Pulga bo’lgan talab mamlakat pul oboroti asosida aniqlanadi. Pul talabi
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari
olib boradigan naqd
pullik va naqd pulsiz oborot uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga
bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
o’rtasidagi bo’ladigan pullik jarayonlarining qo’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni
qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga
bo’ladigan talab, shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq
operatsiyalar tez
bajarilsa pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi va demak muomalaga kam pul
chiqarish kerak bo’ladi.
Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga
bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish
mumkin, aksincha pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi.
Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa
bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet
taxchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining
daromadlaridan oshib
ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan
ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada
ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga
yoki uning
salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak.
Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin, zaxira va
valyuta rezervlarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta
zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti - inflyatsiyaga qarshi puxta
o’ylangan siyosat yurgizishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m
muayyan
miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni
tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
103