XI BOB. KREDITNING ZARURLIGI, MOYOIYATI VA
FUNKTSIYALARI
1-§. Fondlarning aylanishini o’ziga xos xususiyatlari va kreditning
zarurligining boshqa omillari
O’zining tarixiy rivojlanishida kredit bir necha bosqichlarni bosib o’tgan.
Birinchi shakllanishi
. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida
maxsus vositachilarning yo’qligi edi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul mablag’larning
egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilar edi. Bu erda kredit
sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning xarakterli belgilari sifatida
quyidagilarni belgilab o’tish mumkin:
- qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi, to’g’ridan-to’g’ri kelishuvga
asoslangan qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi;
-
mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi;
-
qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining
belgilanganligi va boshqalar.
Bu bosqichning tugallanishi ishlab chiqarish maqsadlari uchun moliyaviy qarz
resurslariga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga olib kelgan kapitalistik ishlab
chiqarish usuli bilan bog’liq. Alohida olingan sudxo’rlarning individual kapitallari
ko’rsatilgan talablarni qondirish uchun etarli emas edi. Bu esa ba’zi mulkdorlar
tomonidan boshqa mulqdorlar pul mablag’larini jalb qilish hisobidan o’z faoliyatini
olib borishga majbur qilardi.
Dostları ilə paylaş: