Kreditning harakat boskichlari
ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga
beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
159
B
k
- O
kz
- I
k
... V
r
... Q
k
- F
ks
B
k
- kreditning berilishi
O
kz
- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish
uchun olinishi
I
k
- kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi
bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
V
r
- qarz oluvchining xo’jaligida qarzga olingan qiymatni aylanma oboroti
tugallanishini resurslarning oborotdan chiqarilishi ifodalaydi.
Q
k
- kreditni qaytarish
F
ks
- vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo’liga qaytib kelishi (% bilan)
Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib beruvchanlik
sharti va foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala
shartdan tashqari kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilishini asoslash
uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy - iqtisodiy belgilarini hisobga olish
zarur.
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan
yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Yoar qanday iqtisodiy kategoriya o’zining funktsiyalariga ega bo’lgani kabi
kredit ham o’zining bir qator funktsiyalariga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda
kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning
funktsiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon
bo’lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, funktsiya, uning mohiyati va roli o’rtasidagi oraliq
zveno sifatida ko’rib chiqiladi.
Kreditning funktsiyalari haqida olimlar o’rtasida yagona izchillik yo’q.
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funktsiyalarini tahlil qilishda ikkita
echilmagan muammo mavjud:
1)
funktsiyani
tushunishning
uslubiy
asoslari;
160
2)
funktsiyalarning
tarkibi
va
strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi
munosabatlarga xos funktsiyalar taalluqli:
a)
kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati
orqali;
b)
qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati
orqali;
v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati
orqali.
Kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda
kreditor qarz oluvchiga resurlarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu rusurslarni ishlatadi va
bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi. Bu erdan
kreditning birinchi funktsiyasi kelib chiqadi:
1.
Qarzga
beriluvchi
qiymatni
vaqtincha
foydalanishga
berish
funktsiyasi
Kredit va pul mablag’lari o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda,
kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funktsiya oldinga
surilgan. Lekin bu funktsiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan»
chiqib ketgan.
Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funktsiyasini keltirib
chiqaradi.
2.
Qayta
taqsimlash
funktsiyasi
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga - ishlab chiqarish,
taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko’rsatadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq holda kredit, ishlab chiqarish,
taqsimlash yoki iste’mol jarayonida kechadigan funktsiyalardan farqli o’laroq qayta
taqsimlash funktsiyasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo’sh moliyaviy
resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo’naltiruvchi va natijada yuqori
foydani ta’minlovchi o’ziga xos dastag sifatida namoyon bo’ladi.
161
Qayta taqsimlash funktsiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va
shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi
va vaqtincha foydalanishga, muayyon to’lov asosida beriladi. Bu funktsiya
yordamida ishlab chiqarishdagi proportsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib
turiladi.
O’zining turli tarmoqlar va mintaqalarda tabaqalanish darajasiga tayanib, kredit
iqtisodning stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi. Bazi hollarda bu
funktsiyaning
amalga
oshirilishi
bozor
tizimida
nomutannosiblikning
chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday holat MYoD davlatlarida bozor
iqtisodiga o’tish bosqichida namoyon bo’lmoqda. Shuning uchun kredit tizimini
davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni
oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni
rag’batlantirishdan iboratdir.
3.
Muomala
xarajatlarini
tejash
funktsiyasi
Kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit
pullari - veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini ta’minlab kelgan. Lekin,
oltinning monetar roli yo’qolishi tufayli kredit bu funktsiyasi yordamida naqd pulsiz
hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarni tezligini va kam xarajatliligini
ta’minlamoqda. Kapitalning muomalada bo’lish vaqtining iqtisod qilinishi uning
ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va bu ishlab chiqarishni kengaytirishga,
foydaning ortishiga olib keladi.
Bu funktsiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib
chiqadi. Uning manbai sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida
vaqtincha bo’shagan moliyaviy mablag’lar hisoblanadi. Xo’jalik sub’ektlari pul
mablag’larining kelib tushishi va ishlatilishi o’rtasidagi vaqt bo’yicha farq faqatgina
ortiqcha mablag’lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag’larning etishmovchiligini
ham aniqlab beradi. Shuning uchun korxona va tashkilotlarning o’z aylanma
mablag’larining vaqtinchalik etishmovchiligini to’ldirish uchun ssudalar berish keng
tarqalib borgan.
4.
Kapital
to’planishining
jadallashuvi
va
kontsentratsiyalashuvi
funktsiyasi.
162
Kapital to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va
xo’jalik yurituvchi xar bir sub’ektning maqsadga erishishining muhim sharti
hisoblanadi. Bu masalani xal qilishga va ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuning
bilan birga, qo’shimcha foyda olishga qarz mablag’laridan foydalanish yordam
beradi. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, iqtisodiy inqiroz davrida bu resurslarning
qimmatliligi ko’pchilik xo’jalik faoliyati jabxalarida kapital to’planishini
jadallashtirish masalasini hal qilishda to’sqinlik qiladi. Shunga qaramasdan, ko’rib-
chiqilayotgan funktsiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va
mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag’lar bilan
ta’minlanish jarayonini sezilarli tezlashtirdi.
5. Muomalaga to’lov vositalarini chiqarish funktsiyasi.
Bu funktsiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki
pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to’lovlar
aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi
doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalarni kiritilib, naqd pulli hisob-
kitoblarni naqdsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi
iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal
etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida
muhim o’rin tutadi.
Fan texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samaraliroq amalga
oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir
mamlakat yoki aloxida xo’jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi
omiliga aylangan. Kreditning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish-dagi rolini fan-
texnika tashkilotlarining faoliyatini moliyalashtirish jarayoni orqali kuzatish mumkin.
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlarning normal ishlab turishini
ta’minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatilishi
mumkin. Shuningdek, kredit innovatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy
tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini o’zgartirish bilan
bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur.
163
Albatta, korxonalarning mablag’lari etarli bo’lgan holda bu turdagi xarajatlar
dastlab korxonalarning o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi, shuningdek, o’z
mablag’lari etarli bo’lmagan sharoitda bankning maqsadli o’rta va uzoq muddatli
ssudalari hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Kreditni ishlatish samaradorligi uni pozitiv ravishda ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirishga va mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishiga tasiri bilan
aniqlanadi.
Ko’rib o’tganimizdek, kredit xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish va
sotuv, to’lov jarayonidagi mablag’lar etishmovchiligini qoplash uchun olinadi. Agar
korxona ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish uchun kredit mablag’lardan
foydalanadigan bo’lsa, shu kredit fondlar aylanishining barcha bosqichlarini bosib
o’tadi va miqdoriy jihatda o’sgan holda aylanishdan chiqariladi va qarz beruvchiga
qaytariladi.
Kredit resurslaridan korxona quyidagi hollarda foydalanishi mumkin:
1)
korxona
kreditni
xarajatlarning
biron
turini
amalga
oshirish
uchun,
masalan,
xom
ashyo, materiallar sotib olish, tugallanmagan ishlab chiqarish uchun yoki
jo’natilgan tovarlar uchun olishi mumkin;
2)
korxona
aylanma
fondlarning
doiraviy
aylanishining
barcha
bosqichlariga
kreditni
jalb qilishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish zahiralari sotib olishga,
tugallanmagan ishlab chiqarishga, tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga va
boshqa xarajatlar uchun;.
3)
korxonani
kompleks
kreditlashtirish
zarur
bo’lganda
amalga
oshiriladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xo’jaliklar tomonidan kreditdan
foydalanish variantlarini quyidagicha sxema ko’rinishida ifodalash mumkin:
164
|