
Mavjud emas 
Jadvaldan 
ko’rinib turibdiki, NFC texnologiyasi o’zining barcha 
ko’rsatkichlari bo’yicha, ayniqsa mobil tijorat vazifalarini bajarishga juda mos 
keladi. Zamonaviy kompyuterlarda NFC standart interfeyslarining mavjud 
emasligi va ushbu texnologiyaning keng ommalashmaganligiga sababchi asosiy 
omildir. Hozirgi kunda bu muammo NFC–Bluetooth interfeyskonvertorlarini 
qo’llash orqali hal qilinmoqda. “Juniper Research” va “Edgar, Dunn & Company” 
konsalting kompaniyasi mutaxassislarining fikricha NFC texnologiyasi mobil 
to’lovlar bozorining rivojida muhim rol o’ynaydi. NFC texnologiyasi ultraqisqa 
(10 santimetrgacha) masofadagi simsiz aloqa texnologiyasi bo’lib, qurilmalar 
o’rtasidagi aloqani va ma’lumot almashish imkoniyatini ta’minlab beradi
34
. NFC 
texnologiyasi Mobil to’lovlarni amalda qo’llanishi va tadqiqotlar natijalari asosida 
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Yaqin kelajakda empirik kuzatuvlar ko’rsatishicha dunyo bo’ylab kredit va 
debit kartochkalarga nisbatan, ya’ni naqd pul va cheklarni o’rnini bosgan mobil 
to’lovlar keng tarqala boshlaydi, ayniqsa, mobil Operatorlar dunyo masshtabida 
intensiv rivojlanadi.
2. Iste’molchilar uchun afzal bo’lgan mobil to’lovlarning uch xususiyati – 
qulayligi, xavfsizligi va rentabelligi sababli mikro va makro shartnomalarni tuzish 
34
Vyas A., O'Grady P., A Review of Mobile Commerce Technologies// Department of Industrial Engineering, University of 
Iowa, 2001.; F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and 
results, Ph.D. Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986.; M. Fishbein, I. Ajzen, Belief, 
Attitude, Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975. 


102 
va amalga oshirish vositasi sifatida mobil to’lovlar mavjud to’lov tizimlariga 
nisbatan keng tarqaladi.
3. 
NFC, 
SMS 
va 
WAP 
turli 
ko’rinishdagi mobil to’lovlarni 
qo’llabquvvatlovchi keng tarqalgan texnologiyalar hisoblanadi. Keyingi o’rinda 
RFID, Bluetooth va IrDA turadi. Mobil to’lovlarning rivoji ko’pchilik
texnologiyalar tomonidan bir vaqtning o’zida qo’llab-quvvatlanishi kutilmoqda, 
bu holda iste’molchiga qulay bo’lgan texnologiyani tanlash imkoniyati yaratiladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kungacha bir-biriga mos kelmaydigan 
to’lovlar tizimlarining ko’pligi mobil tijoratning rivojlanishiga ma’lum jihatdan 
to’sqinlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda mobil Operatorlar, 
moliyaviy tashkilotlar, turli texnologik kompaniyalarning mobil to’lovlarni joriy 
qilish bo’yicha milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqish yo’lidagi hamkorligi 
kuzatilmoqda. “Edgar, Dunn & Company” mutaxassislarining fikricha, mobil 
to’lovlar rivojlanishidagi asosiy tendentsiya sifatida ochiq texnologik 
platformalarni ko’rsatish mumkin. Bu platformalar uyali aloqa tarmoqlarida
elektron to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. To’lov 
platformalari doirasida mobil elektron tijorat bozorining barcha ishtirokchilarini
tahlil qilish mumkin bo’ladi. Xulosa qilib aytganda NFC texnologiyasini 
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qo’llash 
sotuvchi va haridor o’rtasida axborot almashinuv jarayoni samarali tashkil 
etilishiga va qisqa vaqtda bir nechta tranzaktsiya bajarilishiga erishiladi. Buning 
uchun esa tadqiqot modellari va ularning natijaviy holatini tasavvurdagi shakllarini 
tahliliy ko’rib chiqish zarurdir.
Ilk TTM 1986 yilda Devis tomonidan taklif etilgan. Ushbu model bir qator 
ijtimoiy psixologlar tomonidan ilgari surilgan «asosli xarakatlar nazariyasi» 
asosida ishlab chiqilgan «ishonch-munosabat-maqsad-hozirgi xattixarakat» sabab-
oqibat ketma-ketligini, ya’ni zanjirini tashkil etadi
35
. Devisning TTM 
tadqiqotlarida ikki muhim konstruktsiyani tanlashda olinadigan foyda va ishlash 
35
F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and results, Ph.D. 
Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986. 12. M. Fishbein, I. Ajzen, Belief, Attitude, 
Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975. 13. М. Гринбалт – 
Развитие платежной системы и ИКТ в банках // ICTNEWS журнали 2016й №3. 60-б. с 34-38. 


103 
soddaligi mezon qilib olingan. Devis izlanishlari natijasida TTMni shunday 
tasavvur etadiki, ikki konstruktsiyaning birga faoliyat yuritishi (yoki ulardan 
foydalanish) foydalilik darajasini oshiradi va oson foydalanish imkoniyatini 
keltirib chiqaradi. Individlarning tasavvurida qandaydir mavhum tizim borki, 
odamlarning ish unumdorligini oshiradi, foydalanish soddaligi esa shunday 
darajaki, undan foydalanish individlarning jismoniy va aqliy zo’riqishidan ozod 
qiladi. Axborot tizimlarini joriy qilish yuzasidan olib borilayotgan aksariyat 
tadqiqotlarda TTMdan keng qo’llanilmoqda. TTM qabul qilindi va WWW 
kontekstida dasturiy ta’minotdan foydalanishni oldindan aniqlab berishda yordam 
berishini ko’rsatdi. Shunday qilib, biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishda mobil to’lov texnologiyalarini hamda texnologiyani tanlash modeli 
ancha ahamiyatli hisoblanadi.


104 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin