-
bo’sh moliyaviy mablag’larni foiz bilan vaqtida to’lash majburiyati asosida
qarz oluvchiga berishiga asoslanib jamg’arish;
-
yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to’lov va hisob-kitoblar bo’yicha
xizmat ko’rsatishi (keyinchalik davlat uchun ham);
- qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o’tkazish (masalan, veksel
munosabati mexanizmi bo’yicha xizmat ko’rsatish va boshqalar).
Maxsus vositachilarga ssuda kapitali bozorida bo’lgan talab,
shuningdek,
foydaning yuqori normasi bank tizimining boshqa faoliyat sohalaridan keladigan
kapital oqimi hisobiga rivojlanishini aniqlab beradi (yangi vujudga kelayotgan
kredit
tashkilotlarining tuzuvchilari sudxo’r va sarroflar bo’lmay, balki sanoat va savdo
kapitalistlari edi). Rivojlanish bosqichida ssuda kapitali
bozoridagi munosabatlar
ma’lum darajada shakliy xarakter ola boshladi, kreditlashning malum bir turdagi
jarayonlari o’rnatildi, ssuda kapitalining o’rtacha regional va o’rtacha
milliy
normalari o’rnatildi va h.k. Biroq kredit tashkilotlarning faoliyati haligacha
markazlashmagan edi. Bu esa ssuda kapitali bozorining rivojlanishiga to’sqinlik
qilardi va iqtisodiyotning tsiklik rivojlanish sharoitlarida moliyaviy bozorning boshqa
bo’g’inlarida nomutanosibliklarni keltirib chiqardi.
Yoozirgi ahvoli
. Bu bosqichning asosiy belgisi - iqtisodiyotda kredit
munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.
Davlat
miqyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki
yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki umumilliy davlat kredit institutlarining paydo
bo’lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo’l keldi hamda tijorat
banklarining operatsiyalari va xizmat ko’rsatish ko’lamining kengayishiga olib keldi,
masalan, fond bozoriga xizmat ko’rsatish bo’yicha. Keyinchalik Markaziy banklar
faoliyati bozor iqtisodiyotini barqarorlashtirishning samarali omili bo’lgan kredit
dastaklarini ishlatish bo’yicha yo’naltirildi. Bu esa davlatniki bo’lmagan kredit
tashkilotlarini nazorat qilishni kuchaytirishni talab qildi. Shuningdek,
iqtisodiyotda
informatsion texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter
kommunikatsiyalari va ma’lumotlar bazalarining shakllanishi
kredit munosabatlarini
yangi sifatli darajaga, ya’ni mijozga xizmat ko’rsatish bilan birga ularning moliyaviy
150
faoliyatining hamma jabhalariga, shuningdek, xalqaro bozorga ham tarqalishiga olib
keldi.
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati - bu ishlab chiqarishdir. Ishlab
chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat
hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari
ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi
muammodir.
Bu muammo o’z
echimini
Dostları ilə paylaş: