Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. O’zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. O’zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi
Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning 
mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishi 
taqozo qildi. Mustaqil pul tizimini tashkil topishining 1 bosqichi 1993 yildan boshlab 
«so’m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini 
qurishning ikkinchi bosqichi - 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta «so’m»ning 
muomalaga chiqarishi bo’lib, u O’zbekiston tarixidan juda katta ahamiyatiga ega.
Yoar bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlaridan tashkil topadi va qonun 
asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari bo’lib, qo’yidagilar 
hisoblanadi:
-
pul birligining nomi; 
-
pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar; 
-
ularni muomalaga chiqarish qoidalari; 
-
pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari; 
-
naqd pulsiz to’lov oboroti va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib 
borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar; 
-
milliy valyutani chetga olib chiqishi va chetdan olib kelish qoidalari; 
-
xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari; 
-
milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan 
o’rnatilgan valyuta kursi. 
Alohida olingan davlatning pul tizimi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, uning 
elementlari u yoki bu tomoniga o’zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko’zgusi hisoblanadi desak xato bo’lmasa kerak. 
Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob’ektiv talablar, ya’ni 
pul tizimining yagona bo’lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul 
muomalasining talabga qarab o’zgarib turishi kerakligini qo’yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul tizimining 
ham tugashiga olib keldi. Natijada ba’zi respublikalar rublni o’z milliy valyutasi
98


sifatida ishlatib turgan holda o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, 
Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini qabul qilishdi. 
Keyinchalik Ozarboyjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo’nalishni 
davom qildirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va 
kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul-rubl zonasining tugatilishiga, uning 
har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30 
foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rublning nominal qiymati bir dollarga 
125 rubldan, dekabr 1992 yilda 485 rublgacha, mart 1993 yil 1 dollar 660 rublgacha 
tenglashdi. Pul qadrini tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxirgi esa ish xaqi, 
nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR mavjudligining oxirgi 
banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga Markaziy bank, mustaqil 
davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
99 


3-jadval 
Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari aprel 1993 yil
Respublikalar
Pul birligi va uning kursi
Armaniston
Rubl
Azarbaydjon
Manat va rubl (1manat=10 rubl)
Belarus
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya
Krona (8 kron=1 nemes markazi)
Gruziya
Rubl va kupon
Qirg’iziston
Som (3 may 1993 yildan)
Latviya
Latviya rubli (130 l.r. = AQSh dollari)
Litva
Talonlar (505 talon = 1 AQSh dollari)
Moldaviya
Rubl va kupon
Rossiy
Rubl
Tojikiston
Rubl
Turkmaniston
Rubl
Ukraina
Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl)
O’zbekiston
Rubl va so’m kupon
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni 
bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Undan tashqari davlat pul belgilarini bosib 
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy 
banklarning pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklangan edi. 
Natijada pul taqchilligi yuzaga keladi va u alohida olingan respublikalarda har xil 
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan 
pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrida 64 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 
1992 yil iyuniga kelib emissiyasining 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga 
yo’naltirilgan. Qolgan barcha respublikalarni naqd-pul bilan ta’minlashgan uchun 
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa 
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan,
100


Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi 
respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul 
resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon 
bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil 
davlatlar oldida ikki alternativ yo’l turardi.
1. 
Yagona
pul
tizimi
zonasi
-
rubl
zonasida
qolish
va
yagona
pul
siyosatini
olib 
borish;
2. 
O’z
milliy
valyutasini
muomalaga
chiqarib
o’z
pul
tizimiga
ega
bo’lish
va 
qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish;
Pul taxchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan 
sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan, 
O’zbekiston ham mustaqillikning birinchi yillarda pul tizimini shakllantirishning 
loyihasini tuzdi, yuqorida ta’qidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi 
va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. 
O’zbekiston milliy valyutasi-so’mning muomalaga chiqarilganiga qariyb o’n yilcha 
vaqt o’tdi va u pul sifatida barcha jarayonlarda ishlatilib kelmoqda.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat 
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson 
bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda 
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi.
Yoozirgi kunimiz, iqtisodimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy 
mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanglaganini ko’rsatib turibdi. Zero mustaqil 
pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lish mumkin emas.
101 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin