O’attiq valyuta cheklashlari mavjud mamlakatlarda
bozor kotirovkasi deyarli
mavjud emas. Hamma operatsiyalar rasmiy kurs bo’yicha amalga oshadi. Valyuta
cheklashlari deyarli yo’q (sezilarsiz) yoki yo’q mamlakatlarda
bozor kursini bir-biri
bilan doimiy muloqotda bo’lgan yirik tijorat banklari o’rnatadi. Bu banklarni
market-meykerlari
deb ataydilar. Boshqa banklar
kotirovka yuzasidan ularga
murojaat qilishadi. Banklararo valyuta kotirovkalari market - meykerlar tomonidan
har bir valyuta bo’yicha mavjud bo’lgan yoki kutilayotgan talab va
taklifni taqqoslash
(bu operatsiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida belgilanadi.
Valyuta birjasi yo’q davlatlarda valyuta bozori katnashchilari banklararo
kurslardan foydalanashadi. Banklararo bozordagi o’rtacha kurs bank mijozlari uchun
valyuta kursini o’rnatishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Valyuta birjalari mavjud
davlatlarda banklararo katirovkalar banklarning to’lov aylanishi, to’lovga
layokatliligini
hisobga olgan holda, rasmiy birja katerovkalari atrofida o’zgarib
turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja katerovkasi ularning mijozlari uchun
valyuta kurslarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Erkin valyuta bozorida uning har bir
elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi va ulardagi
valyuta kotirovkalari o’zaro bog’liq bo’ladi.
Valyuta bozorida valyutani katerovka qilishning ikki usuli mavjud: to’g’ri va
egri. Ko’pchilik davlatlarda to’g’ri kurs qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki,
xorijiy valyuta birligining kursi to’g’ridan-to’g’ri milliy valyutada ifodalanadi. Egri
kotirovkada milliy valyuta birligi ma’lum miqdordagi xorijiy valyutada ifodalanadi.
Bu usul (egri katerovka)
Buyuk Britaniyada, 1987 yildan esa qisman AQShda
qo’llaniladi. Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kursining katerovkasi ko’proq
AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to’lovlarda ko’p
qo’llanilishi va rezerv vositasi sifatida saklanishi bilan bog’liq.
Savdo-sanoat
sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun valyuta kotirovkalari amalga oshirish
kross-kursga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: