Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Tayanch so’zlar
bank;
investitsion bank;
sug’urta kompaniyasi;
biznes fond;
davlat banki;
bankrot;
investitsion kompaniya;
tijorat banki;
jamg’arma banki;
kliring bank;
kredit uyushmasi;
bank tizimi;
ipoteka banki;
kredit tizimi;
markaziy bank;
nobank kredit tashkilotlari.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Qadimgi banklar qanday ko’rinishda vujudga kelgan? 
2.
Banklarni vujudga kelish zaruriyati va ahamiyati nimalardan iborat? 
3.
Banklar ilk davrlarda qanday vazifalarni bajargan? 
4.
Bank tizimi deganda nimani tushunasiz? 
199


5.
Bank tizimini rivojlanish bosqichlari haqida nimani bilasiz? 
6.
Kredit tizimi deganda nimani tushunasiz? 
7.
Kredit tizimi qanday tuzilgan? 
8.
Maxsus moliya-kredit institutlariga nimalar kiradi? 
9.
O’zbekiston Respublikasida ilk banklar qachondan boshlab shakllangan? 
10.
O’zbekistonning mustaqil bank tizimining shakllanishi? 
11.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlanish bosqichlarini sanab bering? 
12.
Banklar qanday vazifalarni bajaradi? 
200 


XIII BOB. MARKAZIY BANK, ULARNING VAZIFALARI VA
FUNKTSIYASI
1-§. Markaziy bank va uning tuzilishi
Maraziy bank - pul-kredit siyosatini emissiya jarayonlarini olib boruvchi, 
kredit tizimining bosh banki hisoblanadi.
Birinchi Markaziy banklar qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarning 
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil qilingan Shved Risk 
banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya bankidir. Evropa mamlakatlarida Markaziy 
banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarimida faoliyat ko’rsata 
boshlagan.
Banklar paydo bo’lgan davrlarda markaziy (emission) va tijorat banklar 
o’rtasida bo’linishi bo’lmagan. Rivojlangan mamla-katlarda tijorat banklar 
kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning 
yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqorish 
yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu 
bank milliy yoki emission bank, keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy 
bank, ya’ni kredit sistemasini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat 
qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li 
mavjud:
Birinchi yo’l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarning rivojlanishi 
natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. 
Masalan, Frantsiya banki 1880 yilda, Germaniya Reyxsbank - 1875 yilda, Italiyada -
1893 yilda, Ispaniyada - 1874 yilda emission markaz sifatida faoliyat ko’rsata 
boshladi.
Ikkinchi yo’l - tashkil qilingandayoq Markaziy bank emission markaz sifatida 
qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AO’Shning federal banklari (1913),
201 


ko’pgina Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi banklar, Avstriya banki va boshqalarni 
misol keltirish mumkin.
AO’Shda Markaziy bank fraktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal 
Rezerv Sistema bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu 
banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat 
banklar aktsioner sifatida dvidend olishadi. Dvidend miqdori 6% dan oshmasligi 
kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z faoliyatini olib borishi 
kerak.
Jahonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo’lgan banklardan biri bu 
Nemis federal banki - Bundesbank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank 
parlamentga hisobot beradi. Ko’pgina hollarda Markaziy banklarning mustaqilligi 
nisbiy xarakterga ega bo’lib, ular Davlat banki hisoblanadi. Markaziy bank orqali 
davlatning iqtisodiy siyosati olib boriladi.
202 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin