Xalqaro to’lov oborotida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz holatda amal
qiladi. Tabiiyki turli xil to’lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchlilik
va valyuta riski darajalari turlichadir. Telegraf o’tkazmasi kursi eng yuqoridir, chunki
unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to’lanadi. Bu valyuta riskini deyarli
chetlab o’tish imkonini beradi. Odatda ularning kurslari rasmiy byulleten va
kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to’lov vositalari kursi u asosida
aniqlanadi.
Valyuta bozorida turli xildagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko’pchiligi
spot
shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning
asosiy xususiyati shundaki, bitimni
imzolash va bajarish vaqtlari qariyib mos keladi. Bitimning bunday turida valyuta
sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq etkaziladi (ko’pi
bilan
ikki ish kuni ichida). Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90 %
to’g’ri keladi.
Ikkinchi valyuta shartnomasi turi -
muddatli
shartnoma. Bunday
shartnomalarning ikki xususiyati bor.
Birinchidan, shartnoma imzolanishi va
bajarilishi orasida ma’lum vaqt intervali bor: bir haftadan olti-o’n ikki oygacha.
Ikkinchidan, valyuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilangani bo’yicha
kabul qilinadi. Valyuta kurslari o’zgarishlari unga ta’sir etmaydi. Muddatli
shartnomalar valyuta risklaridan sug’urtalanish yoki
valyuta spekulyatsiyasi
maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o’zini xorijiy valyuta kursining tushishidan
sug’urtalash maqsadida kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo’yicha sotishi
mumkin. Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o’zini sug’urtalashi maqsadida
kelgusi valyuta tushumini ma’lum muddatga muddatli kurs bo’yicha sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlar valyuta bozorlarida valyuta kursining o’zgarishiga
qarab
ishlovchi valyutachilar faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalish mumkin. Bu
valyutachilarning asosiy maqsadi valyuta bozorlarida valyuta kurslarining o’zgarishi
asosida katta foyda olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab
faoliyat ko’rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda *ayiqlar* va *buqalar* deb atashadi.
Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar amaliyotda valyuta kursi
tushishi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga uynovchilar (ularni xalqaro valyuta
133
bozorlarida «ayiqlar» deb atashadi) valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli
kurs) kursi bilan sotish to’g’risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda
valyuta
kursi tushsa, ayiqlar valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni
muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko’rsatilgan yuqori kurs bo’yicha sotadilar
va kurslar o’rtasidagi farq miqdorida foyda oladilar.
Valyuta kursining ko’tarilishiga o’ynovchilar («buqalar») esa valyuta kursi
oshishi kutilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo’yicha
sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani
muddatli shartnomada belgilangan (oldingi) narx bo’yicha sotib oladilar va oshgan -
yuqori narxda sotib foyda ko’radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan
muddatli operatsiyalar
Dostları ilə paylaş: