Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


kredit  kategoriyasi yuzaga keladi. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

kredit 
kategoriyasi yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan
, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo’sh qolgan 
mabalg’larning harakatsiz turib qolishining oldin olinadi;
ikkinchidan, 
takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga 
imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo’lishi 
zarur. Shu masala bo’yicha bazi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil 
qilib, iqtisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga
153 


ko’proq e’tibor berilganini ko’rsatib o’tish mumkin. Kredit munosabat bo’lishi 
uchun:
birinchidan, 
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi -
huquqiy jihatdan mustaqil sub’ekt bo’lishi kerak. Mustaqil sub’ekt sifatida har ikkala 
tomon bir-biri bilan o’zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini 
moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini 
hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida tomonlar itisodiy munosabatga 
kirishishlari kerak.
ikkinchidan, 
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan 
taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, ob’ektiv 
jarayonlar, o’zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’liq.
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga berish bo’yicha, 
qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish bo’yicha qiziqish tug’ilgan 
taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining 
yo’nalishiga bog’liq. Tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi 
tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat 
vaqt va fazo jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muhim sifatlari kredit 
munosabatlari sodir bo’lishining asosiy sababi bo’lolmaydi. Kredit vujudga kelishi 
uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi 
va shunga o’xshash boshqa aniq sharoitlar bo’lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir 
etuvchi omillar bo’lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa 
fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga 
oshirish uchun zarur deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to’g’ri deb qaraydigan bo’lsak, 
kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo’ladi, chunki u qarz berish 
orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
154 


Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy 
aylanishiga asoslangan ob’ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit 
operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo’lib 
qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki

kreditning ob’ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy 
aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zaruriyat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo’sh mablag’lardan 
kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
1) 
asosiy
fondlarni
tiklash,
kapital
tamirlash
uchun
ajratiladigan
amortizatsiya 
sifatidagi pul mablag’lari;
2) 
tovarlarni
sotish
va
yangi
moddiy
resurslarni
sotib
olish
vaqtlarining
bir-biriga mos 
kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo’sh pul mablag’lari;
3) 
tovarlar
realizatsiyasidan
tushgan
tushum
bilan
ish
haqini
to’lash
vaqtlari
orasida 
vaqtincha bo’sh turib qolgan pul mablag’lari;
4) 
kengaytirilgan
takror
ishlab
chiqarish
jarayonida
yig’iladigan
va
kapitallashtirish 
uchun mo’ljallangan qo’shimcha mablag’lar;
5) 
shaxsiy
sektor
daromadlari,
jamg’armalari
va
boshqa
bo’sh
pul
mablag’lari.
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har 
birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato 
hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o’zi kredit berilishi uchun u yoki bu 
darajada etarli bo’lmasligi mumkin.
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi 
jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. Shunga asosan kredit takror ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi degan 
shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo, bunda qo’shimcha resurslarga 
muhtojlik o’z-o’zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. 
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud 
bo’lishi kerak.
155 


Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri kredit 
munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va 
qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo’jalik hisobida ish yuritishida ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma 
fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarning 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasining maromiyligini saqlash
korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov 
summasini olish ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli kechiktirgan holda kreditning 
zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning 
maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi.
Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish ta’minlaydi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida uzluksiz davom 
ettirib, moddiy ne’matlar yaratish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, bir zum 
bo’lsada, to’xtab qolishga yo’l qo’yilmaydi.
Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta’minlovchi 
dastaglardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin.
156 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin