79
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan
va sindikativ ma’lumotlar deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va
ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo’lish mumkin. Bunday
axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum
bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning
qanchalik muhim ekanligini to’g’ri tanlash, turli maqsadga yo’naltirilgan
axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga
erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga
materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot
manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi
axborotlar kamchiliklarini ham aytib o’tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli
darajada ishonchli va to’liq bo’lmasligi mumkin.
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat.
- birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o’tkazib yig’ishga qaraganda kabinet
tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko’p marta kam.
- ikkilamchi tadqiqotlar ko’pincha firmani ichki holatini tadqiq qilish uchun
zarur bo’lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo’lmaydi.
-Birlamchi tadqiqotda echilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga
tegishlixulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa,
birlamchi axborotlarni yig’ish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko’pchilik
marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini
ko’rsatadi.
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun
maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: