XII BOB. BANKNING MOYOIYOTI VA BANK TIZIMI
1-§. Banklarning kelib chiqishi va uning mohiyati
Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa
har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo’lishi va ularning rivojlanib
borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo’lishini
taqozo
qiladi.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat,
shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z
bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga
mablag’ zarur bo’lgan sub’ektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italyancha «banca» so’zidan olingan bo’lib «stol», aniqrog’i «pullik
stol» degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi,
idishlardagi monetalarni stol ustiga qo’yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atashgan. Agar
puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u
o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb atashgan.
Ya’ni, bizga ma’lum bo’lgan «bankrot» so’zi ham italyancha«banca» so’zidan
olingan.
Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florentsiya
va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday
banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgdagi (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda,
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari-savdogarlarga
xizmat
qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o’z
mijozlarini monetalar tarkibi buzulishi tufayli zarar ko’rishdan himoya qilgan. Ular
hisoblarni ma’lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida
185
olib borishgan o’zlarining bo’sh pul mablag’larini jirobanklar davlatga, shaharlarga,
chet el savdogarlariga ssudaga berishgan
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi
davlat
hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan
Tarixda birinchi yuzaga kelgan
bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda
aktsioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo’lib, unga
davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat
rivojlanish natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan.
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlar va
talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan.
Natural xo’jalik
munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining
rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan.
Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to’lanishi,
doimiy pul aylanishini
yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan boshqarish zarur edi. Shunday
qilib, banklar mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini
boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o’laroq bankir tadbirkor sifatida o’z ish
faoliyatini olib borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor o’z kapitalini sanoatga, savdogar o’z mablag’ini
savdoga qo’ysa, bankir o’z kapitalini bank ishiga qo’yadi.
Ssuda kapitalisti asosan
o’z bo’sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga
tayanadi. Ssudaga mablag’ beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bo’lsa,
bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat
muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o’z
qo’llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar.
Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus
korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo’jaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni
jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o’z ichiga oladi. Bank o’z faoliyati
davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga
186