Tayanch so’zlar
chet el valyutasi;
valyuta riski;
xalqaro valyuta tizimi;
valyuta chegaralari;
jaxon valyuta tizimi;
valyuta tengligi;
valyuta savati;
xalqaro valyuta bozori;
SDR;
rezerv valyuta;
EKYu;
eksport operatsiyasi;
evro;
import operatsiyasi.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Valyuta tizimining asosiy elementlari?
2.
Yamayka valyuta tizimini asosi nima?
3.
Parij valyuta tizimini asosi nima?
4.
Evro valyuta tizimini tashkil topishi?
5.
Xalqaro valyuta fondi?
122
6.
Nima maqsadda Evro muomalaga kiritildi?
7.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari.
123
IX BOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI
1-§. Xalqaro
hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari
Bozor iqtisodi sharoitida tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki
boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni olib boradilar. Tijorat
banklarining boshqa mamlakatlar bilan olib boruvchi operatsiyalari ularning xalqaro
operatsiyalari deb yuritiladi. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari o’z ichiga
xalqaro savdoda ishtirok kiluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni, ssuda kapitali
bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi, turizm, xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib
olish va sotish, valyutani ayirboshlashi chek, veksel, inkassatsiya uchun bank
aktseptlarini kabul qilish bilan shugullanuvchi mijozlar tomonidan talab qilinadigan
xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini
kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Xalqaro savdoni bank
tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish,
veksel bo’yicha va aktsept kreditlarni, bank ssudalarini berish shaklida amalga
oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllariga lizing, faktoring va
forfetirlash kabilarni kiritish mumkin. Urta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari
evro-kredit shaklida ham beriladi.
Banklarning xalqaro operatsiyalarining yana bir turi bu banklarning valyuta
operatsiyalari hisoblanadi. Bankning bir valyutani boshqa valyutaga almashtirish
bilan bog’liq xalqaro operatsiyalari valyuta operatsiyalari deyiladi. Ularni amalga
oshirish zaruriyati mavjudligining asosiy sababi xalqaro savdo, xalqaro kredit va
xizmatlar bo’yicha hisoblashishlarda yagona to’lov vositasiga ega bo’lish zarurligi
hisoblanadi.
Turli xil valyuta operatsiyalari yig’indisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy
qismlaridan biri bo’lgan valyuta bozorini hosil qiladi. Valyuta bozorida xorijiy
valyutaga talab va taklif mujasamlashtiriladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlari
uchun daromad olgan eksporterdan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni
124
to’lash uchun xorijiy valyutaga muhtoj importerlardan kelib chiqadi. Valyuta
operatsiyalari asosini tovaralar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati
tashkil etadi.
Valyuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan banklar, kompaniyalar va
jismoniy shaxslar amalga oshiradilar. Birja ichida va undan tashqaridagi valyuta
bozorlari bir-biridan farq qiladi. Valyuta operatsiyalarining ko’pchiligi birjadan
tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali), mijozlari bilan valyuta
operatsiyalarini xalqaro banklararo valyuta bozorida va birjalarda olib boradi.
Valyuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valyuta bozorida tijorat
banklari o’rtasida imzolanadi.
Valyuta cheklashlari yo’q yoki sezilarli bo’lmagan davlatlarda (AQSh,
Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA va boshk.) valyuta muomalalarini
ixtiyoriy bank amalga oshirishi mumkin. Milliy valyuta konvertirlanmagan
davlatlarda valyuta operatsiyalarini faqatgina davlat ruxsat bergan banklar amalga
oshiradi.
Bankning valyuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro’yiga,
xorijiy bo’limlari va filiallari tarmoklarining rivojlanganlik darajasiga, EXM bilan
ta’minlanganligiga, telefon va telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog’liq.
Valyuta operatsiyalarining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to’g’ri keladi. Ular
nafaqat valyutani sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki xorijiy
valyuta zahiralarini saqlaydi va valyuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga
katirovka yuzasidan murojaat qiladi va o’z mijozlari uchun valyutani sotib oladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda (Yaponiya, GFR, Frantsiya, Italiya, Avstraliya,
Niderlandiya) yaxshi taraqqiy qilgan maxsus valyuta birjalari mavjud. 70-yillardan
boshlab fond va tovar birjalarida valyuta bilan savdo qilish tarqalgan.
Banklar tomonidan valyuta operatsiyalari bankning o’z hisobiga yoki mijozlar
hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Valyuta operatsiyalari xorijiy valyutada
ifodalangan naqdsiz to’lov vositalari: bank depozitlari, cheklar veksellar, o’tkazmalar
125
hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valyutasi hisobiga amalga oshiriladigan
operatsiyalar hajmi ancha kichikdir.
126
|