4-§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning pog’onalari, maqsad va
vazifalari
Biz ta’kidlaganimizdek O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib,
banklar tizimining birinchi pog’onasi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
ikkinchi pog’onasi - tijorat banklari, ularning shq’balari, chet el banklari sho’’balari
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagi
sxemada keltirish mumkin.
6-sxema
O’zbekistan Respublikasi Bank tizimi tarkibi
I
noroHa
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Markaziy apparat
Viloyat bo’yicha Markaziy
bank boshqarmalari
195
7-sxema
II pog’ona
Nobank kredit
tashkilotlar
Kredit tashkilo
tlar
—
Chet el banklari vakolatlari
bo’limlari
Eamcjiap Ba ynapHHHr 6yjiHMjiapH
|
1
Universal banklar
Maxsus, ixtisoslashgan banklar
|
1
Funktsiyalari bo’yicha
ixtisoslashuvi
Tarmoqlar bo’yicha
ixtisoslashuvi
Innovatsiya banki Investitsiya banki
Ipoteka va bosho’a banklar
Paxta bank
Sanoatqurilish bank
Asakabank
Xalq banki
Aloo’a bank va boshqalar
1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqillikni e’lon qilinishi tarixiy
bir voqea bo’ldi. Mustaqillik bizga o’z-o’zimizni boshqarishi, imkoniyatlarimizdan
o’zimiz foydalanish, shaxsiyatimiz-ni qaytib olishimizga katta yo’l ochib berdi.
Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti bizning
respublikamizga ham kirib keldi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
tug’ildi.
Mustaqillikka erishilguncha qadar O’zbekiston hududidagi bank muassasalari
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq
bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar bank tizimi 3 turdagi
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR O’urilish banki va SSSR Tashqi bankini o’ziga
olardi. Sobiq SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqeiga ega bo’lib, o’z
vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo’jaliklarga hisob-kitob
operatsiyalari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya
196
funktsiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish
funktsiyalarini bajarishini monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va
nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni
boshqarishida formal xarakterga ega edi. Davlat banki kredit resurslari bo’yicha
cheklanmagan monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari
harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilishi davlat bankining monopol ta’siri
ostida edi. Kapitalizmga xos barcha xususiyatlarini inkor etilishi sobiq «ittifoq» bank
tizimini tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi
asosida faoliyat ko’rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini
boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki
qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishni markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor
iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlr qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank
tizimini qator kamchiliklari ro’yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub o’zgarishlarini
amalga oshirishini talab etardi. Albatta, bu iqtisodiyotiga ilk qadamlar qayta qurishi
sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar iqtisodiyotiga tadbiq etilishi
bilan tushuniladi. Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu
jarayonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o’zgartirish, banklarni rolini
oshirish, iqtisodiy tizimini rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni
harakatdagi iqtisodiy dastakka aylantirish ko’zda tutilgandi.
O’ayta tashkil etish jarayoninig birinchi bosqichida davlat banklarini yangi
strukturasini tashkil etish boshlandi. O’ayta tashkil modeli qo’yidagilarni o’z ichiga
oladi:
-
ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirishi: Markaziy emission bank
bevosita xo’jliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
-
ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini
moliyalashga o’tkazish;
-
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit
munosabatlari uslublari va formalarini takomillashtirish.
197
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining kredit
tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funktsiyasini maxsus ixtisoslashgan
banklarga topshirdi.
Ya’ni bankning emission faoliyati bilan kreditlash faoliyatini birga olib borish
funktsiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki ihtisoslashgan banklar faoliyatini
boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul kredit siyosatini olib boruvchi
muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan
maxsus ixtisoslashgan banklar: sanoat-qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial
taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Milliy bank, Jamg’arma banki xo’jaliklar bilan
banklar o’rtasidagi aloqalari tobora yaqinlashtiradi ixtisoslashtirilgan davlat banklari
o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini
takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan
banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to’liq ifoda qilolmasdi. Shuning
uchun ham bank tizimini takomillashtirishning 2-bosqichi ob’ektiv zaruriyatga
aylandi.
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimini tashkil etila boshladi. Lekin
bu davrda, birinchidan, markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali
ham yuqori edi, ikkinchidan, sohalar deyarli hamma qismi bilan davlat tassarrufida
edi.
O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real
asos 1991 yil 15 fevralda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuni
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy
banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot
bnradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini
qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi, Tijorat banklarining soni tobora oshib boradi.
O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini
tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat qilib qo’yildi:
198
- Markaziy bank boshchiligida hamda keng tormoqli mustaqil tijorat va
xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika xududida
yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit
yaratish;
-
barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul massasining asossiz
o’sishini keskin cheklash;
-
O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari hamda imkoniyatlarni yaratish.
Birinchi bosqichda belgilangan vazifalarni bajarilishiga jadal kiritilishi
respublika bank tizimini zamonaviylashgan ko’rinishini olishiga olib keldi. Hozirda
respublikada keng tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan holda
xo’jaliklar tashkilotlar, aholiga xizmat ko’rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |