Bank tomonidan kreditlar qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha oldi-sotdi
operatsiyalarini
amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, diler
firmalariga beriladi.
Ko’chmas mulk egalariga ipoteka kreditlari berilishi mumkin. Ular ham oddiy,
ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu hozirda xorij amaliyotida
keng tarqalgan bo’lib, xatto ba’zi manbalarda kreditning
alohida shakli sifatida
namoyon bo’ladi. Bizning mamliyotimizda esa bu faqatgina 1996 yildan boshlab
tarqala boshladi. Xususiylashtirish
jarayonining rivojlanishi, mulkka egalik
asoslarining qonunlashtirilishi ipoteka kreditini yanada ravnaq topishiga olib keladi.
Banklararo kreditlar - bank kreditining keng tarqalgan shakllardan biri.
Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijorat
bankning boshqa turlardagi
ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu normaning
aniq miqdori (hisob stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: